Xarakteristikasini olish



Yüklə 286,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.05.2023
ölçüsü286,16 Kb.
#117933
4-tajriba ish1



4 - LABORATORIYA ISHI 
IDISHDAGI SUYUQLIK SATHINI BARQARORLASH SISTEMASINING O‘TISH
XARAKTERISTIKASINI OLISH 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomatik barqarorlash sistemasining tuzilishi va 
ishlashini o‘rganish, o‘tish xarakteristikasini olish. 
QO‘LLANILADIGAN JIHOZLAR: Ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi qalqovichli 
kameraning ishlash prinsipida ishlaydigan suv sathini avtomatik rostlash laboratoriya qurilmasi, 
sekundomer. 
UMUMIY MA’LUMOTLAR 
Boshqarilayotgan kattalikning o‘zgarishiga, ya’ni ishlash algoritmiga ko‘ra avtomatik 
sistemalar barqarorlovchi, dasturli, kuzatuvchi (taqlidiy) va o‘zi moslashuvchi sistemalarga 
bo‘linadi. 
Vaqt mobaynida topshiriiq signali o‘zgarmaydigan sistema barqarorlovchi sistema 
deyiladi. 
Vaqt mobaynida topshiriiq signali ixtiyoriy o‘zgaradigan sistema kuzatuvchi sistema
deyiladi. 
Vaqt mobaynida topshiriiq signali aniq bir qonuniyat asosida o‘zgaradigan sistema 
pragrommali boshqarish sistemasi deyiladi. 
Barqarorlovchi sistemalar boshqarilayotgan kattalikning talab qilinayotgan (belgilangan) 
qiymatini berilgan aniqlikda rostlab turush uchun xizmat qiladi. 
Sath deb texnologik apparatning ishchi muhit – suyuqlik yoki sochiluvchan jismlar bilan 
to‘ldirilish balandligiga aytiladi. 
Ishchi muhit sathi texnologik parametr hisoblanib, u haqdagi axborot texnologik 
apparatning ish rejimini nazorat qilish uchun, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish jarayonini 
boshqarish uchun zarur hisoblanadi. Sath o‘lchash vositalari sath o‘lchagichlar deb ataladi. 
Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathini o‘lchash texnologik jarayonlarni 
avtomatlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Sathni o‘lchash moddaning idishdagi miqdorini 
aniqlash va texnologik jarayonda ishtirok etayotgan ishlab chiqarish uskunasida sath holatini 
nazorat qilishdan iborat. 
Bu asboblar bilan idishdagi suyuqlik sathi o‘lchanadi. Asbobning 
sezgir elementa — qalqovich suyuqlik sirtida qalqib turadi (rasmda) va 
suyuqlik sathi balandligidagi o‘rni unga ta’sir qiladigan kuchlar 
muvozanatiga bog‘liq bo‘ladi. Arximed qonuniga muvofiq, qalqovich 
og‘irligi uning suyuqlikka botgan hajmidagi suyuqlik og‘irligiga teng 
bo‘ladi. Undan tashqari, qalqovichni o‘rab olgan suyuqlik ustidagi muhit 
havo bo‘lmay, zichligi ρ
0
ga teng bo‘lgan modda bo‘lsa, unda qalqovich 
hajmidagi bu modda og‘irligi ham qalqovichni pastga bosadi, uning 
suyuqlikka botishini oshiradi. 
x
S
g
g
Sh
x
F





)
(
)
(
0
0



const
g
S
=




G
x
Suyuqlik sathini masofadan o‘lchash uchun kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan, 
o‘zgarmas tokning 0 —5 va 0 —20 mA unifikatsiyalangan chiqish signaliga (UB-E tipli) yoki 20 
— 100 kPa havo bosimi mo‘ljallangan (UB-P tipli) qalqovichli sath o‘lchagichlarini qo‘llaniladi 
va qalqovichli sath o‘lchagichlarining sath o‘lchami diapazoni ushbu qatordan tanlanadi: 0 — 
0,25; 0,4; 0,6; 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,0; 10,0; 16,0 va 20 m. Aniqlik klassi 0,6; 1,0; 1,6 va 2,5 
bo‘lishi mumkin. Hisob-kitob operatsiyalari uchun sath o‘lchagichlari asosiy xatoliklari ± 1,0 
dan 10,0 mm gacha (GOST 13702 — 78) bo‘ladigan qilib tayyorlanadi. 
Agressiv suyuqliklar sathini o‘lchashda qalqovich korroziyabardosh materialdan 
tayyorlanadi. 


Qalqovichli sath o‘lchagichlardan katta zichlikka ega bo‘lgan (azot, neon va b.) 
suyuqlashtirilgan gaz sathini o‘lchashda ham, 32 MPa bosimda va 400°S gacha bo‘lgan 
temperaturada muhitni nazorat qilishda ham foydalaniladi. 
Qalqovichli sath o‘lchagichlar ma’lum afzalliklarga ega: qurilma sodda, o‘lchash 
diapazoni katta, aniqligi etarlicha katta, agressiv va qovushoq muhitlar sathini o‘lchash mumkin, 
o‘lchashning temperatura diapazoni keng. Ularni qo‘llanishni chegaralovchi kamchiliklari: 
idishda qalqovich borligi, metall ko‘p ketishi, kinematik qismlari borligi sababli etarli 
mustahkam emasligi, idishlarda bosim ostida sathni o‘lchash qiyinchiliklari. 
4.1-rasmda qalqovichli idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi sistemaning prinsipial 
sxemasi ko‘rsatilgan bo‘lib, u elektrodvigatel 1, suv nasosi 2, rezina naychalar bilan o‘zaro 
bog’langan ikkita chap 3 va o‘ng 4 suyuqlik solingan idishlar, qalqovich 5 va kontakt 6 dan 
iborat. Qalqovich richag orqali ulovchi kontaktlarga ta’sir qiladi. Buning natijasida suv nasosi 2 
ishga tushib chap idishdan suv o‘ng idishga naycha orqali o‘ta boshlaydi. O‘ng idishga suv 
sathini ko‘rsatib turuvchi shkala o‘rnatilgan. Idishdagi suv sathining o‘zgarishi tufayli qalqovich 
pastga yoki yuqoriga harakat qilib nasosni yurituvsi elektrodvigatelning ishlashini kontaktlarni 
ulash yoki uzish yo‘li bilan boshqarib turadi. Nasos ishlamay turganda o‘ng idish chap 
tomondagiga nisbatan yuqoriroq joylashganligi sababli suv o‘ng idishdan naycha orqali chap 
idishga oqib o‘ta boshlaydi va o‘ng idishdagi suv sathi pasaya boshlaydi. Qalqovich ham pastga 
tushib, richag orqali elektr yuritmani manbaga ulaydi. Nasos yana ishga tushib jarayon 
qaytariladi. Buning natijasida idishdagi suyuqlikning oldindan belgilangan sathi barqaror 
saqlanib turiladi. 
6.1-rasm. Idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi laboratoriya
qurilmasining sxemasi 
 


ISHNI BAJARISH TARTIBI 
1. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishib chiqiladi. 
2. Chap tomondagi idishning yarmidan ko‘prog’i suv bilan to‘ldiriladi. Ta’minlash simini 
12 V kuchlanishli o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. 
3. Barqarorlovchi avtomatik rostlash sistemasi (ARS) ning o‘tish xarakteristikasi olinadi. 
Buning uchun ta’minlash simini 12 V kuchlanishli o‘zgarmas tok manbaiga ulanadi. Bunda suv 
nasos yordamida chap idishdan o‘ng idishga o‘tkazila boshlaydi. O‘ng idishdagi suv sathi 
belgilangan qiymatga yetganda qalqovich yuqori tomon surilib nasosning elektr yuritmasini 
o‘chiradi - elektr manbaidan uzadi. Ana shu vaqt davomida, ya’ni, elektr yuritma ishga tushib, to 
manbadan uzilguncha o‘tgan vaqt mobaynida ma’lum teng vaqt, masalan, har 3 sekund 
oralig’idagi sathning shkala orqali aniqlangan qiymatlari 4.1-jadvalga yoziladi. 
4. Kamida 3 takror o‘tkazilgan tajriba natijalarining o‘rtacha qiymatlari asosida sath 
rostlash jarayonining o‘tish egri chizig’i quriladi. 
6.1-jadval 
TAJRIBA NATIJALARI JADVALI
t,s 



H,mm 



t,s 


10 
H,mm 



t,s 


11 
H,mm 



t
o‘rt



H
o‘rt



4.2-rasm. Barqarorlash sistemasining o‘tish jarayoni grafigi 
BAJARILGAN ISH BO‘YICHA HISOBOT MAZMUNI 
1. Laboratoriya sxemasi va u haqida qisqacha ma’lumot. 
2. Tajriba natijalari jadvali va o‘tish jarayoni xarakteristikasi. 
3. Barqarorlash sistemasining sifat ko‘rsatkichlari. 
4. Xulosa. 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Avtomatik rostlash sistemalari ishlash algoritmiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
2. Barqarorlash sistemasi deb qanday sistemaga aytiladi? 
3. Programmali boshqarish sistemasi deb qanday sistemaga aytiladi? 
4. Kuzatuvchi sistema deb qanday sistemaga aytiladi? 

Yüklə 286,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin