Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə12/12
tarix25.03.2017
ölçüsü0,76 Mb.
#12587
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

Sog'liq va salomatlik haqida tushuncha. Sog'liq va salomatlik holati deganda organizmning tashqi muhit bilan turg'un munosabat holati va bu jarayonda kasalliksiz, og'riqsiz va o'zgarishlarsiz kechadigan holati tushuniladi. Keng ma'noda olganda salomatlik-insonning ruhiy, biologik (fiziologik) vazifalarini, uning aktiv hayot faoliyatining davomiyligini mumkin qadar saqlab qolgan holda eng ko'p mehnat qobilyatini, ijtimoiy jihatdan faolligini saqlash va rivojlantirish jarayonidir. Katta va kichik yoshdagi insonlarning sog'ligi-jamiyat boyligidir.Insoniyat paydo bo'lganidan beri sog'lom, baquvat bo'lishga, uzoq umr ko'rishga intilib, bosh qotirib kelmoqda.


Ma'lumotlarga qaraganda tug'ilgan har 1000 odamdan 1 tasi 100 yil yashar ekan. Toshbaqa, timsoh-100-200 yil, Qarg'a 100-120 yil, Lochin 160-170 yil, Meksika savri 15000 yilgacha yashaydi. Inson umri esa 70-100 yil bo'lib kelmoqda, vengriyalik er-xotin: Djon-172 yil, Sarra 120 yil, daniyalik Drakenberg 146 yil, angliyalik Djenkins 196 yil, Tomas par 153 yil yashagan va hakazo.

Salomatlikning antropometrik, kilinik, fiziologik va bioximik ko'rsatkichlari mavjud-ki, bu ko'rsatkichlar yoshga bog'liq ravishda, jinsga, ta'lim-tarbiya sharoitlariga, iqlimiy va geografik muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'ziga xos aniqlanadi.

Individual salomatlik tushunchasidan tashqari aholi sog'ligi tushunchasi ham mavjud bo'lib, bu tushuncha statistik ko'rsatkich sifatida muhimdir. Bu ko'rsatkichlar: tug'ilish, o'lish, bolalar o'limi, jismoniy rivojlanish darajasi, kasalliklarga chalinish, o'rtacha umr ko'rish ko'rsatkichlari sifatida aniqlanadi.

Bolalar va o'smirlar jmoasining salomatligi tahlilida bir qacha ko'rsatkichlar: umumiy kasallanish, yuqumli kasalliklarga chalinish; salomatlik indeksi, uzoq muddatli va tez-tez kasalga chalinishi;

Sog'lom va nosog'lom (ruhiy, jismoniy) shaxslar nisbati; salomatlik guruhlaridagi taqsimlanish va boshqa ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Umumiy kasallanish (barcha kasaliklarning tarqalishi)-asosan aholining tibbiy yordamga murojat qilganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoki yoppasiga o'tkazilgan tibbiy ko'riklar natijalarini tahlil qilib aniqlanadi. Umumiy kasallanish yoshga bog'liq holda va tarbiya sharoitlariga bog'liq holda ko'zga ko'rinarli darajada o'zgarib turadi. 2-3 yoshdagi bolalar o'rtasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lib, so'ngra susayadi, maktab davri boshlarida va jinsiy balog'at davrida bir muncha o'sish kuzatiladi va yana susayadi. Bu davrlarda bolalar va o'smirlar bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qoladi, moslashish qiyinroq kechishi kuzatiladi, organizmda nmmun sistema va imumiy reaksiya faoliyati susayadi, jinsiy balog'at yoshida bunday o'zgarishlar neyrodokrinologik jihatdan o'zgarishlar natijasi hisoblanadi.

Kasalliklar yoshga xos ravishda o'zgarib ham turishi mumkin, shu sababli kasalliklar ba'zan toifalarga ajratiladi. Quyida ba'zi toifalarga ajratilgan kasalliklarning yoshga xos tarqalishi ko'rsatilgan.





Toifa o'rni.
1-6 yosh

7-10 yosh

11-14 yosh

15-17 yosh

I
Nafas olish organlari kasalliklari

Nfas olish organlari kasalliklari

Nafas olish organlari kasalliklari

Nafas olish organlari kasalliklari

II

Yuqumli

kasalliklar

Travma (jarohatlanish)

zaharlanish

III

Allergik kasalliklar

Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari


Nerv tuzilish va sezgi organlariga

oid kasalliklar

IV

Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari

Travma (jarohatlanish) va zaharlanish)

Teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari

ruhiy buzilishlar

V

Travma (shikastlanish) va zaharlanish.

Nerv tuzilish va sezgi organlari kasalliklari

Ovqat hazm qilish organlari kasalliklari

Yuqumli kasalliklar

Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda morofunksional jihatdan asosiy fiziologik tizimlarning yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi xususiyatlari, gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa xususiyatlarga bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh o'zgargan sari yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va burunning surunkali kasalliklari miqdori oshib boradi.

Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra ularning salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki uchramasligi; 2 Organizmning asosiy organlar tizimi funksional holati darajasi; 3. Organizmning noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi.

Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra V guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va IV kasallik darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga qatnamaydigan va maxsus maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar kiritiladi.

Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik darajasiga ega;

II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va o'smirlar.

III guruh- surunkali kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar.

IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan bolalar va o'smirlar.

O'quvchilar sog'ligi holatining ish qobilyati va kasb o'rganishga bo'lgan ta'siri. Kasallik (betoblik, xastalik) tashqi va ichki muhitning zaharli ta'siri natijasida organizm hayot faoliyatining buzilishi, oqibatda mehnat qobilyatining vaqtincha yoki butunlay pasayishi hamda yo'qolib ketishga sabab bo'ladigan jarayon bo'lib, organizmning tashqi muhit bilan o'zaro munosabati buziladi. Bolalar va o'smirlarda yuzaga kelgan kasalliklar, o'zgarishlar to'g'ridan-to'g'ri ularning ish qobilyatiga, kasb-hunar o'rganishga bo'lgan faoliyatiga, salbiy ta'sir qilib, aqliy va jismoniy harakat imkoniyatlarini pasaytiradi.

Ayniqsa, ruhiy o'zgarishlarga ega, nerv sistemasi kasalliklarini boshidan kechirgan bolalar va o'smirlarda aqliy mehnat faoliyati past va turg'un bo'ladi. Sust aqliy mehnat faoliyati gemoglobin miqdori kamaygan, endokrinologik o'zgarishlarga ega, past darajadagi jismoniy rivojlanishga ega bo'lgan va tez-tez kasal bo'lib turadigan bolalar va o'smirlarda uchraydi. O'quv jarayonidagi yuklamalar natijasida yanada susayishi mumkin.

Revmatizm bilan og'irigan o'quvchilarda ham o'quv va mehnat faoliyati past bo'lib, orqada qolish kuchayib boradi. Hozirgi davrdagi o'quv rejimi, ta'lim yuklamalari ularning sog'ligining holatini yomonlashtirib yuborishi mumkin. Butun o'quv yili davomida bunday o'quvchilarga bir yilda o'rtacha 22 kun dars qoldirish to'g'ri keladi, vaholanki sog'lom bolalarda bu ko'rsatkich 10 kunni tashkil etadi.Ular orqada qolmaslik uchun uyda ko'proq dars qilishga majbur bo'ladilar, oqibatda kun tartibi buziladi, uyqu va ochiq havoda bo'lish doimiyligi buziladi.

Bunday bolalarda yurak-qon tomir sistemasidagi o'zgarishlar 56%, shunday bolalarda buyrak usti bezlarining glyukokortikoid va androgen funksiyalaridagi garmonal buzilishlar kuzatiladi. Jismoniy tarbiya darslaridan ozod qilingan o'quvchilarning 59% qismi revmatizm va uning yurakka ta'siri bor bo'lgan o'quvchilar hisoblanadi. Tonzillit, tuberkulyoz intoksikasiyasi va boshqa surunkali kasalliklar fiziologik funksiyalarning rejimi, tartibi buzilishi oqibatida odamda ish qobilyatining va turli kasalliklarga olib keladi. Ayniqsa bolalik va o'smirlik davrida tez toliqib qolish, o'quv jarayonida ishchanlikning keskin pasayishiga olib keladi. Har qanday, qisqa muddat davom etadigan bo'lsa ham, kasalliklar o'tish davri va sog'ayish davrida organizm reaktivligining pasayishiga, markaziy nerv tizimining buzilishiga, yuqori darajadagi toliqib qolishga, past darajadagi ish qobilyatiga, funksional tizimlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.

Yoshga xos bo'lgan darajadagi aqliy ish qobiliyatining tiklanishi anginadan so'ng 8-9 kundan keyin o'quvchilarda kuzatilgan. Gripp, o'tkir respirator kasalliklar, xrotin tonzillit bilan og'rigan bolalarni maktab ustaxonalariga maktabga kelgach 7-15 kundan keyin (grippda -7-8 kundan, anginada 9-10 kundan, xrotin tonzillitda 11-15 kundan keyin) ishlashga ruxsat beriladi.

Quyida bir qancha kasalliklardan so'ng jismoniy darslarga qo'yish muddati ko'rsatilgan.




Kasalliklar

Maktabga kelgan vaqtdan keyin

Izoh

Gripp


2-4 hafta


Keyngi davrda sovuq qotishdan saqlanish kerak.


Angina

3-4 hafta




Bronxit

1-3 hafta




Pnevmoniya

1-2 oy




Plevrit

1-2 oy




O'tkir yuqumli kasalliklarda

1-2 oy

Agar yurak-qon tomir tizimi maromida bo'lsa, tekshiruvdan so'ng.(20 o'tir-to'r. 30 sekunda)

O'tkir lefrit

2 oy




Yuqumli genatit

8-12 oy




Appendisit(op-yer)

1-2 oy




Suyak sinishi

1-3 oy




Miya chayqalishi

2 oy-1 yil

Davolash davridagi davo gimnastikasini davom ettirish kerak. Chayqalish turiga ko'ra.



Yuqumli kasalliklar haqida

Inson organizmida uchraydigan ko'plab kasalliklarning kelib chiqishi sabablaridan biri kasallik tarqatuvchi mikroblardir. Ular organizmga kirib olgach infeksion jarayon boshlanadi. Bu jarayonning kuchayishiga atrof-muhit sharoiti sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Infeksion jarayon kasallikning klinik belgilari rivojining bo'lmasdan yoki aksincha yuqumli kasalikning kuchayishi bilan o'tishi mumkin. Infeksion (yuqumli) kasaliklar odam organizmiga turli mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, zamburug' sporalari, sodda hayvonlar) kirib olishi bilan bog'liq. Ularning umumiy xususiyati kasal odamdan sog'lom odamga yuqishi hisoblanadi. Kasallik tarqatuvchi manba kasal odam, sog'aya boshlagan bemor, (hali ular mikroblarni tarqatayotgan bo'ladi) yoki sog'lom odam bo'lishi mumkin-ular virus yoki bakteriya tashuvchi deyladi.

Yuqumli kasaliklar hayvonlar orqali yuqish mumkin (m-n: itlar quturishi, qoramollar kuydirgini, kemiruvchilar o'lat, vabo, tulyarsmiyani, tashiydi). Qo'zg'atuchilar bevosita aloqa bo'lganda ham o'tadi, m-n bemor foydalangan narsa, suv, ovqat orqali, havo-tomchi orqali; yo'talganda, aksa urganda gapirganda tupuk sachraganda (gripp, qizamiq, bo'g'ma), hasharotlar orqali(ensefalit, bezgak) va boshqa yo'llar orqali yuqishi mumkin.

Ayniqsa, keyingi davrda OITS kasalligi keng tarqaldiki, bu juda xafli holatni yuzaga keltirishi mumkin. OITS virusi 1981 yilda AQShda topilgan. Aslida bu kasallik 1960 yillarda Afrikada paydo bo'lib, keyin boshqa mamlakatlarga tarqalgan. OITS virusi qonga kirib olgach, insonda turli infeksiyalarga qarshi kurashadigan T-limfositlari ichiga kiradi va uni halok qiladi. OITS virusi 80% holda jinsiy aloqada, 15% qonda tozalanmagan igna orqali (narkomaniyada), 3% qon orqali yuqmoqda.

1990 yilda OITSga 300 mingga yaqin odam chalingan, virus yuqqanlar 6 mlnga yetgan. 197dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. O'zbekistolnda 20 dan ortiq (1990yil 17ta)(4 tasi shu yerlik) holat qayd etilgan.

OITS ni davolashda qo'llaniladigan dori-darmon hali yaratilgani yo'q. OITSga chalingan odam boshqa kasalliklarga beriluvchan bo'lib qoladi, shu kasalliklardan holok bo'ladi.

Yuqumli kasalliklar o'ziga xos davrlarni o'tkazishga majbur bo'ladi. 1. Yuqish vaqti- yuqish og'iz bo'shlig'i shilliq qavati orqali(difteriya, skarlatika,(qizilcha)), yuqori nafas yo'llari orqali (gripp), hashoratlar chaqishi orqali (bezgak)), yuqish payti. 2. Yashirin (inubasion) davr- kasallikning dastlabki belgilari paydo bo'lguncha bo'lgan davr. 3. Prodormol(dastlabki belgilar) davri. 4. Kasallikning rivojlanishi davri- (ko'pincha harorat ko'tarilishi xarakterli). 5. Belgilarning yo'qolib borish davri. 6. Puzamin davri.

Yuqumli kasalliklardan sog'aygan bola, o'smir va katta yoshli odamlarda ko'pincha immunitet hosil bo'ladi.

Jismoniy sog'lom, uyg'un rivojlangan bolalar kasalliklarni yengil o'tkazadi. Injiq, noziknihol bolalarda og'ir kechib turli asoratlar qoldirishi (yurak, buyrak,jigar zararlanishi va boshqalar) mumkin. Jismoniy tarbiya va mehnat ta'limi o'quvchilarga organizmidagi kasalliklarga qarshi kurasha olish qobilyatini kuchaytiradi, gigiyena va uning qoidalariga rioya qilish ham bu sohada ancha yordam beradi.
Organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish

Organizmga kasallik tug'diruvchi mikroorganizmlarning kirish u yoki bu kasallikni keltirib chiqaradi. Ba'zi odamlar ko'plab kasalliklarga beriluvchan, ba'zilari beriluvchan bo'lmaydi. Masalan , qizilcha (skorlatika) 40-50% bolalardagi-na kuzatiladi. Demak, odam organizmida kasalliklarga qarshi himoya omillari, mexanizmi mavjud, deb xulosa chiqarish mumkin.

Nospesifik omillarga teri va shilliq qavat kirib, ular yot zarrachalarning organizm ichak muhitiga o'tish yo'lidagi to'siq bo'lib xizmat qiladi. Bundan tashqari qon tarkibidagi fagosit hujayralar ham kiritiladi, ular qondan tashqari limfa tugunlari, so'lak bezlar, suyak iligida bo'ladi.

Ular umumiy himoya omillari bo'lib, u yoki bu kasallikni tug'diruvchi mikroorganizmlarni aynan yo'qotish xususiyatiga ega bo'lmay, barchasigabir xil ta'sir ko'rsatadi va mikroorganizmlar kam sonda bo'lganda samarali xizmat qiladi.

Infeksiyalarda asosiy vazifani spesifik ( maxsus) omillar bajarib, organizmda u yoki bu kasallikka qarshi ishlab chiqarilgan tanachalar yordamida biror-bir kasallikni to'ldiruvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashadi. Bunday xususiyat immunitet deb ataladi. Immunitetda organizm yot zarrachalardan himoyalanish uchun kompleks reaksiya hosil qiladi. Immunitetda biro-bir kasallikka qarshi himoya hosil qilinib, ikkinchisiga ta'sir qilmaydi. Masalan, chechakka nisbatan hosil bo'lgan immunitet qizilchaga ta'sir qilmaydi.

Organizmning immun jarayoni organizmga kirgan yot zarracha (bakteriya, moddalar)- antigen deyiladi, ular organizmga xos bo'lmay, turli himoya to'siqlarini chetlab, yorib o'tib organizm ichki muhitiga kirib oladi.

Organizm ularga qarshi ko'rsatuvchi tanachalar- antitelalar ishlab chiqaradi.

Ba'zan o'z organizmdagi oqsillar ham antigen xususiyatga ega bo'lib qoldi. Bu zararlangan molekulalarning organizmga xos bo'lmagan tizimida qayta transformasiyasi natijasida bo'lishi mumkin. Bunday zarrchalar autoantigen, unga qarshi tanachalar autoantitela deyiladi.

Autoantitelalar kuyganda, ba'zi qon kasalliklarda, revmatizmda hosil bo'lishi mumkin.

Barcha oqsil, polisaxaridlar (ayrimlari) antigen xususiyatga ega. Antigenlar soni yuz minglab hisoblanadi. Organizm ularga qarshi qonda maxsus tanacha, oqsil tuzilishga ega bo'lgan-antitela ishlab chiqaradi, ular antigenlarni zararlantiradi .

Hozir antiyelalarning ximyaviy tuzulishi aniqlangan bo'lib,ular gamma-globulin oqsilining shakilari hisoblanadi. Ular limfatik tugunlar,sulak bezlari,suyak ko'migida va boshqa joylarda hosil bo'ladi va qonga tushadi, organizmda aylanib yuradi.

Limfositlar va monositlar ayniqsa faol ravishda antitelarni ko'p ishlab chiqaradi.

Antitelalar yot zarrachalarga turli xilda ta'sir ko'rsatadi. Ba'zilari mikroorganizimlarni o'rab oladi, uchinchi xilari ularni buzib,eritib yuboradi. Bunday antitelalar presipitin lar deyiladi. Bakteriyalar erituvchilar bakteriolizin, toksin,ya'ni zaharni (ilon, hashorat,o'simlik ) neytrallashtiruvchi antitlalar antitoksin deb ataladi. Immunitet gumoral va hujayra darajasida bo'ladi.

Hujayraviy immunitetda asosiy vazifani 2ta oq qon tanachalari-monositlar (makrofaglar) va T-lifositlar. Ular yot zarrachalarni,yot ho'jayralarni parchalaydi.

Gumoral immunitetda antitela ishlab chiqaradigan V-limfositlar asosiy vazifani amalga oshiradi.

Hozirgi immunolgiya tekshuruvlariga ko'ra «immun javob» mexanizmi ko'p bosqichlar bo'lib, asosan limfond to'qimalarda amalga oshiriladi. Organizimga tushgan antigen o'zi tushgan joy yaqinidagi limfa tugunchalarida tutilib qoladi va bu makrofaglar hosil bo'lishiga signal bo'lib xizmat qiladi. Limfa tugunning ko'rinishidir. ikkinchi usul-antitela (ziddi-zahar)hosil bo'lib, yot zarralarni zararsizlantirishda birmuncha mukammal usul hisoblanadi.



Immunitet. Odam organizmining antitila va antitoksinlar ishlab chiqarish ular orqali yuqumli kasalliklarni qo`zg`atuvchi mikroblarga qarshi kurashish, o`zini himoya qilish xususiyati immunitet dеb ataladi. Immunitet 2 xil, ya'ni tug`ma va ortirilgan bo`ladi. Tug`ma immunitet onadan bolaga o`tadi. Lеkin u doimiy bo`lmaydi va bolaning birinchi yoshidayoq o`z kuchini yo`qotadi. Odamning hayoti davomida ortirilgan, ya'ni uning o`z organizmida ishlab chiqarilgan immunitet (antitеla va antitoksinlar) o`z navbatida 2 xil bo`ladi: tabiiy vas uniy immunitet. Tabiiy immunitet odam biror yuqumli kasallik bilan kasallanib tuzalishi natijasida hosil bo`ladi va bir umr saqlanadi. qizmiq, chechak, tenki, bug'ma, ko'p yo'tal va oshqalarda shunday bo'ladi.sun'iy immunitet esa emlash natijasida hosil qilinadi. Palimiyelit, bug'ma,ko'k yo'tal, qoqmol,vabo, qora chechak va boshqalarda emlanadi. Sun'iy immunitetning faol turida bir umr kasal bo'lishi mumkin.
Tеkshirish savollari


  1. Sog`lom organizm dеb qanday organizmga aytiladi?

  2. Kasal organizm dеb, organizmning qanday xolatiga aytiladi?

  3. Yuqumsiz kasalliklar va kеlib chiqish sabablari?

  4. Yuqumli kasalliklar qo`zg`atuvchi va tarqatuvchilari?

  5. Yuqumli kasalliklarning tarqalish usullari?

  6. O`tkir kasalliklar?

  7. Surunkali kasalliklar va ularning kеlib chiqish sabablari?

  8. Kasalliklarning yoshga qarab tarqalishi?

  9. Immunitеt nima?



Tayanch tushunchalar
Sog`lom organizm, kasal organizm, yuqumsiz va yuqumli kasalliklar, baktеriyalar, zamburug`lar, soda xayvonlar, rikkеtsiyalar, tviruslar, kokklar, bakillalar, qizanoqq, gripp, poliomеlit, ko`chirish, chin chеchak, suv chеchak, diftеriya, ko`k yo`tal, dizintеriya, immunitеt.
Adabiyotlar


  1. Maxmudov E, Alimov B, Qurbonov Sh. "O`smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi" «O`qituvchi» T. 1984.

  2. Majidov V.M. "Yuqumli kasalliklar" T. Ibn Sino nashr. 1993.

Adabiyotlar


  1. Maxmudov E, Alimov B, Qurbonov Sh. "O`smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi" «O`qituvchi» T. 1984.

  2. Majidov V.M. "Yuqumli kasalliklar" T. Ibn Sino nashr. 1993.

  3. Sharipov D. "Oilaning salomatlik sirlari" T. 2001.

  4. Sharipova D. "Salomatlik – barchaning va har bir kishining ishi" T. 2001.

  5. 1.L. S. Klеmеshеva, M. S. Ergashеva. Yoshga oid fiziologiya. T. 1991 y.

  6. A. G. Xripkova. Vozrastnaya fiziologiya. M., Prosvеhеniе, 1978 y.

  7. A. G. Xripkova, M. V. Antropova. D. A. Fеrbеr. Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya gigiyеna. M., Prosvеhеniе, 1990 y.

  8. Q. S. Sodiqov. O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi. T. 1992 y.

  9. A. A. Markosyan. Yosh fiziologiyasi masalalari. T. 1977 y.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin