Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 9
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
401
w
www.oriens.uz
October
2021
KIRISH
Investision faoliyatda erishilgan aniq yutuq va muvaffaqiyatlarning keng va
atroflicha tahlili, shu asosdagi muhim amaliy xulosalar, kelgusida e’tibor
qaratishimiz lozim bo‘lgan eng dolzarb masalalar orasida mamlakatimiz
taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari va rivojlanish dasturlarini belgilashda, albatta,
asosiy e’tibor xorijiy investisiyalarga qaratilayotganligini ta’kidlash kerak.
Investision jozibadorlikni oshirish orqali quyidagilarga erishish mumkin:
- iqtisodiyotga milliy va xorijiy investisiya kirishi faollashadi, undan to‘g‘ri
foydalanish natijasida real sektorga zamonaviy va resurs tejamkor texnika-
texnologiya olib kelinadi, mavjudlari modernizatsiya qilinadi va tannarxi nisbatan
past raqobatbardosh, exportga va milliy bozorga mo‘ljallangan tovar ishlab
chiqariladi;
- milliy va xorijiy investisiyadan foydalangan xolda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish singari
tarmoqlarda ishlab chiqarishni rivojlantirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish
joylari bilan ta’minlaydi;
- mamlakatda yangi tadbirkorlik sub’ektlarini shakllantirish va shu orqali ichki
bozorda raqobat muxitini yaxshilash, axolini sifatli va arzon maxsulotlar bilan
ta’minlash imkoni bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: