Yangi mavzu: Muntazam ko`pburchakning tomoni bilan tashqi va ichki chizilgan aylanalar radiuslari orasidagi bog`lanish



Yüklə 160 Kb.
səhifə3/5
tarix02.01.2022
ölçüsü160 Kb.
#45446
1   2   3   4   5
Muntazam-kopburchakning-tomoni-bilan-tashqi-va-ichki-chizilgan-aylanalar-radiuslari-orasidagi-boglanish-9-sinf-Geometriya

Savollarga javoblar:
1. Tekislikning sodda yopiq siniq chiziq bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko`pburchak deb ataladi.

2. Agar ko`pburchak tomonini o`z ichiga olgan ixtiyoriy to`g`ri chiziqqa nisbatan bitta yarim tekislikda yotsa, u qavariq ko`pburchak deyiladi.

3. Hamma tomonlari teng va hamma burchaklari teng bo`lgan qavariq ko`pburchak muntazam ko`pburchak deyiladi.
4. Agar ko`pburchakning hamma tomonlari aylanaga urinsa, u holda ko`pburchak aylanaga tashqi chizilgan, aylana esa ko`pburchakka ichki chizilgan deyiladi.

5. Agar ko`pburchakning barcha uchlari aylanada yotsa, bu ko`pburchak aylanaga ichki chizilgan, aylana esa ko`pburchakka tashqi chizilgan deyiladi.

6. Qavariq ko`pburchakning diagonallari soni ga teng.

7. Qavariq n burchak ichki burchaklari yig`indisi 1800 (n-2) ga teng, bunda n-tomonlar soni.

8. Muntazam n burchakning har bir burchagi ga teng.

9. Muntazam n burchakning har bir uchidan bittadan olingan tashqi burchaklari yig`indisi 3600 ga teng.

10. Har qanday muntazam ko`pburchakka ichki aylana ham tashqi aylana ham chizish mumkin. Burchaklari bissektrisalari kesishish nuqtasi ichki aylana ham tashqi aylananing markazi bo`ladi.
Test sinovi: ( Har bir to`g`ri test javobi uchun 1 ball beriladi)
1. Aylanaga ichki chizilgan muntazam ko`pburchakning bir tomoni aylanadan 450 ga teng yoy ajratadi. Ko`pburchakning nechta tomoni bor ?

A) 6 B) 4 C) 8 D) 12

2. Muntazam 15 burchakning har bir burchagi necha gradusga teng ?

A) 156 B) 144 C) 120 D) 135

3. Aylanaga tashqi chizilgan uchburchakning yuzi 24 ga, perimetri esa 8 ga teng. Aylana radiusini toping.

A) 3 B) 6 C) 8 D) 16

4. Katetlari 4 va 3 bo`lgan to`g`ri burchakli uchburchakka tashqi chizilgan aylana radiusini toping.

A) 5 B) 3,5 C) 2,5 D) 2

5. Trapetsiyaning yon tomonlari 5 va 7 ga teng bo`lsa va unga ichki aylana chizish mumkin bo`lsa, trapetsiyaning perimetrini toping.

A)16 B) 12 C) 22 D) 24


To`g`ri javoblar: 1. C 2. A 3. B 4. C 5. D

Yüklə 160 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin