Oqova suvlarini oqizish tuzumi va tizimlari. Iste’molchilarni kerakli miqdorda va talab qilingan sifatda suv bilan ta’minlovchi bir-biri bilan bog‘langan inshootlar majmuasiga suv ta’minoti tuzumi deyiladi.
Qanday inshootlar kerakligi tabiat suvi sifatiga va iste’molchilarning talabiga qarab tanlanadi. Suv ta’minoti tuzumini o‘zi bir qancha ko‘rsatkichlarga qarab har-xil turlarga bo‘linadi.
Suv ta’minotini qanday maqsadlar uchun qurilishiga qarab
Ichki xo‘jalik suv ta’minoti, bunda suv aholini ichishi, xo‘jalik extiyojlarida foydalanishi uchun, ko‘cha va maydonlarni obod qilishda suv sepish va ko‘katlarni sug‘orish uchun ishlatiladi. Bu suvni sifat ichimlik suvga qo‘yilgan talablarga javob berishi kerak
Ishlab chiqarish suv ta’minoti, bunda suv ta’minoti har-xil ishlab chiqarish korxonalari extiyoji uchun quriladi. Suv sifati shu korxonalar talabiga muvofiq aniqlanadi.
Yong‘inni o‘chirish suv ta’minoti, bunda suv yong‘inni o‘chirish uchun ishlatiladi. Yuqorida keltirilgan suv ta’minoti turlari hammasi aloxida qurilishi mumkin yoki ikkitasi birlashtirgan bo‘lishi mumkin. Masalan shaharlarda ichimlik-xo‘jalik suv ta’minoti yong‘inni o‘chirish suv ta’minoti bilan birlashtiriladi. Ishlab chiqarish suv ta’minoti aloxida qurilishi mumkin yoki ichimlik – xo‘jalik suv ta’minoti bilan birlashtirilgan bo‘lishi mumkin.
Tabiat suv manbalaridan foydalanishiga qarab suv ta’minoti tuzumlari yer usti suv manbalaridan suv oluvchi tuzumlarga, yer osti suv manbalaridan suv oluvchi tuzumlarga, ham yer usti va yer osti suv manbalaridan suv oluvchi aralash tuzumlarga bo‘linadi.
Suvni iste’molchilarga berilishiga qarab suvni: markazlashgan, markazlashmagan va aralash tuzumlarga bo‘linadi.
Oqova suvlarning ifloslik konsentratsiyasini topish Loyihada oqova suvlarning ifloslik konsentratsiyasi quyqa moddalar va BPK bo‘yicha topiladi. BPK (KBXT)–bioximicheskaya potrebnost v kislorode (kislorodga bo‘lgan bioximiyaviy talab).
a) Kommunal ro‘zg‘or oqava suvlarning quyqa moddalar bo‘yicha ifloslik konsentratsiyasi :
BPK bo’yicha:
bu yerda,
n – oqova suv me’yori;
a – sutkada bir kishiga to‘g‘ri keladigan quyqa moddalar bo‘yicha iflosliklar miqdori,
a – 75 gr/sut (QMvaQ 2.04.03-19);
b – sutkadka bir kishiga to‘g‘ri keladigan BPK bo‘yicha iflosliklar miqdori,
b – 40 gr/sut (QMvaQ2.04.03-97)
5 jadval
Ifloslik nomi
Bir kishiga bir kunda to‘g‘ri keluvchi ifloslik miqdori g/sut