Yadro qurolining zararlovchi omillari



Yüklə 23,28 Kb.
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü23,28 Kb.
#115221
1   2   3
YADRO QUROLINING ZARARLOVCHI OMILLARI

Hozirgi holat

"Samrat" ballistik raketasi qurilmasi
2009-yilning avgust holatiga AQSh Mudofaa Ministrligida tahminan 5,6 ming nafar o‘rnatilishga tayyor bo‘lishi bilan birga tashuvchilarda joylashtirilgan jangovar zaryadlarga ega.
1995-yilning aprelida Rossiyaga yadroviy aslahalar Qozog‘istondan, 1996-yilning iyunida — Ukrainadan va 1996-yilning noyabrida — Belorussiyadan olib chiqilgan.
2009-yilning yanvar oyi holatiga Rossiya strategik yadroviy kuchlari tarkibida 2825 nafar yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladigan 634 nafar strategik tashuvchi mavjud bo‘lgan. 2009-yilning iyul oyi holatiga Rossiya strategik yadroviy kuchlari tarkibida 2683 nafar yadroviy jangovar zaryadlarni tashiy oladigan 608 nafar strategik tashuvchilari bor edi. Rossiya yadroviy jangovar zarayodlari Rossiya Federasiyasining 12-asosiy boshqarmasining tasarrufida turadi.
Bugungi kunda yadro quroliga ega bo‘lgan 9 ta mamlakat bor: AQSh, Rossiya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Izroil (tahminlarga ko‘ra) va Shimoliy Koreya. Ulardan faqatgina beshtasi yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.
Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1968-yilning 12-iyun kuni ma’qullangan, 1968-yilning 1 iyulidan boshlab Moskva, Vashington va Londonda imzolash uchun ochilgan. Shartnoma ratifikatsion yorliqlar saqlash uchun topshirilganidan keyin 1970-yilning 5 martida kuchga kirgan.
U Sovet Ittifoqi tomonidan 1969-yil 24-noyabr kunida ratifikasiya qilingan. 190 nafar davlat Shartnoma qatnashchilaridir. Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnomadan tashqarida hamon qolib kelayotgan davlatlar - Hindiston, Pokiston va Izroil. Shartnomadan chiqish to‘g‘risida KXDR ham bayonot bergan edi.

Baker sinov portlatilishi
Atom bombasining yaratilish yo‘li
1896- yilda fransuz kimyogar olimi Antuan Anri Bekkerel uranning raioaktivligini kashf etdi.
• 1899-yilda Ernest Rezerford alfa- va -beta-nurlar, 1900 yilda gamma-nurlanish kashf etilgan.
• Shu yillarda kimyoviy unsurlarning ko‘p radioaktiv izotoplari kashf etilgan: 1898-yilda P'yer Kyuri va Mariya Kyuri tomonidan poloniy va radiy, 1899-yilda Rezerford tomonidan radon, Debern tomonidan — aktiniy kashf etilgan.
• 1903-yilda Rezerford va Frederik Soddi radioaktiv parchalanishi qonunini kashf etishgan
• 1921-yilda Otto Gan amalda yadroviy izomeriyani kashf etgan.
• 1932-yilda Djeyms Chedvik neytronni kashf etgan, Karl Anderson esa — pozitronni.
• Shu yilning o‘zida, 1932-yilda AQSh Ernest Lourens birinchi tsiklotronni ishgatushirgan, Angliyada esa Ernest Uolton va Djon Kokroft atom yadrosini ilk bor parchalashga erishgan: ular protonlar bilan tezlatgichda litiy yadrosiga o‘quzib yemirilishiga erishgan. Huddi shunday tajriba Sovet Ittifoqida o‘tkazilgan.
• 1934-yilda Frederik Jolio-Kyuri sun’iy radioaktivlikni kashf etgan, Enriko Fermi esa neytronlarni sekinlashtirish uslubini ishlab chiqqan. 1936-yilda, u tomonidan neytronlarning tanlab olingan holdagi yutib yuborilishi kashf etilgan.
• 1934-yilda Vengriyalik fizik olim Leo Silard yadro reaktorining umumiy ta’riflanishibilan patent olish uchun ariza berilgan (patent 1936-yilda berilgan).
• 1938-yilda Otto Gan, Fris Shtrassman va Liza Meytner neytronlar tomonidan uran yutib yuborilayotgan paytdagi parchalanishini kashf etdilar. Shundan yadroviy qurolishlab chiqarilishi boshlandi.
• 1939-yilda Frederik Jolio-Kyuri uran bombasining konstruksiyasini patentlagan.
• 1940-yilda Georgiy Flyorov va Konstantin Petrjak, Leningrad fizik-texnik institutida ishlayotib, uran yadrosining o‘z-o‘zidan bo‘linishini kashf etdilar.
• 1940-yil iyunida AQShda Mudofaa tadqiqotlari bo‘yicha Milliy komitet tashkil etilgan, Uran bo‘yicha Komitet uning tarkibiga subkomitet sifatida kirgan.
• 1941-yil bahorida Fermi zanjirli yadro reaksiyasi nazariyasini ishlab chiqishni yakunlagan.
• 1941-yil 20 sentyabrida Angliyada shtablar boshliqlari Komiteti tomonidan o‘tkazilgan majlisda zudlik bilan atom bombalarini tayyorlash bo‘yicha zavod qurilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
• 1941-yil 6 dekabrida AQShda yadroviy qurol yaratilishi uchun mablag‘ va resurslarajratilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
• 1942-yilning birinchi choragi — ingliz harbiy kabineti uran bompbalarini ishlab chiqish masalalari bilan shug‘ullana boshlaydi.
• 1942-yil iyunida Fermi va Gerbert Anderson tomonidan tajribalar davomida birlikdan katta neytronlar ko‘payishining koeffisiyenti olingan, bu yadroviy reaktor yaratilishiga yo‘l ochgan.
• 1942-yil 2 dekabrida AQShda dunyodagi birinchi yadroviy reaktor ishga tushgan, birinchi o‘zini o‘zi quvvatlabturuvchi zanjirli yadroviy reaksiya amalga oshirilgan.
• 1943-yil 17 sentyabrida “Manxetten proyekt” loyihasi ustidagi ishlar boshlangan.
• 1945-yil 16 iyulida AQShning Nyu-Meksiko shtatida Alamogordo cho‘lida birinchi “Gadget” yadroviy portlash moslamasi sinovdan o‘tkazilgan (bir pog‘onali, plutoniy asosida).
• 1945-avgustida Xirosima va Nagasaki shaharlariga birinchi atom bombalari “Kichkintoy” (6 avgustda, Xirosima) va “Baqaloq” (9 avgustda, Nagasaki) tashlab yuborilgan.

Yüklə 23,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin