44
bosh rolga faol bolalar bilan birga uyatchang va tortinchoq bolalarni
xam jalb etish;
ixtiyoriy tanlov asosida rol taqsimlash (bolalar tarbiyachi qo‘lidan
personajlarning nomi yozilgan ixtiyoriy kartochkani tanlaydilar);
hamma bolalar tomonidan tomosha qahramonlarini navbat bilan
almashib ijro etish.
Bolalarni «muntazam ishtirok etuvchi» va rol ijro etuvchilarni «muntazam
tomosha qiluvchi», ya’ni «ishtirokchi va tomoshabin» kabi guruhlarga bo‘linib
qolishi qat’iyan man etiladi. Mashg‘ulot davomida bolalarda sahnaga chiqishdan
qo‘rqish kabi tushunchalar paydo bo‘lishini oldini olish lozim. Shuning uchun
tarbiyachi bolaga biror qahramonni ijro etib berish yoki ko‘rsatib berish
topshirig‘ini berayotganda bolaning ichki imkoniyatlarini ham inobatga olishi
lozim. Buning uchun tarbiyachi oldida muhim ikki vazifa turadi:
Bolaning ichki kechinmalari, o‘y-hayollari nima bilan bandligini,
fikrlari qanchalik jiddiyligini tushunish, anglashga harakat qilish;
Bolaga o‘z imkoniyatlarini to‘la ko‘rsata olishga imkoniyat berish,
uning faolligini oshirish maqsadida unga alohida sharoit yaratish.
Shundan kelib chiqib, mazkur mashg‘ulotlarni o‘tkazishda har bir
bolaning amaliy faoliyati uslubiy jihatdan asoslangan bo‘lmog‘i lozim.
Dostları ilə paylaş: