Yakuniy nazorat Kazus



Yüklə 18,99 Kb.
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü18,99 Kb.
#194091
  1   2
Yakuniy nazorat


Yakuniy nazorat
Kazus
1. “Baraka” AJ tashkiliy huquqiy shaklini aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq “Max-Baraka” qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga aylantirdi. Yigʻilishda umumiy barcha 10 aksiyador ishtirok etdi: 9 aksiyador qayta tashkil qilish uchun ovoz berdi, 1 aksiyador betaraf qoldi. Yigʻilish qayta tashkil etishning quyidagi shartlarini belgiladi:
- “Baraka” AJni qayta tashkil etish uchun ovoz bergan barcha aksiyadorlar, shuningdek “Baraka” AJning bosh direktori va bosh buxgalteri “Max-Baraka” QMJ ning ishtirokchilari hisoblanadilar.
Yangi yuridik shaxs ishtirokchilari ustav kapitalidagi ulushini naqd pul shaklida “Max-Baraka” QMJ roʻyxatdan olingan kundan boshlab 1 oy davomida shakllantirishni belgilashdi. “Baraka” AJning aksiyadorlari yigʻilishida “Max-Baraka” QMJ ning kuzatuv kengashi tarkibiga “Baraka” AJ vakili va “Max-Baraka” QMJ ishtirokchilari hisoblanmaydigan ikkita jismoniy shaxslar kirdi.
Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish bosqichlarini tushuntirib bering. Yigʻilishning mazkur qarorini haqiqiy emas deb topish uchun asoslar bormi?


MANTIQIY SAVOLLAR:
1. Tadbirkorlik subyektlarini faoliyatini ichki manbalar orqali moliyalashtirish usullari va ularning huquqiy jihatlarini tahlil qiling.

2. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlarini tahlil qiling.



Javoblar
Kazus. Ushbu kazusda “Baraka” AJ o’z tashkiliy-huquqiy shaklini “Max-Baraka” qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatga aylantirish uchun umumiy yig’ilish o’tkazadi. Umumiy yig’ilishning 10ta a’zosidan 9tasi bunga rozi bo’lishadi, 1nafari esa betaraf qoladi. Natijada “Max-Baraka” qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyat tuzadilar. Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs ishtirokchilari ustav kapitalidagi ulushini naqd pul shaklida “Max-Baraka” QMJ roʻyxatdan olingan kundan boshlab 1 oy davomida shakllantirishni belgilashdi. Bundan tashqari “Baraka” AJning aksiyadorlari yigʻilishida “Max-Baraka” QMJ ning kuzatuv kengashi tarkibiga “Baraka” AJ vakili va “Max-Baraka” QMJ ishtirokchilari hisoblanmaydigan ikkita jismoniy shaxslar kirdi. Xo’sh, endi bu holatlar qonunchilikda nazarda tutilgan qonunlarga rioya etilgan holda amalga oshirildimi?
Bu holatlarga aniqlik kiritish uchun O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va normalari kerak bo’ladi. Jumladan, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasining 02.05.2012 yildagi O‘RQ-328-son “Tadbirlorlik faoliyatining erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonun, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni , shuningdek, fuqarolik kodeksi ham kerak bo’ladi.
Endilikda kazusdagi muammolarni atroflicha hal qilsak bo’ladi. Bu holatda yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli bir turdan boshqa turga o’tkazilmoqda. Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunining 95-moddasiga asosan, jamiyatni qayta tashkil etish aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladi. Qonun hujjatlarida belgilangan hollarda yuridik shaxslarni qo‘shib yuborish, birlashtirish yoki qayta tuzish tarzida qayta tashkil etish vakolatli davlat organlarining roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin. Qayta tashkil etish natijasida yangidan vujudga kelgan jamiyatlarni davlat ro’yhatidan o’tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi asosida amalga oshiriladi. Ushbu qaror qabul qilingan taqdirda, shu qabul qilingan sanadan 30kundan kechiktirmay o’z kreditorlarini yozma ravishda xabardor etib, shu muddat ichida kreditorning fikrini talab qilishga haqli hisoblanadi. Demak qonunchilikka muvofiq tashkiliy-huquqiy shaklni o’zgartirsa bo’ladi. Bu haqida shuningdek, AJ to’g’risidagi qonunning 100-moddasida ham aytib o’tilgan: jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etgan holda boshqa har qanday xo‘jalik jamiyati yoki shirkatiga aylanishga haqli. Bundan tashqari ushbu moddaning 2-qismida qayta tashkil etish masalasi kuzatuv kengashi aksiyadorlarining umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilishi aytilgan. Ushbu kazusda ham bu masala umumiy yig’ilishda ko’rib chiqilgan. Umumiy yig’ilishda o‘zgartirilayotgan jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqidagi masalalarni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi hal qilishi uchun olib chiqadi. O‘zgartirilayotgan jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi jamiyatni o‘zgartirish, o‘zgartirish tartibi va shartlari haqida qaror qabul qiladi. Jamiyatni o‘zgartirish natijasida tashkil etilayotgan yuridik shaxsning ishtirokchilari jamiyatning chiqib ketayotgan aksiyadorlari bilan hisob-kitoblar amalga oshirilganidan keyin ta’sis hujjatlarini tasdiqlaydi hamda qonunchilikka muvofiq yuridik shaxsning boshqaruv organlarini saylaydi yoki tayinlaydi. Jamiyat o‘zgartirilganida uning barcha huquq va majburiyatlari saqlanib qoladi. “Baraka” AJdagi umumiy yig’ilishda esa 10ta a’zodan 9tasi bunga rozilik berganligini ko’rdik. Bu masalani ham “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun asosida ko’rib chiqamiz. Ushbu qonunning 66-moddasida aytilishicha, 65-moddaning 1-qismi 2-,4-,6-,18-xatboshilarida ko’rsatilgan masalalar bo’yicha qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etayotgan ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lmish aksiyadorlarning to‘rtdan uch qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jumladan, 65-modda 1-qism ikkinchi xatboshida jamiyat qayta tashkil etilsa deb ketilgan. Bu esa bizning kazusimizga mos tushadi. Shuning uchun ovoz berish qoidalariga rioya etilgan deb topishimiz mumkin. Keyinchalik esa yangi yuridik shaxs ishtirokchilari ustav kapitalidagi ulushini naqd pul shaklida “Max-Baraka” QMJ roʻyxatdan olingan kundan boshlab 1 oy davomida shakllantirishni belgilashdi. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasi 6, 7 va 8-qismlariga ko`ra, jamiyat faqat kredit tashkiloti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan paytga qadar uning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan jamiyatning ustav fondidagi o‘z hissasining kamida o‘ttiz foizini kiritishi shart. Jamiyatning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav fondiga o‘z hissasini to‘liq kiritishi kerak. Jamiyatning ishtirokchisi tomonidan hissaning to‘liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Demak, yangi tashkil etilgan yuridik shaxs, ustav kapitliga 1 yillik muddat ichida uning ishtirokchilari jamiyat ro`yxatga olingan kundan boshlab o`z hissalarini qo`shib shakillantirishi mumkin ekan. Kazusdagi vaziyatda 1 oylik muddat etib belgilanishi to’g’ri emas. Shu kabi holatlar bilan bir qatorda “Baraka” AJning aksiyadorlari yigʻilishida “Max-Baraka” QMJ ning kuzatuv kengashi tarkibiga “Baraka” AJ vakili va “Max-Baraka” QMJ ishtirokchilari hisoblanmaydigan ikkita jismoniy shaxslar kiritildi. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” qonunda umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqi belgilangan. Unga ko’ra, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan rasmiy e’lon qilingan sanadan 3 kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestrida qayd etilgan aksiyadorlar ega bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, jamiyat aksiyadorlarining shakllantirilgan reyestriga o‘zgartirishlar mazkur reyestr tuzilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni tuzishda yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilgan taqdirdagina qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kiritilishi mumkin. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasi 4-qismiga ko`ra esa, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organining hamda kollegial ijro etuvchi organining, uning sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarining a’zolari, jamiyat tomonidan tashkil etilgan unitar korxonaning rahbari hamda ayni shu sho‘ba, tobe xo‘jalik jamiyatlarida va unitar korxonada mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan shaxslar jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi mumkin emasligi nazarda tutilgan. Bundan xulosa qilib, shuni aytish muminki, a’zo hisoblanmagan ikki nafar jismoniy shaxsning tarkibga kirishi mumkin emas.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, istalgan yuridik shaxs qonun doirasida o’z tashkiliy-huquqiy shaklini o’zgartirishi, qayta tashkil etishi mumkin. Bu holatlar yuridik shaxsning umumiy yig’ilishida hal qilinib, har bir a’zoning talabi qonun normasidan kelib chiqib hal qilinadi. Agarda a’zo o’z haq-huquqlarini buzilgan deb topsa, u holda qonunchilikka binoan o’z haq-huquqlarini talab qila oladi. Boshqa tashkiliy-huquqiy shaklli yuridik shaxs tashkil etilganda esa, yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxs qonunda belgilangan tartibda tashkil qilinadi, ya’ni o’zining tartib-taomili, ustav fondini shakllantirish va boshqaruv shakli kabilar.


Yüklə 18,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin