Yodga olish, eslash tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar


«Hamdu sano …Alloh uchundir, deb ayting»



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə10/10
tarix02.01.2022
ölçüsü27,69 Kb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

«Hamdu sano …Alloh uchundir, deb ayting»  (Isro surasi,
111-oyat);

 Jannat ahli biror narsa yeyishni istab qolsalar tasbeh aytar ekanlar. Ya’ni “Subhonakallohumma” deyishlari bilan ko‘ngillari istagan taom va boshqa noz-ne’matlar muhayyo bo‘lar ekan. Muakkal xizmatkorlar ularning tasbehlarini eshitishlari bilan dasturxonlarda yetmish ming xil bir-biriga o‘xshamagan taomlarni keltirar ekanlar.

Taomdan forig‘ bo‘lib Allohga hamd aytishlari bilan xizmatkorlar dasturxonlarni yig‘ishtirib olib ketar ekanlar. Oyatning boshqacha tafsiri – jannat ahli Allohning zotu sifatlariga loyiq hamdu sano va tasbehlarni aytishdan rohatlanar ekanlar. Demak, bu zikrlari xursandlik va mamnuniyat alomatlari ekan. Hadisda: “Jannat ahli yeb ichadilar, lekin ulardan hech qanday chiqindi, axlat kabi narsalar chiqmaydi. Balki yegan ovqatlari mushku anbar hidi kabi bug‘ va yel shaklida chiqib ketadi”, – deyilgan.

 Abu Hurayradan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Isro kechasi Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga ikkita qadah keltirildi. Birida sharob, ikkinchisida sut bor edi. Rasululloh (s.a.v.) ularning ikkoviga qarab turib sutni oldilar. Shunda Jabroil alayhissalom: «Allohga hamd bo‘lsin. U sizni haq bo‘lgan Islom fitratiga hidoyat qildi. Agar sharobni olganingizda, ummatingiz zalolatga ketar edi», dedilar. Imom Muslim rivoyati. Abu Hurayradan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Har bir muhim ish Allohga hamd aytish bilan boshlanmasa, oxiri kesikdir», dedilar. Abu Dovud va boshqalar rivoyatlari.

 Abu Muso al-Ash’ariydan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Agar biror kishining farzandi vafot etsa, Alloh taolo farishtalariga: «Bandamning farzandi (joni)ni oldinglarmi?» deydi. Farishtalar: «Ha», deb javob berishadi. Alloh: «Bandam qalbining mevasini oldinglarmi?» deydi. Farishtalar yana: «Ha», deyishadi. Alloh taolo: «Bandam nima dedi?» deb so‘raydi. Farishtalar: «Senga hamd va istirjo’ (ya’ni, «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», deb) aytdi», deyishadi. Shunda Alloh taolo: «Bandam uchun jannatda bir uy quringlar va uni hamd uyi, deb atanglar», deydi», dedilar. Imom Termiziyrivoyati. Anasdan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.)   «Agar bir banda har luqma tanovul qilayotganida va har ho‘plam ichimlik ichayotganida Allohga hamd aytsa, Alloh taolo o‘sha bandasidan albatta rozi bo‘ladi», dedilar. Imom Muslim rivoyati.

“Шунчасини мен айтдим, қолганини сен ўйла. Фикринг қотиб қолган бўлса, ўйлай олмайсан, юр, зикр қил. Зикр фикрни титратади, ҳаракатга келтиради. Зикрни бу қотган фикрга офтоб қил.” Jaloliddin Rumiy

Imom G’azzoliy

- ZIKR ikki xil bo’ladi:

1 — Tanholikda, Alloh bilan bandaning o’z oralarida voqe’ bo’lgan ZIKR.

2 — Birinchi zikrdan ham go’zalroq, mukofoti undan kattaroq va fazilatliroq bo’lgan va Alloh harom qilgan narsaga yaqinlashgan (harom bo’lgani uchun, xohlamay tashlab ketgan) ondagi ZIKR.



Alloh hech bir soya bo’lmaydigan va faqat o’z Arshining soyasi bo’ladigan qiyomat unida

etti toifa kishilarni o’z Arshining soyasida soyalantiradi. Bulardan bir toifasi tanholikda Allohni ZIKR etganlar va Allohdan qo’rqqani sababli ko’z yosh to’kkanlardir.
Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin