Xotirani diagnostika qilish metodlari. Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimini tahlil qilish



Yüklə 6,81 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü6,81 Kb.
#192183
7-семинар (1)


Xotirani diagnostika qilish metodlari. Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimini tahlil qilish (Meyli testi,Benton testi)



  1. Xotira haqida tushuncha

  2. Xotira jarayonlari Xotiradagi individual farqlar

  3. Mnemotexnika hotirani rivojlantirish tizimini tahlil qilish



Tayanch iboralar


Amneziya (lot. A - inkor etish, mnesus - xotira) - miyaning turli qismlarining jarohatlanishi natijasida xotiraning yo’qolish holati.
Assosiasiya (lot. associatio - birlashtirmok) - psixik hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanish, u ma'lum qonunlar bo’yicha tarkib topadi (jumladan, fazodagi yondoshlik, xronologik o’xshashlik, qarama - qarshilik va b.).
Mantiqiy xotira - xotira turlaridan, materialni ma'no tomondan o’zaro bog’langan holda tushunib esda qoldirishga asoslanadi.
Mexanik xotira (yunon. Mechane - qurol, mashina) - materialning ma'nosiga tushunmagai holda
takrorlashdan iborat xotira.
Operativ xotira (lot. oreratio - harakat) - xotira turlaridan biri. By ma'lum faoliyatni bajarish jarayonida ifodalanadi, uzoq muddatli xotiradan vaqtincha foydalanadi.
Paramneziya (yunon. rara - oldida, yonida mnosis - eslash) - sodir bo’layotgan voqealarning qachonlardir boshdan kechirilgandek bo’lib tuyulishidan iborat xotira kasalligi.
Proaktiv tormozlanish (lot. proaktivus - o’ta faol. yunon. tormoz) - avvalgi faoliyatning qayta - qayta kun takrorlanishi natijasida keyingi materiallarni esga tushirishning yomonlashuvi.
Reminissensiya (lot. reminiscentia - eslamoq) - avval unutilgan deb hisoblangan materiallarning keyinchalik esga tushishidan iborat xotira jarayoni, ya'ni vaqtinchalik unutish
holati.
Retroaktiv tormozlanish - (lot. Retru - orqaga, activus - faol, harakatchan) - oldin eslab qolingan materiallarni keyingi faoliyat ta'sirida vaqtincha unutish.
Tanib olish - oldin esda qoldirilgan narsalarni qayta idrok qilish orqali obraz tariqasida esga tushirishdan iborat xotira jarayoni.
Uzoq muddatli xotira - xotira turlaridan. Bu bilimlarni, shu bilan birga ko’nikma va malakalarni uzoq vaqtgacha esda saqlashni ta'minlaydi, hamda g’oyat ko’p hajmdagi axborotni esda tutish bilan xarakterlanadi.
Unutish - oldin esda olib qolingan ma'lumotlarni keyinchalik qayta esga tushira olish imkoniyatining yo’qligi jarayoni.
Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo’lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon.
Esga tushirish - xotira jarayonlaridai biri, buning natijasida oldin esda olib qolingan bilimlarni faollashtirish yuzaga keladi.
Esda olib qolish - yangi qabul qilingan axborotlarni oldin egallangan bilim va tajribalar bilan bog’langan holda esda saqlashga qaratilgan psixik faoliyat.
Qisqa muddatli xotira - qisqa muddatga esda qoldirish ta'minlaydigan xotira
turi.
Yüklə 6,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin