Xalqaro nordik universiteti


TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONI



Yüklə 340,48 Kb.
səhifə5/9
tarix20.09.2023
ölçüsü340,48 Kb.
#145611
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Sillabus namuna (kunduzgi) (1)

TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONI





Nazorat turlari

Izohi

Ball

Nazorat muddati




Joriy nazorat (JN)

1.

Darsdagi faolligi

Talabaning dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki majburiy bo‘lib, uning darsdagi faolligi, o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirishi hisobga olinadi.

20

Semestr yakuniga qadar (o‘qituvchi tomonidan belgilanadi)




2.

Taqdimot ishi

Dars mashg‘ulotlarida berilgan muammoli mavzu yuzasidan taqdimot qilinadi va dars mashg‘ulotida himoya qilinadi. Taqdimotni himoya qilish uchun
10-15 daqiqa vaqt beriladi.

10




3.

Loyiha ishi

Talabalar kichik guruhlarga bo‘lingan holda loyiha ishini tayyorlaydilar va bunda jamoaviy yondashuv va har bir talabaning loyiha ishiga qo‘shgan hissasi hisobga olinadi. Bunda kichik guruhlar soni 3-5 nafardan olinishi tavsiya etiladi.

10




Jami

40







Oraliq nazorat (ON)

4.

Yozma ish (tanlov asosida)

Yozma ish o‘tilgan mavzular bo‘yicha 3 ta tayanch savol (kalit so‘zlar bilan) beriladi va berilgan savolni atroflicha yoritilishi talab etiladi. Yozma ishni bajarish uchun
60 daqiqa vaqt beriladi.

30

8-hafta




Jami

30







Yakuniy nazorat (YN)

5.

Test
(tanlov asosida)

O‘tilgan mavzular yuzasidan va fan xususiyatidan kelib chiqib 30 tagacha test topshiorig‘i beriladi. Test HEMIS platformasida yoki qog‘oz shaklida olinadi. Imtihonni topshirish uchun 40-50 daqiqa vatq ajratiladi.

30

16-hafta




Jami

30




Umumiy

100






TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI


1. Taqdimot ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar
Talaba nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirishi uchun mazkur fandan taqdimot ishini bajarish talab etiladi. O‘qituvchi tomonidan taqdimot mavzulari talabaga biriktirib beriladi yoki talaba o‘zi ham mavzuni tanlashi mumkin.
Taqdimot ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

  1. Taqdimot mavzusi yuzasidan adabiyotlar va ilmiy manbalar o‘rganilib chiqiladi

  2. Taqdimot ishi Power Point dasturida 10-15 sahifadan oshmagan holda tayyorlanadi.

  3. Taqdimot ishini mazmunini yoritishda video, audio yoki suratlardan foydalanish maqsadga muvofiq.

  4. Mavzuga oid qo‘shimcha ma’lumotlar bilan taqdimot ishini boyitish.

  5. Taqdimot ishini himoya qilish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi va taqdimotni yoritib, mavzuni to‘liq ochib berish talab etiladi.

Taqdimotda aks etishi lozim bo‘lgan jihatlar:

  • mavzuning dolzarbligi;

  • o‘rganilganlik darajasini tahlil qilish;

  • asosiy qism;

  • pedagogik tahlillarni amalga oshirish;

  • xulosa;

  • taklif va tavsiyalar.



2. Loyiha ishini bajarish boʻyicha koʻrsatmalar
Loyiha ishida aniq bir amaliy vazifani yechish va tadqiqot obyekti sifatida muayyan bir bozor obyekti yoki firmalar olinishi mumkin. Loyiha ishi kichik guruhlarga boʻlingan holda semestr davomida topshiriladi. Loyiha ishida bir yoki bir-biri bilan bogʻlangan bir nechta masalalarni guruh boʻlib tayyorlash va himoya qilish talab etiladi. Loyiha ishini bajarish davomida talabalar qoʻyilgan muammoni mustaqil anglay bilish, sababiy bogʻliqlikda mantiqiy xulosalar yasay olish mahoratiga ega boʻladilar.
Loyiha ishini bajarish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:

  1. Loyiha ishi mavzusi oʻqituvchi tomonidan belgilanishi.

  2. Loyiha ishining rejasini tuzish.

  3. Loyiha ishini belgilangan talablarga mos ravishda na’munaviy shakl asosida tayyorlanadi.

  4. Loyihani mazmunini yoritishda video, audio yoki suratlardan foydalanish.

  5. Loyiha ishini himoya qilish.

Loyiha ishida aks etadigan jihatlar: tanlangan mavzunining dolzarbligi, adabiyotlar tahlili, jamoa bilan ishlashdagi birdamlik, loyiha ishini himoya qilish jarayonida har bir guruh a’zosining ishtirokiga qarab baholanadi.


AKADEMIK FAOLIYATDAGI TARTIB-QOIDALAR

Xalqaro Nordik universiteti ta’lim jarayonida akademik halollikka katta ahamiyat beradi va plagiat, firibgarlik va boshqa akademik huquq buzarliklarga qarshi kerakli choralar ko‘rishni nazarda tutadi.


Plagiat quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  1. Har qanday manbadan, shu jumladan, barcha elektron manbalardan so‘zma-so‘z, iqtibos keltirmasdan, o‘z ishida qo‘llash.

  2. Boshqa muallifga tegishli ma’lumotni har qanday shaklda mualliflik huquqisiz taqdim etish.

  3. Har qanday akademik huquqbuzarliklarga imtihonda, testda, topshiriqlarda yoki hisobotlarda aldash, test yoki imtihonda boshqa talabaning o‘rniga kirish, imtihon, test yoki boshqa kurs materiallarini o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, til biriktirish yoki boshqa noto‘g‘ri yo‘llar bilan olish kabilar va hokazo.

Yuqorida keltirilgan akademik huquqbuzarliklar sodir etilganida, talabaga nisbatan quyidagi choralar ko‘riladi:

  1. Talaba imtihonda akademik huquqbuzarlik sodir etsa, dalolatnoma tuzilib imtihon jarayonlaridan chetlashtiriladi.

  2. Talaba ikkinchi marta akademik huquqbuzarlik sodir etganda kursdan-kursga qoldirilishi va transkriptida bu haqida yozib qo‘yiladi.




Yüklə 340,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin