Xalqaro nordik universiteti



Yüklə 74,32 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü74,32 Kb.
#173071
1   2   3   4
Ingliz tili B1 sirtqi (2)

Jami

55




Umumiy

100






TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI


1. Yozma ish
Talabalar zamonlar mavzusida o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlashi va chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan “Mening shahrim” mavzusida matn yozishi va o‘sha shaharni ifoda etadigan surat chizishi talab etiladi. Talabalar darslarda o’tilgan zamonlar va so’zlardan foydalanilishi maqsadga muvofiq. Matn 80-100 ta so’zni o’z ichiga olishi kerak va Pdf yoki Word shaklida platformaga yuklanadi.


2. Video taqdimot tayyorlash
Video taqdimotda talabalar o’zlarini videoga olgan holda 1 ta davlatning madaniyatini tasvirlashi lozim. Videoni tayyorlash davomida talabalar tilni amalda mustaqil qo‘llay olish, ijodiy yondashgan holda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega boʻladilar. Videoda talabalarning o’zlari aks etishi shart, videoning yozma shakli Pdf yoki Word shaklida HEMIS platformasiga yuklanadi, video shakli esa telegram ijtimoiy tarmog’idan yuborilishi kerak.
Video quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
- 1 ta davlatni olib uning madaniyatini tasvirlash, ya’ni milliy kiyimlari, taomlari, bayramlari.
- bu davlatning madaniyati nimasi bilan qiziq
- nima uchun aynan bu davlatni tanladingiz?
Videoda aks etadigan jihatlar: tanlangan mavzuning yetarlicha yoritilganligi, ma’lumotlar tahlili hamda tizimli taqdim etilganligi..
AKADEMIK FAOLIYATDAGI TARTIB-QOIDALAR
Xalqaro Nordik universiteti ta’lim jarayonida akademik halollikka katta ahamiyat beradi va plagiat, firibgarlik va boshqa akademik huquq buzarliklarga qarshi kerakli choralar ko‘rishni nazarda tutadi.
Plagiat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Har qanday manbadan, shu jumladan, barcha elektron manbalardan so‘zma-so‘z, iqtibos keltirmasdan, o‘z ishida qo‘llash.

  2. Boshqa muallifga tegishli ma’lumotni har qanday shaklda mualliflik huquqisiz taqdim etish.

  3. Har qanday akademik huquqbuzarliklarga imtihonda, testda, topshiriqlarda yoki hisobotlarda aldash, test yoki imtihonda boshqa talabaning o‘rniga kirish, imtihon, test yoki boshqa kurs materiallarini o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, til biriktirish yoki boshqa noto‘g‘ri yo‘llar bilan olish kabilar va hokazo.

Yuqorida keltirilgan akademik huquqbuzarliklar sodir etilganida, talabaga nisbatan quyidagi choralar ko‘riladi:

  1. Talaba imtihonda akademik huquqbuzarlik sodir etsa, dalolatnoma tuzilib imtihon jarayonlaridan chetlashtiriladi.

  2. Talaba ikkinchi marta akademik huquqbuzarlik sodir etganda kursdan-kursga qoldirilishi va transkriptida bu haqida yozib qo‘yiladi.




Yüklə 74,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin