T A D B I R D A S T U R I
Tanatana bo‘ladigan joy bayramona bezatiladi. Yosh avlodni ilm fanga
chorlovchi, xalq hikmatlari bitilgan plakatlar ilinadi. Turli rangdagi sharlar va gullar
bilan bezatiladi. Bayram bo‘ladigan maydonda o‘quvchilar sinf raxbarlari bilan
birgalikda oldindan maxsus belgilab qo‘yilgan joylarga saflanishi uchun berilgan
sinf jamoasi asosida turadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar maktab Nizomi asosida
tasdiqlangan maxsus formada saflanadilar. Vatan haqidagi qo‘shiq sadolari ostida
tadbirga taklif qilingan mehmonlar va ota-onalar kutib olinadi hamda maxsus
tayyorlangan joylarga o‘tkaziladi. Musiqa sadolari ostida davraga boshlovchilar
chiqib keladi. (Boshlovchilar 2 nafar yosh pedagoglar bo‘lishi maqsadga muvofiq.
“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!”
IMTI
Ular Guljamol Asqarovaning VATAN VA OSTONA nomli she’ri bilan
boshlaydilar)
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum! Ey moviy osmon,
Sen mening muqaddas beshigim Vatan.
Meni porloq kunlar chorlagan zamon,
Dunyoga ochilgan eshigim — Vatan.
2-boshlovchi:
Ilk bor aytgan so‘zim dunyoga kelib,
Yo‘llarga kuzatgan O‘zbekistonim.
Quyoshdek nur sochib, jilmayib, kulib,
Qo‘llarin uzatgan O‘zbekistonim.
1-boshlovchi:
Diqqat, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi ijro
etiladi.
(Madhiya ijro etilgan vaqtda maktabning eng namunali, tanlovlarda yuqori
natijalarga erishgan 2 nafar o‘quvchilari (flagshtokda) O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bayrog‘ini ko‘taradi. Barcha o‘quvchilar madhiyani jo‘r bo‘lib ijro etadilar.
Shundan so‘ng, Sultonali Raxmatovning “Baxt” musiqasi sadolari ostida sahnaga
2 nafar boshlovchilar chiqib keladi. Musiqa sadolari ostida boshlovchilar so‘zi
yangraydi.)
1-boshlovchi:
Assalomu alaykum, davramizga tashrif buyurgan muxtaram
mehmonlar. Vatan ertasi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani
yelkasiga mardona ilgan ustoz va murabbiylar!
2-boshlovchi:
Assalomu alaykum, maktab ostonasiga faqatgina yaxshi
niyatlar bilan qadam qo‘ygan, o‘quvchilik maqomini fahr deb bilgan ilmga chanqoq
aziz o‘quvchilar! Ushbu fayzli davramizga xush kelibsiz!
Bugun butun yurtimiz uzra mustaqilligimizning 32 yillik to‘yi shukuhi kezib
yuribdi. Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz, Mustaqillik shodiyonasi bilan
barchangizni muborakbod etamiz.
|