Xirurgik infeksiyalar tushishini oldini olish asepmika va antiseptika



Yüklə 51 Kb.
səhifə4/4
tarix24.04.2023
ölçüsü51 Kb.
#101912
1   2   3   4
xirurgik infeksiyalar tushishini oldini olish. asepmika va antiseptika

Metastatik abssesslar – o’tkir kechadi. Mikroblar birlamchi o’choqlardan qon va limfa orqali parenximatoz a’zolarga: taloq, bosh miya, oshqozon va ichaklarga tarkaladi va u yerda metastatik abssesslar rivojlanishini chaqiradi. Bunday abssesslar ko’pincha metastazli sepsisda kuzatiladi.
Skipidarli abssess – bunday abssessning yiringida mikroblar bo’lmaydi. Boshka holatda uning ichiga tananing barcha joylaridan mikroorganizmlar to’planadi. Buning uchun skipidarli abssessni yana fiksasion deb ataydilar va ayrim hollarda uni davolovchi usul shaklida qo’llaydilar.
Flegmona – nekroz jarayonlari yiringli jarayonlardan ustun kelgan holda, teri osti klechatkasi va boshka to’qimalarning chegaralanmagan o’tkir yiringli yoki chirish bilan kechadigan yallig’lanish jarayonlariga flegmona deb aytiladi.
Tasniflanishi – birlamchi flegmonalar yuqumli kasallikni chaqiruvchi mikroblar bilan zararlangan jarohatlar va shikastlanishlarda, ochiq suyak sinishlarda rivojlanadi. Ikkilamchi flegmona esa o’tkir yiringli infeksiya natijasida (xuppoz, yiringli artrit, osteomiyelit) va infeksiyaning “uyqudagi” shaklining jonlanishida hosil bo’ladi.
Flegmonalar to’plangan ekssudatga qarab quyidagilarga bo’linadi: yiringli, yiringli–gemorragik, chirituvchi va gaz hosil qiluvchi flegmonalar. Topografik joylashishiga qarab: teri osti, subfassial, mushaklararo va g’ilofli flegmonalarga bo’linadi.
Yiringli flegmona – eng ko’p uchraydi va asosan streptokokklar tasiri natijasida hosil bo’ladi. Xarakterli belgilaridan biri – yiringli abssesslar rivojlanib yorilgandan so’ng o’rinlarida cho’ntaklar va o’yiqlar qoladi. Vaqtida va to’liq davolanmasa bu jarayon sepsisga aylanishi mumkin.
Teri osti flegmonasi – ko’pincha seroz va yiringli flegmona shaklida kechadi. Flegmonada hosil bo’lgan shish yaqqol ko’zga tashlanib, usti tarang tortilgan bo’ladi. Abssesslar paydo bo’lgan joyda fluktuatsiya seziladi.
Fassiya osti flegmonasi – teri osti flegmonasidan og’irroq kechadi va bunda to’qimalar ko’p miqdorda nekrozga uchraydi. Flegmonozli shish yaxshi shakllanmaydi chunki asosiy o’zgarishlar fassiya ostida kechadi. Hosil bo’lgan yiring fassiya qavatlari buylab yoki mushaklar, paylar orasidan suyaklar tomon harakatlanadi. Kuchli og’rik va granulatsion to’siqning juda sekin hosil bo’lishi mikrob toksinlarini organizmga so’rilishini kuchaytiradi va organ faoliyatini yomonlashtiradi. O’z vaqtida operatsiya qilinmasa bunday flegmona sepsisga aylanishi mumkin.
G’ilofli (futlyar) flegmona – fassiya osti flegmonasining bir turi bo’lib, u chuqur, bir nechta fassiyalar ostida joylashadi va shu tufayli yallig’lanish jarayoni e’tiborsiz qolishi mumkin. Kuchli og’rik seziladi, a’zoning faoliyati to’liq buziladi. Fassiyali g’ilof ichidagi mushaklar, qon tomirlar, nervlar yemiriladi, natijada falaj, qon quyilishlar kuzatiladi.
Mushaklararo flegmona – chuqur, sanchilgan, ezilgan jarohatlar, ochiq suyak sinishlari, osteomiyelit, bo’g’imlarning yiringli yallig’lanishlarida hosil bo’ladi. Bo’yin, yag’rin va sonning orqa qismlarida mushaklararo flegmona juda og’ir kechadi. Mushaklararo flegmona mushaklar orasidan qon va limfa tomirlarining yunalishi buylab tarqaladi. Masalan: sag’ri sohasi flegmonasi son va hatto sakrash bo’g’imigacha tushib kelishi mumkin.
Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin