Yurish qismi


 Avtomobillardan foydalanish davrida yurish qismida



Yüklə 159,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix06.05.2023
ölçüsü159,17 Kb.
#108667
1   2   3   4   5   6   7
Yuk avtomobillarining yurish qism detallarini tamirlash va texnik xizmat ko\'rsatish

4.4. Avtomobillardan foydalanish davrida yurish qismida 
uchraydigan asosiy nosozliklar 
Yurish qismi ramalar, o‘qlar va g‘ildirak osmalaridan iborat bo‘lib, 
ularning nosozligi avtomobil harakatlanishida shovqin, tebranish, 
g‘ichirlash va siltanish kabi nohush holatlarni keltirib chiqaradi, natijada 


 97
haydovchi va yo‘lovchilarning toliqishi va avtomobilda tashiladigan 
yukning sifati pasayadi. 
Yurish qismidagi asosiy nosozliklar, asosan, avtomobilning eng 
yuqori yuk ko‘taruvchanligidan ortiqcha yuklanish bilan ishlatilganda, 
shuningdek, shakl berilmagan yo‘llarning og‘ir sharoitlarida 
ishlatilganda yuzaga keladi. Rama qoldiq deformatsiya olib egiladi, unda 
yoriqlar paydo bo‘ladi, parchin-mixli birikmalar bo‘shashadi, dvigatel va 
transmissiya agregatlarining o‘zaro to‘g‘ri joylashuvi buziladi. 
Oldingi ko‘prik nosozliklariga gupchak podshipniklari tarangli-
gining buzilishi, ko‘prik balkasi va burilish richaglarining egilishi, 
shkvorenni o‘rnatish teshigining, shkvoren va uning vtulkasining, 
buriluvchi sapfalar podshipniklarini o‘rnatish teshigining yeyilishi misol 
bo‘ladi. Oldingi ko‘prik detallarining yeyilishi g‘ildiraklar o‘rnatish 
burchaklarining buzilishiga, shinalarning bir tomonlama yeyilishiga va 
avtomobilni boshqarishni qiyinlashuviga olib keladi.
Yurish qismining ko‘rsatib o‘tilgan nosozliklari avtomobilning 
to‘g‘ri chiziqli harakatdan o‘ngga yoki chapga toyishi, katta tezlikda 
harakatlanishda oldingi boshqariluvchi g‘ildiraklarning ta’siri, avtomo-
bilning bir tomonga qiyshayishi, harakatlanish paytida osma atrofidagi 
taqillashlar va tebranishlar oqibatida yuzaga keladi. 
Yurish qismining agregatlari va uzellaridagi nosozliklar qisman 
KXK paytida aniqlanadi.
Rama va osmalarga texnik xizmat ko‘rsatish. Ramani ko‘rikdan 
o‘tkazib, uning geometrik shakli va o‘lchamlaridagi o‘zgarishlar, darzlar 
mavjudligi, lonjeronlar va ko‘ndalang to‘sinlar egilganligi, ressora, 
ressoraostligi va amortizatorlar kronshteynlarining ramaga mahkamla-
nishi tekshiriladi.
Ko‘priklarning o‘zaro vaziyati, oldingi va orqa ko‘priklar o‘qlari 
orasidagi masofa o‘ng hamda chap tomondan o‘lchab ko‘rib aniqlanadi. 
O‘lchangan masofalarning bir-biridan farq qilishiga ruxsat etilmaydi. 
Agar rama holatini tekshirishda uning konstruksiyasida jiddiy nosozliklar 
yoki bazaviy o‘lchamlarda ruxsat etilgan qiymatlardan chetga chiqishlar 
aniqlansa, u holda avtomobil mukammal ta’mirlashga jo‘natiladi.
Osmalar holati, texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida tashqi ko‘rikdan 
o‘tkazilib, ularning mahkamlanishi esa kuch qo‘yish orqali tekshiriladi. 
Ressoraning singan yoki darz ketgan listlari (varaqlari) aniqlanadi. 
Ressoralar ko‘zga ko‘rinadigan darajada bo‘ylama siljishga ega 
bo‘lmasligi kerak. Bunday holat markaziy boltning kesilishi oqibatida 


 98
sodir bo‘lishi mumkin. Ressoralarning ishonchli mahkamlanishini 
tekshirishda alohida e’tiborni uzangisimon tortqi gaykalarining qanday 
tortilganligiga hamda ressorani sharnirli mahkamlaydigan vtulkalardagi 
yeyilishlarning bor-yo‘qligiga qaratish lozim. Agar ressoraning bir uchi 
rezina yostiqchalarga mahkamlangan bo‘lsa, yostiqchalarning butunligi 
va ularning tayanchda to‘g‘ri joylashganligi tekshiriladi. Ressoraning 
uzangisimon tortqilari va xomutlaridagi gaykalarni bir tekisda, avval 
oldingilari (avtomobilning harakatlanishi bo‘yicha), so‘ng keyingilari 
tortib qo‘yiladi. 
Ressoralarning elastikligi ularning erkin holatdagi yoysimonligi 
bo‘yicha tekshiriladi. Bu ko‘rsatkichni ressora uchlari orasida ip tortib va 
ipdan egilgan o‘zak listning o‘rtasigacha bo‘lgan tik masofani o‘lchab 
aniqlash mumkin. Avtomobil osmalaridagi ressoralarning yoysimonligi 
bir-biridan bo‘yicha 10 mm dan ko‘p farq qilmasligi kerak. Avtomobil 
harakatlanganda ressoralarda g‘ichirlashlar, shuningdek, listlarda zanglar 
paydo bo‘lsa, ularni kirlardan tozalash, kerosinda yuvish va grafit bilan 
moylash lozim bo‘ladi.

Yüklə 159,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin