Yodga olish, eslash tasavvufda xudoni yodga olish bilan bog‘liq marosim. Ilohiyotchilar


«Allohni ko‘p zikr qiluvchi erkaklar va Allohni ko‘p zikr qiluvchi ayollar – ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot



Yüklə 27,69 Kb.
səhifə8/10
tarix02.01.2022
ölçüsü27,69 Kb.
#41358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Документ Microsoft Word

«Allohni ko‘p zikr qiluvchi erkaklar va Allohni ko‘p zikr qiluvchi ayollar – ular uchun Alloh mag‘firat va ulug‘ mukofot (ya’ni, jannat)ni tayyorlab qo‘ygandir» tafsirida ulamolar turli fikrlar bildirishgan. Ya’ni, «Allohni ko‘p zikr qiluvchilar» deb kimlarni aytiladi? Said ibn Jubayrning so‘zlariga ko‘ra, har bir kishi biror amalni bajarishda Allohga itoat, Uning roziligini topish niyatida bo‘lar ekan, u odam zokirdir. Abu Said Xudriy rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Erkak kishi yarim tunda o‘z ayolini uyqudan uyg‘otsa, ikkovlari ham ikki rakat namozni o‘qisalar, ular «Allohni ko‘p zikr etuvchi erkaklar va Allohni ko‘p zikr etuvchi ayollar» qatoriga yoziladi (Imom Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja).

Imom Abul Hasan Vohidiy Ibn Abbosdan eshitib, aytgan fikrlaricha, ular besh vaqt namozdan keyin ham, ertalab ham, kechqurun ham, yotgan joylarida ham, uyqudan uyg‘ongan vaqtlarida ham, uylaridan ketayotgan va qaytib kelayotgan vaqtlarida ham Allohni zikr etuvchilardir. Mujohid aytadi: «Tik turganida ham, o‘tirganida ham, yotganida ham Allohning zikrida bo‘lmagan erkaklar va ayollar «Allohni ko‘p zikr etuvchilar»dan bo‘lmaydilar». Ato ibn Raboh aytadi: «Besh vaqt namozning haqlarini mukammal ado etgan kishilar «Allohni ko‘p zikr etuvchilar»dan sanaladi» (Imom Navaviy. “Al-Azkor”, 10-bet).




Yüklə 27,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin