Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan xar bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi.
Xo’jalik mablag’lari va ularning manbalari haqida so’zlang
Korxona mablag’larini tashkil topish manbalari va qanday maqsadlarga mo’ljallanganligi ularni ushbu korxonaga kelib tushish darajasiga qarab amalga oshiriladi. Mablag’lar manbalarining tusi mulkchilikning shaklini aks ettiradi. Korxonalar eng avvalo o’zining butun yashash davri uchun umumdavlat jamg’armasidan yoki o’zlarining muassislaridan, banklardan, boshqa korxona, tashkilotlardan vaqtinchalik foydalanish uchun mablag’lar oladi.
Shunday qilib, korxona mablag’larining tashkil topish manbalari qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga qarab quyidagi guruhlarga bo’linadi: o’z va jetdan jalb qilingan mablag’lar manbalari.
O’z mablag’lari manbalari davlat korxonalarida, foliyatining hamma davrida beriladi va unga biriktirib qo’yiladi.
O`z mablag`lariga quyidagilar kiradi:
Chetdan jalb qilingan mablag`larga quyidagilar kiradi:
Bank kreditlari
Kreditorlik qarzlari
Moliyaviy hisob tamoyillari
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan bog’liq bo’lmagan hisob siyosatidagi o’zgarishlarning oqibatlari buxgalteriya hisobi yuritishda o’zgartirilgan omillarning qo’llanilish kuni (oyning birinchi sanasi)dan sub’ekt tomonidan tekshirilgan qiymat ko’rinishida baholanishi kerak.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish siyosati 1-son BHMAning 16-50 bandlarida va
«Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishning kontseptual asoslari»da keltirilgan asosiy tamoyillarga asosan aniqlanishi mumkin:
• hisoblash tamoyili;
• ikki yoqlama yozish usuli;
• uzluksizlik;
• xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning puldagi bahosi;
• ishonchlilik;
• ehtiyotkorlik;
• mazmunning shakldan ustunligi;
• ko’rsatkichlarning qiyosiyligi;
• moliyaviy hisobotning betarafligi;
• aktivlar va passivlarning aniq bahosi;
• hisobot davri daromad va xarajatlarining mosligi;
• tushunarlilik, oddiylik;
• ahamiyatlilik;
• muhimlik;
• haqqoniy, xolis taqdim etish;
• tugatilganlik;
• izchillik;
• o’z vaqtidalik;
Hisoblash qoidasi. Hisoblash qoidasiga asosan aktivlar, passivlar, o’z kapitali, daromadlar, xarajatlar, xo’jalik muomalalari va hodisalar sodir etilgan paytda buxgalteriya hisobida ko’rsatiladi, ular bo’yicha pul mablag’lari yoki ularning ekvivalenti olingan yoki to’langan vaqt bundan mustasno.
Buxgalteriya yozuvlari hisobda hisoblash tamoyilidan foydalanilgan holda, xo’jalik muomalalarining sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Bu tamoyilga muvofiq, mahsulot xaridorga berilgandan keyingina realizatsiya qilingan hisoblanadi, ya’ni yuklangan (tushirilgan) mahsulotning qiymati realizatsiyadan olingan tushum hisoblanadi. Ijara haqi o’zi to’lanishi lozim bo’lgan davrdagi xarajat sifatida ijarachining buxgalteriya registrlarida mos ravishda aks ettirilishi lozim. Shunday qilib, hisoblash tamoyili sub’ektning daromadlari va xarajatlari tegishli bo’lgan kelib tushish sanasidan qat’iy nazar, hisobot davrida aks ettirilishini bildiradi.
Moliyaviy hisobot, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotdan tashqari, hisoblash qoidasi asosida tuziladi.
Ikki yoqlama yozish usuli. Ikki yoqlama yozish usuli bilan hisob yuritish qoidasi xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya muomalalarini ikki yoqlama yozish tizimi asosida yuritish kerakligini bildiradi. Ikki yoqlama yozish tizimi bir xil muomala bo’yicha aynan bir xil summani buxgalteriya hisobining ikki hisobvarag’ida – birining debeti va boshqasining kreditida aks ettirilishidan iborat bo’ladi.
Uzluksizlik. Uzluksizlik tamoyili buxgalteriya hisobini yuritish muddati xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’rsatish muddatiga mos kelishi kerakligini, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ektda buxgalteriya hisobi uni tugatish yoki bankrot bo’lguniga qadar olib borilishi kerakligini bildiradi. O’z faoliyatini tugatgan kundan boshlab xo’jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobini yuritishni taqozo qilmaydi.
Xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlarning pul bahosi. Barcha xo’jalik muomalalari, aktivlar va passivlar yagona pul birligida baholanishi kerak. Bu korxona mulkini, uning majburiyatlarini baholash, har xil iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun boshqa sub’ektlar faoliyatining o’xshash ko’rsatkichlari bilan taqqoslash uchun zarurdir.
O’zbekiston Respublikasida so’m va uning tarkibiy qismi – tiyin pul o’lchovi bo’lib hisoblanadi.
Ayni vaqtda, agar resurslar, majburiyatlar va kapital chet el valyutasi ekvivalentida sotib olingan yoki kiritilgan bo’lsa, u holda tahliliy hisobda chet el valyutasi hisobini yuritish uchun zarur.
Ishonchlilik. Axborotda jiddiy yoki oldindan o’ylab kiritilgan xatolar bo’lmasa va foydalanuvchilar unga ishonsalar, u ishonchli hisoblanadi. Xo’jalik muomalalari ishonchliligini birlamchi hisob hujjatlari tasdiqlaydi.
Moliyaviy hisobotlar hamda hisob registrlaridagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun javobgarlik hisobot shakllari va boshqa moliyaviy ma’lumotlarni tuzgan va imzolagan shaxslar zimmasiga yuklanadi.
Ehtiyotkorlik. Ehtiyotkorlik tamoyili moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarning orttirilgan bahosi hamda majburiyatlar yoki xarajatlarning bahosini pasaytirib ko’rsatilishiga yo’l qo’ymaslikni anglatadi. Ushbu tamoyilni qo’llash yashirin zahiralarni hosil qilish yoki orttirilganligini ta’minlash aktivlar va daromadlarni, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab pasaytirib yoki orttirib ko’rsatish huquqini bermaydi.
Mazmunning shakldan ustunligi. Bu tamoyil, agar axborot ishonchli bo’lsada, lekin yuridik jihatdan noto’g’ri shaklda taqdim etilgan bo’lsa va qaror qabul qilish uchun zarur bo’ladigan barcha ma’lumotlarni o’zida aks ettirsagina qo’llaniladi. Bunday hujjat ma’lumotlar qanday shaklda taqdim etilishidan qat’iy nazar hisobga olinishi kerak.
Ko’rsatkichlarning qiyosiyligi. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo’lishi uchun axborot har xil hisobot davrlari bo’yicha qiyosiy bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotda barcha qiyosiy axborotni avvalgi davrga nisbatan hamma ma’lumotlar bo’yicha yoritish zarur.
O’tgan davr moliyaviy hisobotida sharhlangan va yozma joriy hisobot davri uchun taqdim etilgan hamda yangilangan bo’lishi kerak, bu joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolis taqdim etilishi uchun zarur bo’lsagina amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisobotning betarafligi. Moliyaviy hisobotda keltirilgan axborotlarning ishonchliligini ta’minlash uchun ular xatolardan xolis va mustaqil bo’lishi, ya’ni foydalanuvchilardan qat’iy nazar moliyaviy axborotlarning bir xil ko’rinishda taqdim qilinishini ta’minlashi kerak.
Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi. Aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy baholash sharti ularning haqiqiy tannarxi yoki sotib olingan narxi baholashning asosi bo’lishini nazarda tutadi. Hisobot davri daromadlari va xarajatlari mosligi. Hisobot davri daromadlari va xarajatlari mosligi faqat ushbu hisobot davrida daromad olishni ta’minlagan xarajatlar aks ettirilishini bildiradi. Agar ayrim ko’rinishdagi xarajatlar va daromadlarning bevosita bog’liqligini aniqlash qiyin bo’lsa, xarajatlar bir necha hisobot davrlari orasida taqsimotning biron-bir tartibi asosida taqsimlanadi.
Tushunarlilik. Moliyaviy hisobotlarda berilayotgan axborot foydalanuvchilar uchun oddiy va tushunarli bo’lishi kerak. Natijada foydalanuvchilarga moliyaviy hisobotlarni o’qiy olish talabini qo’yadi.
Ahamiyatlilik. Moliyaviy axborotlar foydalanuvchilar qarorlar qabul qilish jarayonida yordam berishi va muomala moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga taalluqli voqealari baholashda yordam berish ehtiyojlarini qondirishda ahamiyatli bo’lishi kerak.
Muhimlik. Agar axborotning muhimligi uni o’tkazib yuborganida yoki noto’g’ri tasavvur qilinganda, moliyaviy hisobotlar asosida axborotdan foydalanuvchilar tomonidan iqtisodiy qarorlar qabul qilishlariga ta’sir etsa, axborot muhim hisoblanadi.
Muhimlik tamoyiliga ko’ra moliyaviy hisobotlarda hamda tushuntirish xatlarida bitta moddada boshqa uncha muhim bo’lmagan bir xil tipdagi moddalarning summasi aks ettiriladi.
Haqqoniy va xolis taqdim etish. Moliyaviy hisobotlar foydalanuvchilarning turlaridan qat’iy nazar, sub’ektning moliyaviy holati, muomalalar natijalari, pul mablag’lari harakati haqida haqqoniy, xolis tasavvur hosil qilishi kerak.
Tugatilganlik. Ishonchlilikni ta’minlash maqsadida moliyaviy hisobotdagi axborot to’liq va tugatilgan bo’lishi kerak, ya’ni hisobot tuzish sohasida joriy davrdagi hamma muomalalar hisobga olinishi va buxgalteriya yozuvlari amalga oshirilishi va tugatilishi shart.
Izchillik. Foydalanuvchilar xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy ahvolidagi o’zgarish yo’nalishlarini aniqlash uchun turli davrlardagi hisobotlarni qiyoslash imkoniyatlariga ega bo’lishlari kerak.
Moliyaviy hisobot bandlarini taqdim etish va tasniflash, agar xo’jalik yurituvchi sub’ektning muomalalari mohiyatidagi va hisobotdagi shakllarni tahlil qilish tartibi yoki qonunda va atrof-muhitdagi jiddiy o’zgarishlar hisobotni taqdim etish turlarini o’zgartirish lozimligini taqozo etmasa, u holda davrdan-davrga saqlanib qolishi lozim.
O’z vaqtidalik. Ma’lumot o’z vaqtida taqdim etilsagina, foydalanuvchilar uchun foydali hisoblanadi. Moliyaviy hisobot tuzilgan kundan keyin foydalanuvchilar ixtiyoriga belgilangan muddatda etkazib berilmasa, moliyaviy hisobotlarning foydaliligi pasayib ketadi. Hisobot ma’lumotlari asossiz kechiqtirilsa, u o’z ahamiyatini yo’qotgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |