Yillarda arab davlatlari


Ozodlik kurashining yangi bosqichi



Yüklə 54 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü54 Kb.
#46430
1   2   3   4   5
Yillarda arab davlatlari. Urushning arab davlatlariga ta'siri (1)

Ozodlik kurashining yangi bosqichi

inglizlar bilan kelishuvchilar tarafdoriari esa «iroq vasiyati» deb ataluvchi jamiyatni tuzdilar. 1920-yilda milliy-ozodlik qo'zg'oloni boshlandi. 30-iyulda Rumeys shahrida yuz bergan qo'zg'olon umumiroq ozodlik urushiga aylanib ketdi. Qo'zg'olonchilar mamlakatning katta qismini ozod qilishga erishdilar. Buyuk Britaniya bu ozodlik urushini bostirish uclum 150 ming kishilik armiya tashladi. Bu armiya 1920-yilning noyabr oyida ozodlik urushini bostirishga musharraf bo'ldi. Ozodlik urushi toiqinidan cho'chib ketgan Buyuk Britaniya ichki kuchlar madadiga har qachongidan ham kengroq tayana boshladi. Shularning yordamidagina o'z mavqeini saqiab qolishga intildi. Shu maqsadda oktabr oyida Iroqning muvaqqat hukumatini tuzdi, 1921 -yilning 23-avgustida esa Angliyaning sodiq malayi Faysal al-Xoshimni (Suriyaning sobiq qiroli) iroq qiroli deb e'lon qilinishiga erishdi. Amalda esa hokimiyat, mandat tizimi qoidasiga ko'ra, ingliz Oliy komissari qo'lida edi.

1922-yilda inglizlar Iroqqa yana bir og'ir shartnomani qabul qildirdilar. Unga ko'ra, Iroq hukumati xaiqaro va moliyaviy masalalarni ingliz Oliy komissari maslahati bilan hal etishi zarur edi. Bundan tashqari, Iroqda ingliz qo'shinlari saqlanib turadigan bo'ldi. Mamlakat iqtisodiy hayoti ingliz komissiyasi nazorati osiiga olindi.

1924-yiiga kelib Buyuk Britaniya mandat tizimi yo'li bilan Iroqda to'la hukmronlikka erishdi. «Terkish petrolium» kompaniyasini tuzib, Iroq neftini qo'lga oldi. 19 2 7 - у i I d a bu «Iroq petrolium kompaniyasi»ga aylantirildi. Biroq bu ozodlik kurashini to'xtata olgani yo'q. Iroq milliy partiyasi (rahbari Abu Timman).Iroq uyg'onish partiyasi (rahbari as-Sadr) boshchiligida Iroq xalqi ozodlik kurashini davom ettirdi. Buning natijasida Buyuk Britaniya mustamlakachi hukumati Iroq vatanparvar kuchlariga yon bosishga majbur bo'ldi va endi mandat nazoratini bekor qilish zarur, degan xulosaga keldi.

1930-yilning 30-iyunida Buyuk Britaniya va Iroq o'rtasida 25 yillik yangi shartnoma imzolandi. Iroq nomidan shartnomani Bosh vazir Nuri Said imzoiadi. Shartnomaga ko'ra, Buyuk Britaniya Iroq Millatlar Ligasiga kirgandan so'ng, uni mustaqil davlat, deb tan oladigan bo'ldi. Ayni paytda shartnoma Iroqni «do'stlik» va <'ittifoqchilik» rishtalari bilan Buyuk Britaniyaga bog'lab qo'ydi. Chunonchi, tashqi siyosatda Iroq Buyuk Britaniya bilan maslahatiashib olishga majbur edi. Iroqda ingliz harbiy bazalari saqiab qolindi. Bundan tashqari. Iroq mudofaasi masalasida Buyuk Britaniya manfaatlarini hisobga olishi zarur edi. Ayni paytda Buyuk Bri­taniya Iroqqa o'z maslahatchilari va ekspertlarini yuborishda monopol huquqqa ega edi.

1932-yiI 3-oktabrda Iroq Millatlar Ligasiga qabul qilindi va shu tariqa u to'la bo'lmasa-da davlat mustaqilligiga erishdi. 1933-yildi hokimiyatga al-G'ayloniy keldi. Hukumat bir necha marta o'zgardi.



Yüklə 54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin