Yuqumli va yuqumsiz kasalliklar Klinik belgilari



Yüklə 36,05 Kb.
səhifə4/18
tarix22.05.2023
ölçüsü36,05 Kb.
#119253
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Yuqumli va yuqumsiz kasalliklar Klinik belgilari-www.hozir.org

O’PKA SILI (TUBERKULYOZ)


  • Bu surunkali, yuqumli kasallik bo’lib har bir kishi u bilan kasallanishi mumkin. Lekin bu kasallik ko’pincha OITS (SPID) bilan og‘riyotgan yoki quvatsiz, ovqatga yolchimagan yoki sili bor odam bilan yashaydigan odamlarda ko’proq uchraydi. Sil davolash mumkin bo’lgan kasallik. Lekin har yili minglab odamlar shu kasallikdan bevaqt nobut bo’lyapti.

  • Sil mikrobakteryalari issiq-sovuqqa, yorug‘lik va namlikka ancha chidamli. Ko’cha changida 10 kun, kitob sahifasida 3 oygacha tirik turishi mumkin, yorug‘lik ta’sirida 1-1,5 oy mobaynida halok bo‘ladi, suvda esa 150 kun saqlanadi. Sil mikrobakteriyalari chirish jarayonlariga ham chidamli bo‘lib, murda ko‘milganidan kegin ham bir necha oygachan ham saqlanib turadi.

Yuqish yo’llari

1) Havo tomchi yo’li, chang bilan ( yo’talganda, aksirganda);

2) Sil bilan kasallangan qora molning sutidan;

3) Ona qornida yo’ldosh orqali bolaga yuqadi;

4) Emizganda sut orqali ;

5) Shikastlangan teri orqali;

6) Idish tovoqlar o’rtada bo’lganda;

Klinik belgilari

• Surunkali (3 haftadan ko‘proq) yo‘tal, ko‘pincha uyqudan turgandan so‘ng zo‘rayadi.

• Tana harorat biroz ko‘tariladi va odam kechasi terlaydi.

• Ko‘krak qafasida og‘riq bo‘lishi mumkin.

• Odam ozib quvatsizlanib boradi.

Og‘ir yoki o‘tib ketgan hollarda:

• Odam yo‘talib, qon tuflaydi (odatda biroz, lekin ba’zi hollarda ko‘p qon tuflaydi).

• Terining rangi o‘zgarib, mumday bo‘lib qoladi. Qoramag‘iz odamning terisi, ayniqsa, yuzlari oqaradi.

• Ovozi mumtazam xirillaydi .Yosh bolalarda yo‘tal kech paydo bo’lishi mumkin.

Prafilaktika va sanitariya gigiyena chora tadbirlari


  • Sil kasalligiga chalingan bemorlar bilan muloqatdi cheklash

  • Ovqat ratsionini to’g’ri yo’lga qo’yish(sifatli ovqatlanish)

  • Bemorning idish tovog’idan foydalanmaslik

  • Spetsefik prafilaktikasida silga qarshi vaksina bilan emlash

Yüklə 36,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin