Imlo xatolari – kirill va lotin alifbosi asosidagi yozuv
qoidalarini farqlamaslik, so‘zlarni yozma tarzda ifodalashda, qo‘shib,
ajratib, chiziqcha bilan yozishda, tutuq belgisini qo‘llashda yo‘l
qo‘yiladigan xatolar.
Inshoda alifbodan va alifbo asosidagi imlo qoidalaridan
foydalanish tartibiga rioya qilish lozim. Hozirda ikki xil yozuvdan
foydalanilmoqda. Bu yozuvlarni ifoda etishda imlo qoidalarini
qorishtirib yubormaslik kerak.
Kirill yozuvi asosidagi «O‘zbek
orfografiyasining asosiy qoidalari» 1956-yilda O‘zbekiston Oliy
Kengashining Prezidiumi tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, 72
paragrafdan iborat.
Davriy nashrlarda, reklama, e’lonlar matnida kirill va lotin
alifbosi imlo qoidalarini farqlamaslik hollari kuzatilmoqda. Masalan,
апрел, факултет, албом yoki ob’ekt, Yu.Hakimov kabi imlo xatolari
ko‘p uchraydi. O‘rni kelganda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki,
ayrim gazeta va jurnallar tahririyati, nashriyotlardagi mutaxassislar
davr talablaridan kelib chiqqan holda ko‘plab rus-baynalmilal
so‘zlarini shakliy yozuv qoidasi asosida emas, fonetik tamoyilga
ko‘ra, qanday aytilsa, yozuvda shunday shaklda ifodalashmoqda.
Bundan tashqari, nomlarning – atamalarning ishlatilishida xilma-
xilliklar kuzatilmoqda. Bunday paytlarda o‘quvchilarda, qaysi biri
to‘g‘ri: «
Klassik adabiyot mi,
mumtoz adabiyot mi?», «
Samolyot deb
yozsak to‘g‘ri bo‘ladimi yoki
tayyora ?», «
Internatsional o‘rniga
baynalmilal ni qo‘llasak, tog‘rimi?» degan qator savollar paydo
bo‘lishi tabiiy.
Tilimiz uchun qayg‘urayotgan, uning mavqeyi uchun jon
kuydirayotgan hamyurtlarimizning til borasidagi har qanday xatti-
harakatlarini qo‘llab-quvvatlash kerak. Lekin ular tomonidan tavsiya
qilinayotgan holatlar hali mutaxassislar tomonidan imlo qoidalariga
muvofiq ravishda qonunlashtirib berilganicha yo‘q. Shuning uchun
ham o‘quvchilar matbuotda yo‘l qo‘yilayotgan nuqsonlarni
takrorlamasliklari, o‘z insholarida hozirgi imlo qoidalariga
asoslanishlari lozim.
1940-yil 8-may kuni qabul qilingan farmonga ko‘ra arman,
gruzin, Boltiqbo‘yi aholisidan tashqari bir qator xalqlar rus (kirill)
42
yozuvi asosidagi alifboga o‘tdilar. 1940-yildan boshlab amaldagi rus
grafikasiga o‘zbek tiliga xos
o‘, q, g‘, h harflari kiritildi.
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosida o‘ttiz uchta harf va
ikkita maxsus belgi bor. O‘zbek yozuviga rus tiliga xos