Yodgorov, Nodir Djalolovich



Yüklə 20,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/53
tarix19.10.2023
ölçüsü20,21 Mb.
#157053
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
topografik chizmachilik yodgorov (1)

topografik plan
deyiladi.
Topografiyada xarita va plandan boshqa ko`pincha profillardan 
foydalaniladi. 


15 
Joyning ma`lum yo`nalishi bo`yicha vertikal qirqimiga joyning profili 
deyiladi.
Topografik xarita uchun quyidagi masshtablar belgilangan: 1:1000000; 
1:500000; 1:200000; 1:100000; 1:50000; 1:25000; 1:10000; 1:5000.
Topografik plan uchun quyidagi masshtablar belgilangan: 
1:10000; 1:5000; 1:2000; 1:1000; 1:500 va 1:200 . 
Profillar uchun ikkita masshtab ishlatiladi: biri gorizontal masofalar uchun 
ikkinchisi vertikal masofalar uchun. Masalan, gorizontal masofa uchun 1:10000 
masshtab, vertikal masofa uchun esa 1:1000 masshtab yoki gorizontal masofa 
uchun 1:10000 masshtab, vertikal masofa uchun 1:500 masshtab. 
O`quv qo`llanma mazmuni Rossiya va Ukrainada chop etilgan o`quv 
adabiyotlardan keskin farq qilmaydi. Qo`llanmaga fanning nazariy asosi 
hisoblangan son belgili proektsiya bo`limi kiritilgan. Qo`llanmaning xorijiy 
adabiyotlardan farqi, unda plan, xarita tuzish uchun tanlangan misollar respublika 
hududidan olingan va xalqaro standart normalariga rioya qilib bajarilgan.
1-shakl. 


16 


17 
1-bob. SON BELGILI PROYEKSIYA 
1. 1-§. Umumiy ma`lumotlar 
Ortogonal prektsiyalash usullaridan biri son belgili proyeksiya bo`lib, bu usulda 
fazoda berilgan barcha nuqtalar bitta (gorizontal) tekislikka proyeksiyalanadi. 
Nuqtalarning frontal proyeksiyalari esa sonlar bilan almashtiriladi. Fazoda 
berilgan nuqtalarning gorizontal proyeksiya tekislikdan uzoqligi sonlar bilan 
ko`rsatilgan to`g’ri burchakli proyeksiyasi 
son belgili proyeksiya
deyiladi.
Bu usuldan yer sirtini gorizontallari orqali tasvirlashda va yer usti inshootlari 
(maydonchalar, temir yo`llar, avtomobil yo`llari, kanallar, gidrouzellar, 
aerodromlar va boshqalar) ni hamda gorizontalli plan bo`yicha injenerlik 
masalalarini yechishda foydalaniladi. Chunki yuqorida qayd qilingan inshootlar va 
yer sirtini past-balandliklari boshqa o`lchamlariga nisbatan bir necha barobar 
kichik. Shuning uchun ularni boshqa turdagi proyeksiyalash usulida tasvirlash 
qiyin va noqulay. Masalan, anhor (katta ariq)ning uzunligi bir necha kilometr 
bo`lsa, uning chuqurligi atigi bir necha metr.
Gorizontal proyeksiya tekisligi H nolinchi darajali tekislik deb qabul 
qilingan va uning balandligi sifatida mustaqil hamdo`stlik davlatlarida, boltiq 
dengizi suvining sathi qabul qilingan; aniqrog’i Kronshtat aylanma kanalidagi 
ko`prikning granit ustunidagi darajalarga bo`lingan mis reykaning nolinchi daraja 
ko`rsatkichi olinadi. 
Ayrim masalalarni yechishda gorizontal proyeksiyalovchi (vertikal) 
tekislikda hosil qilingan proyeksiyalardan foydalanishga to`g’ri keladi. Vertikal 
tekislik gorizontal proyeksiya tekisligiga joylashtirilgan holda tasvirlanadi va bu 
tekislik proyeksiyalanuvchi narsaga nisbatan qulay joyda olinadi. 
Gorizontal proyeksiya tekisligidan yuqorida joylashgan nuqtalarning son 
belgisi ishorasi musbat deb qabul qilingan bo`lib, son oldiga “+” (plyus) belgisi 
yozilmaydi. Gorizontal proyeksiya tekisligidan pastda joylashgan nuqtalarning son 
belgisi ishorasi manfiy deb qabul qilingan bo`lib, son oldiga “–“ (minus) belgisi 
yoziladi. Gorizontal proyeksiya tekisligida joylashgan nuqtalarning son belgisi “0” 
(nol) bo`ladi. 
Gorizontal proyeksiya tekisligida nuqtaning son belgili proyeksiyasi hosil 
qilingandan so`ng (1.1-shakl,a), proyeksiya tekisligini 90
0
ga burib, vertikal 
vaziyatga keltirilganda nuqtaning son belgili proyeksiyasi tasvirlangan chizmasi 
hosil bo`ladi (1.1- shakl, b). Bu chizmaga 
plan 
deyiladi. Planda chiziqli 
(
m) yoki sonli (M1:5000) masshtab berilishi kerak. Bunda uzunlik 
birligi deb metr qabul qilingan. 

Yüklə 20,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin