Yumaloq chuvalchanglar morfologik va anotomik tuzilishiga ko’ra turli tuman



Yüklə 1,8 Mb.
səhifə4/5
tarix20.04.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#100974
1   2   3   4   5
Презентация1

Rishta (Dracunculus medinensis) yoki drakunkul ipsimon ko’rinishdagi nematoda bo’lib, O’rta Osiyo respublikalarida rishta(ip) deb ataladi. Mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino rishtani irk-almedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikni birinchi marta o’rgangan allomadir. Rishta ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko’rinadi.

  • Rishta (Dracunculus medinensis) yoki drakunkul ipsimon ko’rinishdagi nematoda bo’lib, O’rta Osiyo respublikalarida rishta(ip) deb ataladi. Mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino rishtani irk-almedini deb atagan va bu parazit keltirib chiqaradigan kasallikni birinchi marta o’rgangan allomadir. Rishta ayrim jinsli bo’lib, jinsiy dimorfizm yaqqol ko’rinadi.
  • Urg’ochisining uzunligi 32 smdan 150 smgacha boradi, erkagi esa 12-30 mm atrofidabo’ladi.
  • Rishta biogel’mint bo’lib, rivojlanish siklida 2 ta xo’jayin qatnashadi. Rishtaning asosiy xo’jayini odam, ayrim xollarda esa maymun, it, mushuk, tulki, chiyabo’ri, qoplon va boshqa sutemizuvchilar bo’lib, jinsiy voyaga etgan parazit ularning terisi ostidagi biriktiruvchi to’qimasida va ko’pincha oyoq terisi ostida parazitlik qilib yashaydi. Oraliq xo’jayini esa, suvda yashovchi qisqichbaqasimonlardan - sikloplardir. Rishtaning erkagi urg’ochisini otalantirgach xalok bo’ladi. Rishtaning urg’ochisi urug’langandan so’ng, lichinkalar tug’ish uchun odamning qo’l-oyoqlari terisi ostiga ko’chadi va ma’lum vaqtdan keyin terida shishlar (pufakchalar) paydo bo’ladi. Bunday shishlar suvga tekkanda (qo’l-oyoqlarni yuvganda yoki cho’milganda) yoriladi va undan parazitning lichinkalari suvga tushadi.

Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus) ning bosh tomoni uzun qilga o’xshash

  • Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus) ning bosh tomoni uzun qilga o’xshash ingichka bo’ladi, orqa tomonga asta-sekin kengayib yo’g’onlashib boradi. Qilbosh nematodalar asosan, odamning yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ular ayrim jinsli, erkagining uzunligi 30-40 mm bo’lib, orqa uchi spiral kabi buralgan bo’ladi.
  • Urg’ochisining uzunligi 30-50 mm keladi. qilbosh nematodaning oldingi uchida og’izbo’shlig’i va qizilo’ngach joylashgan. Tananing kengaygan orqa qismida esa o’rta va orqaichaklar, orqa chiqaruv teshigi va jinsiy organlar sistemasi joylashgan.
  • Qilbosh nematodalar bosh qismini o’z xo’jayini ichak devorining shilimshiq qavatiga sanchgan xolda qon bilan oziqlanib yashaydi. Nematodaning urug’langan tuxumlari xo’jayini axlati orqali tashqariga chiqadi. Tuxum etarli namlik va harorat bo’lgan taqdirda yaxshi rivojlanadi. Bitta urg’ochi qilbosh nematoda bir kecha-kunduzda 1000 tadan 3500 tagacha tuxum qo’yadi. qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli xolatga keladi.
  • Odam ko’pincha yuvilmagan nematodaning invazion tuxumlarini yutib yuborish bilan zararlanadi va nematoda taxminan bir oydan keyin voyaga etadi. qilbosh nematodalar odam organizmida 5 yilgacha yashashi mumkin.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin