Yuridik atamalar lug‘ati advokat — yuridik va jismoniy shaxslarga professional huquqiy yordam ko‘rsatuvchi fuqaro. Affekt



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə3/32
tarix03.05.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#106581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Guruh qo\'llanman

Jabrlanuvchi — jinoyat yo‘li bilan ma’naviy, jismoniy yoki mulkiy zarar yetkazilgan shaxs.
Jismoniy shaxs — fuqarolik huquqi subyekti sifatida alohida olingan fuqaro.
Kassatsiya — hali kuchga kirmagan sud qarori yoki hukm ustidan yuqori sudga shikoyat qilish.
Kompensatsiya (lot. compensatio — to‘lash) — fuqarolik-huquqiy majburiyatlar buzilishi natijasida yuzaga kelgan zararlarni (buyum yo‘qolishi, tovarlarni o‘z vaqtida yetkazib bermaslik va hokazo) to‘lash.
Konsensus (lot. consensus — rozilik, birdamlik) — ovoz berishni o‘tkazmasdan umumiy rozilik asosida qaror yoki shartnoma matnini qabul qilish usuli.
Konvensiya (lot. conventio — kelishuv) — hukumatlar darajasida tuzilgan xalqaro shartnoma nomlaridan biri.
Korrupsiya — siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat: mansabdor shaxslarning ularga ishonib topshirilgan huquqlardan shaxsiy manfaati uchun foydalanishi (poraxo‘rlik, xizmat mavqeyini
suiiste’mol qilish).
Mol-mulk — biror-bir shaxsning mulki bo‘lgan boyliklar (qimmatliklar).
Mulkka band solish — mol-mulkni xatlash va uni tasarruf etishni taqiqlab qo‘yish.
Muomala layoqati — fuqaroning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlarini olish va amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini yaratish va ularni bajarish layoqati.
Naturalizatsiya — xorijiy shaxsni uning arizasiga binoan fuqarolikka qabul qilish.
Nojo‘ya harakat — intizomiy yoki ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladigan huquqqa qarshi harakat.
Oferta (lot. offertus — taklif etilgan) — muayyan shaxsga bitim tuzish xususida qilingan rasmiy taklif, bunda uni tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha zamr shartlar ko‘rsatiladi.
Qasd — harakatlarning ijtimoiy xavfiligi va huquqqa zidligini anglash.
Qochoq — unga nisbatan zo‘rlik sodir etilgani yoki zo‘rlikka uchrash haqiqiy xavf tug‘ilganligi tufayli o‘zining doimiy turar joyini tark etib, bosh qa davlat hududida yashashga majbur bo‘lgan fuqaroligi yo‘q
shaxs.

Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin