3 .2 rasm Mahsulotni sotish va sotib olishda muhim ko’rsatgichlar4
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar
Tayyorlash texnologiyasi
Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi
Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi
Tashishga va saqlashga yaroqliligi
Ekologik xususiyatlari
Ergonomik xususiyatlari
Estetik xususiyatlari
Xavfsizlik ko‘rsatkichlari
3.3.rasm Marketing unsurlari5
Bozor tizimi iste’molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib beruvchilarga topshiradi va ulardan qoniqarli javob olishni kutadi. Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati, deb ataladi. Aynan shu sababli ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.