Yillarda arab davlatlari


Milliy tiklanish qiyinchiliklari



Yüklə 54 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü54 Kb.
#46430
1   2   3   4   5
Yillarda arab davlatlari. Urushning arab davlatlariga ta'siri (1)

Milliy tiklanish qiyinchiliklari

Hech bir davlat o'z mustaqilligini oson yo'l bilan mustahkamlay olmagan. Iroq ham bundan mustasno emas. 1936-yilning 29-oktabrida iroqda o'tkazilgan harbiy to'ntarish buning dalilidir. Bu to'ntarishga general Bakr Sidqiy rahbarlik qildi va iroq qiroli G'ozi 1 ni hukumami tarqatib yuborishga majbur etdi. Iroqning eng boy shaxslaridan biri. to'ntarishning faol tashkilotchisi Hikmat Sulaymon bosh vazir etib tayinlandi. Bakr Sidqiy esa Iroq armiyasi bosh shtabining boshlig'i lavozimini egalladi. Hikmat Sulaymon hukumati «Miiliy islohotlar hukumati» deb ataldi. Bu hukumat, hatto, davlat yeriarini yersiz dehqonlarga bo'lib berishni va'da qildi. Biroq asosan katta yer egalari, qabila shayxlari va savdogarlardan iborat parlament agrar islohot o'tkazishga yo'l bermadi.

Hikmat Sulaymon va Bakr Sidqiylar esa o'z siyosiy muxoliflarini qatag'on qilishni davom ettirdilar. Ayni paytda ular fashistlar Germaniyasi va Italiya bilan yaqinlashish yo'lini tuta boshladilar. Bunga qarshi bir qator vazirlar hukumat tarkibidan chiqdi. Shu tariqa «Milliy islohotlar» hukumati barham topdi. Bu hoi oxir-oqibatda inglizlar tarafdori bo'lgan kuchlar tomonidan Bakr Sidqiyga qarshi fitnalar uyushtirilishiga olib keldi. 1937-yilning avgustida Sidqiy o'ldirildi. 1939-yilning 25-dekabrida Nuri Said boshchiligida yangi hukumat tuzildi. 1939-yitning 3-aprelida qirol G'ozi I halok bo'ldi (avtomobil halokatida) va uning 4 yashar o'g'li qirol deb e'lon qilindi. Shu tariqa amalda butun hokimiyat Nuri Said qo'lida to'plandi.

Ikkinchr jahon urushi boshlangach, Iroq Germaniya bilan diplomatik aloqasini uzdi va o'zining betarafligini e'lon qildi. Shunday bo'lsa-da, uning iqtisodiyoti amalda Buyuk Britaniyaga xizmat qildi. 1941-yilning 1-aprelida «01tin kvadrat» deb atalgan harbiy tashkilot (al-G'ayloniy) davlat to'ntarishi o'tkazdi. Biroq bu hoi uzoq davom etmadi. 2-may kuni Buyuk Britaniya armiyasi harbiy harakat boshladi va Iroqni to'la ishg'ol etdi, yana Buyuk Britaniyaga xayrixoh kuchlar hukumati tiklandi. 1943-yilning 17-yanvarida Iroq Germaniya va Italiyaga qarshi urush e'lon qildi.



Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin