Xolmatova Iroda Shavkatovnaning



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə27/34
tarix02.01.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#44992
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Xolmatova

Fizik xossalari. Ular odatdagi sharoitda oq kumush rang metallardir.

Kimyoviy xossalari. Faolligi jihatidan lantanoidlar ishqoriy- yer metallariga yaqin turadi. Ular kislotalarda eriydi. Suv bilan ta’sirlashadi. Odatdagi sharoitda oson oksidlar hosil qiladi.

Ular yuqori haroratda galogenlar bilan ta’sirlashadi. Lantanoidlarning oksidlari, ftoridlari, sulfidlari suvda qiyin eriydigan va qiyin suyuqlanadigan birikmalardir.

Bu metallar xossalari bir-biriga juda yaqin bo‘lgani uchun ularni toza holda ajratib olish ancha mushkul.

Ishlatilishi. Bu metallar rangli metallar olishda, elektron asboblar yaratishda, po‘lat ishlab chiqarish va akkumulatorlar tayyorlashda qo‘llanilishi ma’lum. Aluminiy va magniyga lantanoidlar qo‘shilishi ularni yuqori haroratda chidamli bo‘lishiga olib keladi.

Aktinoidlar. Bu elementlar aktiniydan keyin keladigan o‘n to‘rtta f elementlardir. Bu elementlarda ham tashqaridan uchunchi elektron qobiq’ini elektronlarga to‘lishi kuzatiladi (5f). Bu elementlar kimyoviy xossalardagi o‘xshashlik ularning tashqi qavatidagi elektron tuzilish bir xilligidan kelib chiqadi. Aktinoidlar lantanoidlardan oksidlanish darajasi har xilligi bilan farq qiladi.

Aktinoidlarning barchalari +3 oksidlanish darajasiga ega. Bu jihatdan ular lantanoidlarga o‘xshab ketadi. Th, Pa, U, Np (III) holatda ancha kuchli qaytaruvchilardir. Ular eritmada oson oksidlanadi.

Aktonoidlarning(III) gidroksodlari asoslik xossaga ega, lekin suvda kam eriydi. Ular kislotalar bilan oson ta’sir etadi.

Aktinoidlar uchun (IY) birikmalar ham ko‘p uchraydi. Th, Pu, Pa, U, Np,Am va Cm (Kuriy) uchun ana shunday birikmalar ko‘p. Bu elementlarning oksidlari qiyin suyuqlanuvchan va suvda erimaydigan moddalardir. Ular hatto kislotalar bilan ham ta’sirlashmaydi. Ishqorlarning suyuqlanmalarida ham erimaydi. Me(OH)4 birikmalari kuchsiz asosli xossalarga ega. Aktinoidlar tuzlari tarkibida 4 - 12 molekula suv ushlaydi. MeF4 suvda qiyin eriydigan qiyin suyuqlanuvchi birikmalarga kiradi. ThCl4, UCl4, PaCl4, NpCl4 birikmalar olingan. UBr4 va UI4ham ma’lum.

Aktinoidlar ichida +5 birikmalar Pa, Np va Pu da uchraydi. Bu birikmalarda asoslik xossalar kuchli.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin