Shuning uchun, chidamlilik bilan marketing nazariyasi va uning amaliyotini quyidagi maqolga rioya qilgan holda o`rganishga tayor bo`lib turasizlar.
Agar “Marketing”ga oid fanlarni turli o`qituvchilar tomonida sizlarga dars o`tish jarayonida uning ayrim jabhalarini takror qilganlarida uncha e`tirozga bermasdan bilimingizni mustahkamroq qilib olishga intiling.
«Firmaning raqobatli bozor sharoitida, strategiya va taktikasini aniqlovchi zamonaviy biznes falsafasi» deyiladi. Chunki marketing - firma (korxona)ning uzoq muddatli, yuqori darajali foyda olish niyatida faqat iste’molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi.
Zaruriyat - inson tomonidan biror-bir narsa yetishmayotganligini sezish. Inson zaruriyatlari xilma - xil va murakkab bo’ladi. Bular jismoniy zaruriyat; dam olishga bo’lgan zaruriyat; ijtimoiy zaruriyat; shaxsiy zaruriyat va boshqalar. Ular inson tabiatining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Inson zaruriyatlari, ehtiyojlari va talablari tovarlar bilan qondiriladi. Tovar deganda ehtiyoj yoki zaruriyatni qondira oladigan va e’tibor, jalb qilish, foydalanish yoki iste’mol maqsadida bozorga taklif qilinadigan narsa tushuniladi. Tovar ishlab chiqaruvchilar o’z tovarini sotish uchun xaridorlarni izlashi, ularning ehtiyojlarini aniqlashi va ushbu ehtiyojlarni iloji boricha to’laroq qondiradigan tovarlarni ishlab chiqarishlari lozim.