Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish



Yüklə 212,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix01.05.2023
ölçüsü212,54 Kb.
#105641
  1   2   3
yosh-voleybolchilarni-jismoniy-sifatlarini-rivojlantirish



Yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirish 
 
Mahliyo Xaydarova 
Andijon davlat universiteti pedagogika instituti
Soxibjon Niyozov 
Andijon davlat universiteti
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada yosh voleybolchilarni jismoniy sifatlarini 
tarbiyalash, rivojlantirish hamda yosh voleybolchilarni jismoniy, ma’naviy 
kamolotini oshirish asoslari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: yosh voleybolchilar, jismoniy sifatlar, jismoniy tarbiya, 
ma’naviyat, sport, barkamol avlod, sog‘lom turmush tarzi.
Development of physical qualities of young volleyball players 
Mahliyo Khaydarova 
Andijan State University Pedagogical Institute 
Soxibjon Niyozov 
Andijan State University 
Abstract: This article examines the basics of educating and developing the 
physical qualities of young volleyball players and improving the physical and 
spiritual development of young volleyball players. 
Keywords: young volleyball players, physical qualities, physical education, 
spirituality, sports, harmoniously developed generation, healthy lifestyle. 
 
Kirish: Mamlakatimizda sportni rivojlantirish maqsadida farmon va qarorlar 
ishlab chiqilgan bo‘lib, jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga, shu bilan 
birga, sog‘lom avlodni shakllantirishga katta zamin yaratdi. Yurtimizda jismoniy 
tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush 
tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, 
mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash 
borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Jismoniy tarbiya va sport O‘zbekiston Respublikasi xalqlari milliy 
madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy kamolotning muhim vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya aniq bir tizimga tayansagina, oldindan 
ko‘zlangan natijaga erishiladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
June 2022 / Volume 3 Issue 6
www.openscience.uz
807


Inson tanasini jismonan rivojlantirish uchun to‘g‘ri va meyorida ovqatlanish, 
dam olishni taminlash, o‘z vaqtida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam 
shug‘ullanib borishi lozim.
Bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino - Jismoniy mashqlar haqida qisqacha so‘zida 
salomatlikni saqlash rejimining asosiy omillaridan biri jismoniy mashqlar bilan 
shug‘ullanish ekanligini ta’kidlaydi. Ovqatlanish, uyqu, dam olish rejimining kun 
tartibida sistemali jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish. 
Yurtboshimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama sog‘lom qilib voyaga 
etkazish, ular uchun barcha shart sharoitlarni yaratish hamda zamonaviy sport 
majmua inshootlari barpo etilishiga alohida etibor qaratilmoqda.
Shu bois mamlakatimizda aholi salomatligini yanada mustahkamlash, ayniqsa, 
yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga etishi uchun zarur imkoniyatlar 
yaratilmoqda. Bugungi kunda farzandlarimizni barkamol, komil insonlar etib 
tarbiyalashda, yoshlarni jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari orqali 
sog‘lomlashtirish,
ularni mustaqil ravishda jismoniy tarbiya mashqlarini bajarishga 
o‘rgatish zarur.
Har bir insonda jismoniy tarbiya va sportga mehr uyg‘otish oiladan boshlanadi. 
Eng muhimi, jismoniy tarbiya va sport sog‘lom turmush tarzining asoslaridan biri 
sifatida yoshlarning o‘z imkoniyat va salohiyatini, o‘z jismoniy hamda ma’naviy 
kamolotini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy 
ravishda uzluksiz shug‘ullanish bolani ham jismonan, ham ruhan tetik qiladi, uning 
butun vujudi uyg‘un tarzda kamol topadi.
Odatda o‘zining jismoniy sifati, jismoniy imkoniyatlari, harakat sifatlarini o‘z 
yoshi uchun zarur bo‘lgan jismoniy tayyorgarligi darajasidan bexabarlik individning 
vaqti, organizmining quvvatini besamara sarflashga sabab bo‘ladi. “Jismoniy sifat” 
tushunchasi o‘zining turli talqinlariga ega. Ulardan bizga yaqinrog‘i inson 
organizmining harakatlanishida namoyon bo‘ladigan sifatlarning ma’nosini 
ifodalanishi bo‘lib, kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik yani 
mushaklarni elastikligi va bo‘g‘inlar harakatchanligi tarzi bir biridan farqlanadi. 

Yüklə 212,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin