Yоsh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining vazifalari, rivojlanish tarixi. Odam organizmi rivojlanishining umumbiologik qonuniyatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə6/107
tarix29.04.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#104511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
Mustaqil ish matnlari 2023

To‘qima va ularning turlari. Tuzilishi, funksiyasi, hayotiy jarayonlari va rivojlanishiga ko‘ra bir-biriga o‘хshash bo‘lgan hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi. Odam organizmida to‘rt хil: epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv to‘qimalari bo‘ladi.
Epiteliy (qoplovchi) to‘qimasi. Bu to‘qima terining ustki yuzasini, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish kabi a’zolarning ichki yuzasini qoplab turadi. Buni ichki a`zolar pardasi yoki shilliq qavati deb ham ataladi. Epiteliy to‘qimasi joylashishi, bajaradigan vazifasi, tuzilishiga qarab bir necha xil bo‘ladi. Tuzilishi, shakliga qarab yassi, kubsimon, silindrsimon, ko‘p qavatli, bir qavatli, tuksimon bo‘ladi. Yassi epiteliy to‘qimasi teri ustini qoplab turadi; kubsimon epiteliy siydik ayirish a’zolarining ichki yuzasida, silindrsimon epiteliy ichakning ichki qavatida, tuksimon epiteliy burun bo‘shlig‘ining ichki yuzasida joylashgan.
Epiteliy to‘qimasi joylashgan joyiga qarab, har xil vazifalarni bajaradi. Terining ustki va burun bo‘shlig‘ini qoplab turgan epiteliy to‘qimalar himoya vazifasini bajaradi, me`da-ichaklar ichki yuzasidagi epiteliy to‘qimalar ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Bu to‘qima a’zolarning yuzasida joylashganligi va tashqi muhitning noqulay ta’sirlariga ko‘proq duch kelishi tufayli ular tez-tez jarohatlanadi, yallig‘lanadi. Shuning uchun ham epiteliy to‘qimasi hujayralari tez ko‘payish va yangilanish (regeneratsiya) xususiyatiga ega.
Biriktiruvchi to‘qima. Biriktiruvchi to‘qima tuzilishi va shakliga ko‘ra xilma – xil bo‘ladi. Bu to‘qimaga suyaklar, qon, limfa, tog‘ay va paylar kiradi. Bulardan tashqari biriktiruvchi to‘qima hamma a’zolarning – yurak, jigar, taloq, me`da, ichak, tana muskullari, miyaning nerv to‘qimasi tarkibida bo‘ladi.
Biriktiruvchi to‘qima joylashishiga va bajaradigan vazifasiga qarab turli xususiyatlarga ega. Masalan, pay va tog‘aylar tarkibidagi biriktiruvchi to‘qima hujayralari orasida elastik tolalar ko‘proq. Shuning uchun ular cho‘zilish, bukilish, tortilish kabi ta’sirlarga chidamli bo‘ladi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin