Xayol reja: Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha. Xayol turlari va jarayonlari. Xayol va ijodkorlik. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi



Yüklə 112,5 Kb.
səhifə4/6
tarix17.10.2023
ölçüsü112,5 Kb.
#156477
1   2   3   4   5   6
6mavzu

Xayol jarayonlari - Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o’tmish tajribalari bilan belgilanadi.
Agglyutinatsiya – «elimlash» degan ma’noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog’iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar.
Giperbolizatsiya – obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o’zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon obrazlari kabilar.
Tizimlashtirish – o’xshatish orqali ayrim tasavvurlarni ular orasidagi farqlarni silliqlash; tipiklashtirish-bir xil obrazlarni qaytarilishi bo’lib, har bir davr uchun tipik bo’lgan obrazlarni yaratish Masalan: A.Kahhor hikoyalari («O’g’ri», «Bemor») A.Qodiriy («O’tgan kunlar») romani kabilar.
Aktsentlashtirish – ayrim belgilarni ta’kidlash orqali obrazlar yaratish Masalan: o’rtoqlik hazillari. Aktsentlashtirish badiiy adabiyotlarda juda ko’p qo’llaniladi.
YUqoridagi xayol jarayonlari orqali yaratiladigan obrazlar analiz va sintez jarayonida ro’y beradi. CHunki har bir narsani yoki hodisani avval analiz (tahlil) qilib ko’riladi, keyin ularni sintez (birlashtirish) qilish orqali yangi obrazlar hosil qilinadi.
Xayol jarayonida xayol tasavvurlarining xotira tasavvuridan farqi muhim ahamiyatga ega.

  • Xayol tasavvurlari ongda paydo bo’ladi va barqaror bo’ladi.

  • Xotira tasavvuridagi narsa doimo tanish narsadek his qilinadi. Xayol tasavvurlari esa yangilikni his qilish tuyg’ularini beradi.

  • Xayol tasavvurlari insonning qiziqish va ideallari bilan bog’liq bo’lgani sababli yangilikni his qilish tuyg’ulari oqibatida vujudga keladi. [2]

I


12.3. Xayol va ijodkorlik
jodiy jarayonda xayolning tutgan o‘rniga ortiqcha baho berish qiyin. Ijod barcha psixik jarayonlar, shuningdek, xayol bilan ham uzviy bog‘langan
. Xayolning rivojlanganlik darajasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari ijodkorlik uchun tafakkur rivojlanganligi darajasidan kamroq ahamiyatga ega emas.
Ijodkorlik psixologiyasi uning aniq turlari: kashfiyotchilik, ilmiy, adabiy, badiiy va boshqalarda namoyon bo‘ladi. Ijodkorlik imkoniyati inson qobiliyatlari bilan mustahkamlangan bilimlari bilan ta’minlanadi, va insonning sobitqadamligi bilan rag‘batlantiriladi. Ijodkorlikning muhim sharti ijodiy faoliyatga emotsional tus beruvchi ma’lum kechinmalarning mavjudligi hisoblanadi.[1]
Ma’lum bir insonga ijod qilish imkoniyatini yaratuvchi , boshqalardan esa bu imkoniyatni darig‘ tutuvchi nima ekanligi haqidagi masala mashhur olimlarni o‘tmishdan qiynab keladi. Xuddi shunday, fransiyalik psixolog T. Ribo tomonidan asoslab berilgan ijodiy jarayonda algoritmlashtirish va uni o‘qitishning imkoniyati mavjud emasligi haqidagi nuqtai nazariuzoq vaqt hukmron fikr hisoblangan. Uning yozishicha: «Kashf etish metodlari»ga keladigan bo‘lsak, haqiqatda ular mavjud emas, buning aksi bo‘lganida edi, u holda kashfiyotchini hozirda mexanik va soatsozlarni ishlab chiqargandek, ishlab chiqarish mumkin bo‘lar edi»1. [3] Lekin asta-sekin bu nuqtai nazar shubha ostiga olina boshladi. Birinchi o‘ringa ijodkorlikka bo‘lgan qobiliyatni rivojlantirish mumkinligi gipotezasi ko‘tarildi.
Ingliz olimi G. Uolles ijodiy jarayonni tadqiq etishga harakat qilib ko‘rdi. Natijada u ijodkorlikda to‘rt bosqichni ajratishga muvaffaq bo‘ldi, bular: I – tayyogarlik (g‘oyaning yaratilishi); II – etilish (ushbu muammoga bevosita va bilvosita tegishli bo‘lgan bilimlarni konsentratsiyalash, «to‘plash»); III – birdan eslash (izlanayotgan narsani ichki sezgi orqali ilg‘ab olish); IV – tekshirish.[2]
G.S. Altshuller ijodiy masalarni hal qilishning yaxlit nazariyasini ishlab chiqdi. U ijodkorlikning besh darajasini ajaratdi. Birinchi daraja masalalari ushbu maqsadga mo‘ljallangan vositalarni qo‘llash bilan hal etiladi. Bunda umumiy qabul qilingan va ma’lum bo‘lgan bir necha xil echimlarni fikran tanlab olish talab etiladi. Bunda ob’ektning o‘zi o‘zgarmaydi. Bunday masalalarni echish vositalari yagona tor mutaxassislik doirasida bo‘ladi. Ikkinchi darajali masala ob’ekt ko‘rinishini zarur samaraga ega bo‘lish maqsadida bir muncha o‘zgartirishni talab etadi. Bunda bir necha o‘nlab variantlarni tanlash mumkin. Bunday masalalarni echish vositalari bir soha bilimlariga tegishli bo‘ladi. Uchinchi daraja masalalarining to‘g‘ri echimi yuzlab noto‘g‘ri echimlar orasida yashiringan bo‘ladi, chunki takomillashtirilayotgan ob’ekt jiddiy o‘zgartirilishi zarur. Bu daraja masalalarning echish usullarini o‘xshash soha bilimlarida izlashga to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi daraja masalalarini echishda takomillashtirilayotgan ob’ekt to‘laligicha o‘zgartiriladi. Odatda, bunday masalalarning echimi fan sohasining kam uchraydigan ta’sir va hodisalar orasidan izlanadi. Beshinchi daraja masalalarini hal etishga takomillashtirilayotgan ob’ekt tuzilishini o‘zgartirish bilan erishiladi. Bunda tadqiqotlar va xatoliklar soni ko‘p karra oshadi, vositalar esa hozirgi zamon fani imkoniyatlari doirasidan tashqarida bo‘lishi mumkin. SHuning uchun, avvalo, kashfiyotni amalga oshirib, so‘ngra yangi ilmiy ma’lumotlarga tayangan holda ijodiy masalaning echimini topish zarur.
Altshuller fikriga ko‘ra, ijodiy masalalarni hal etishning muhim usullaridan biri ularni yuqori darajalardan quyilariga ko‘chirishdir.[1]
SHunday qilib, yuzaga kelgan obrazlarning tuyulayotgan engilligi, ixtiyoriyligiga qaramasdan, xayolda voqelikni ijodiy o‘zgartirish o‘z qonunlariga bo‘ysunadi va ma’lum usullar bilan amalga oshiriladi. YAngi tasavvurlar ongda mavjud bo‘lganlar asosida tahlil va umumlashtirish operatsiyalari yordamida yuzaga keladi. Oqibatda, xayol jarayonlari boshlang‘ich tasavvurlarning fikran tarkibiy qismlarga ajratish va ularni yangi uyg‘unlikda birlashishidan iborat bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, ijodiy jarayon xayol oddiy obrazlarining shakllanishida ishtirok etadigan xuddi o‘sha mexanizmlarga tayanadi.
X



Yüklə 112,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin