Biografik (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasidagi ayrim o‘zgarishlarni to‘liqroq o‘rganish maqsadida qo‘llaniladi. Esdaliklar, kundaliklar, badiiy asardagi tavsiflar, baholar, magnitofon yozuvlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o‘rganilayotgan shaxsni to‘laroq tasavvur etishga xizmat qiladi. Biografik ma’lumotlar odamlarning o‘zini o‘zi tarbiyalash, nazorat qilish, idora etish, o‘zining uslubini yaratish, kamolot cho‘qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o‘taydi.
Sotsiometriya metodi.Bu metod kichik guruh a’zolari o‘rtasida bevosita emotsonal munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda qo‘llaniladi.