Xorazm viloyatining mamuriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 176 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü176 Kb.
#114451
1   2   3
Xorazm viloyatining mamuriy hududiy tarkibi va ijtimoiy iqtisodi

Shaharlari.  Urganch viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazidir. Sha harda oziq-ovqat sanoati ahamiyatiga ko‘ra yengil sanoatdan keyingi o‘rinda turadi. Shahar elektr energiyani Taxiatosh IES va Tuyamo‘yin GESdan oladi. Shaharning shimoliy qismida, asosan, turar joy binolari, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalar, janubiy qismida esa ishlab chiqarish korxonalari joylashgan. Shaharda Urganch davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasining filiallari bor. 

Xiva viloyatdagi qadimiy, milliy me’morchilik yodgorliklariga boy shahardir. Xiva badiiy hunarmandchilikning muhim markazidir. Bu yerda yog‘och va toshlarga naqsh solish, zargarlik, naqqoshlik, kashtachilik, miskarlik va kulolchilikdagi ajoyib mahorat avloddan avlodga o‘tib kelmoqda. Xiva mashhur o‘zbek matematigi, astronomi va geografi Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning vatanidir.


Hududiy boʻlinishi





Tuman nomi

Tuman markazi

1

Bogʻot tumani

Bogʻot

2

Gurlan tumani

Gurlan

3

Xonqa tumani

Xonqa

4

Hazorasp tumani

Hazorasp

5

Xiva tumani

Xiva

6

Qoʻshkoʻpir tumani

Qoʻshkoʻpir

7

Shovot tumani

Shovot

8

Urganch tumani

Qorovul (qishloq)

9

Yangiariq tumani

Yangiariq

10

Yangibozor tumani

Yangibozor (Yangibozor tumani)

11

Tupproqqalʼa tumani

Pitnak

Qadimda Xorazmda yashovchi oʻzbeklar qabilalari bir necha etnik guruhlar boʻlib, ular Abulgʻoziy Bahodirxon (1643-64) tomonidan 4 guruh (toʻp)ga boʻlingan. Har bir guruhga 2 qabila (1 guruhga uygʻur va nayman, 2 siga qoʻngʻirot va qiyot, 3siga nukuz va mangʻit, 4siga qangʻli va qipchoqlar) birlashtirilgan. Shuningdek, bir necha qabila qoldiqlari (jaloyir, kenagas, doʻrmon, yuz, ming, shix, katagon) va ayrim etnik guruxlar (alieli, xoʻjaeli va. sayidlar) mavjud boʻlgan. Amudaryodan suv oladigan kanallar va sugʻoriladigan yerlarning katta qismi shu qabila va urugʻlarga taqsimlab berilgan va ular astasekin oʻtroqlashib, dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Qolgan guruxlar Xorazmda juda kam boʻlib (bular qoʻngʻirotlar va boshqalar) viloyatning Gurlan va Shovot tumanlari, mangʻitlar Gurlan tumani va Shovot tumani (AnbarManaq)da, qiyotlar Shovot tumanida, qipchoqlar Urganch, Shovot va Qoʻshkoʻpir tumanlari, doʻrmonlar Urganch va Shovot (Anbar Manaq) tumanlarida, xidireli Urganch va Xivada, tama Xonqa va Bogʻot tumanlarida joylashgan.

Yüklə 176 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin