Yoshlarga beriladigan 20 ta yordam turlari to‘lov-kontrakt


БИР МАРТАЛИК МОДДИЙ ЁРДАМ



Yüklə 86,5 Kb.
səhifə2/9
tarix18.01.2023
ölçüsü86,5 Kb.
#79619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
YOSHLARGA IMTIYOZLAR

БИР МАРТАЛИК МОДДИЙ ЁРДАМ


Imtiyoz tasnifi

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam tegishli tartibga muvofiq har bir individual holatda ariza beruvchining hayotiy vaziyati murakkabligini, uning ijtimoiy himoyaga muhtoj ekanligini inobatga olgan holda BHM 4 ning baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi.


Imtiyoz foydalanuvchilari

1.o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz


2.Kam ta'minlangan oila farzandi
3.Harbiy xizmatdan qaytgan lekin ishga joylasha olmagan shaxs
4.zo‘ravonlik va ekspluatasiya, tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan
5.Temir daftardagi oila farzandlari
6.ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan
7.yuzaga kelgan holatlar sababli og‘ir turmush sharoitida qolgan
8.ota-onasidan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa ish faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoxud ota-onasining har ikkisida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan
9.1 yoki 2 guruh nogironligi bo‘lgan yosh
10.Farzandida 1 yoki 2-guruh nogironligi bo‘lgan oila
11.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi


Imtiyozdan foydalanish tartibi


1. Fuqaro bir martalik moddiy yordam olish uchun mahalla yetakchisiga ariza beradi.
2. Ariza 3 ish kuni ichida yetakchi tomonidan o'rganib chiqiladi.
3. Mahalla yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida Vasiylik Kengashi qaror qabul qilib, 7 ish kuni ichida tuman (shahar) hokimliklariga yuboriladi.
4. Xalq bankining tegishli bo‘limi (filiali) tomonidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini uch ish kuni ichida ariza beruvchiga naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lab beradi 

TADBIRKORLIK VA KASB-HUNARGA O‘QITISH
Imtiyoz tasnifi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi hokim yordamchisining ijobiy tavsiyasi asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tegishli tartibga muvofiq o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.
Imtiyoz foydalanuvchilari
1.Kam ta'minlangan oila farzandi
2.Ishsiz yosh
3.Temir daftardagi oila farzandlari
4.Ayollar daftariga kiritilgan oila farzandi

Imtiyozdan foydalanish tartibi
1.O‘qishni boshlashdan oldin tuman (shahar) Vasiylik kengashiga murojaat qilib, o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi. 
2. Murojaat 3 ish kunida mahalladagi hokim yordamchisiga yuboriladi.
3. Hokim yordamchisi Vasiylik kengashiga 5 ish kuni ichida o'z xulosalarini taqdim etadi.
4. Vasiylik kengashi tasdiqlagandan so‘ng 3 ish kuni ichida ta'lim tashkiloti yoki o'quv markaziga to'lov amalga oshiriladi


Yüklə 86,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin