Vatt – yorug‘lik kuchini va quvvatini ifodalovchi kattalik.
Fermentlar – oziq moddalarni yuqori birikma holidan kichik birikmalar holigacha parchalovchi moddalar bo‘lib, ular asosan oqsillardan tashkil topgan. Ovqatlanish va ovqat hazm qilish fiziologiyasi fanida asosan gidrolitik (parchalovchi) fermentlar o‘rganiladi.
pH – muhitning vodorod ionlari ko‘rsatkichini anglatadi. rN kislotali (1 dan 7 gacha) va ishqoriy (7 dan 14 gacha) bo‘lishi mumkin.
Gormonlar – ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan suyuqliklar bo‘lib, juda kichik dozada ham kuchli ta'sir ko‘rsatadi.
Eritrotsitlar – yadrosiz qizil qon tanachalari bo‘lib, tarkibida gemogloyubin bor. U nafas olishda, gazlarni tashishda ishtirok etadi.
Leykotsitlar – oq qon tanachalari bo‘lib, organizmning kasalliklarga kurashish qobiliyatini, ya'ni immunitetni shakllantiradi.
Trombotsitlar –qon plastinkalari bo‘lib, fibrin to‘r yordamida qonning ivishida ishtirok etadi.
O‘pkaning tiriklik sig‘imi – odam bir marta chuqur nafas olganda o‘pkaga sig‘adigan maksimal havo miqdori. U spirometr yordamida o‘lchanadi
Nefron – buyraklarning funksional birligi bo‘lib, bir qancha murakkab tizimchalar yig‘indisidan iborat.
Enurez – siydik tutuolmaslik kasalligi bo‘lib, yosh bolalarda ko‘p uchraydi.
Raxit – ovqat tarkibida mineral moddalar yetishmasligi yoki quyosh nuridan bahramand bo‘lmaslik natijasida kelib chiqadigan kasallik. Bunda suyaklar mo‘rtlashib, egri bo‘lib qoladi.
Salomatlik guruhlari – bolalarni salomatligi, nogironligi, organizmning funksional xususiyatlari e'tiborga olingan holda tuzilgan guruhlar. Har bir guruh ma'lum bir kontingentni o‘z ichiga oladi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI