156
Umuman, bu fikrlar mulk munosabatlariga va shu hisob munosabatlarining
o’zgarishidan kelib chiqayotgan bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob beradi, deb
o’ylaymiz.
Auditorlik tekshiruvi natijalari bo’yicha qaror ichki audit xizmati bilan
auditorlik xizmati ko’rsatishga shartnoma tuzgan tegishli bo’linma rahbari tomonidan
qabul qilinadi.
Shuningdek, har bir auditorlik xizmati vaqtida:
1.
Auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunga muvofiq kelishligi.
2.
Ishlab chiqarilgan va amaliyotda qo’llanilayotgan auditning umumiy
standartlariga asoslanishi.
3.
Auditning milliy standartlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Shuni qayd etish kerakki, auditorlik firmalarining ish faoliyatini yaxshilash va
sifat nazorati standartlariga to’la amal qilishni ta’minlash uchun ularni toifalarga
ajratish maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun ikkita sektsiya tashkil qilish
tavsiya etiladi:
1. Qimmatli qog’ozlar va birja muomalalari bo’yicha audit sektsiyasi.
2. Kompaniyalarning audit sektsiyasi.
Bunday sektsiyalar o’z-o’zini boshqarishda va nazorat qilishda katta rol
o’ynaydi. Sektsiyalarga a’zo bo’lish uchun auditorlik firmalariga, albatta, ma’lum
talablar qo’yiladi va bunday sektsiyaga a’zo auditorlik firmalarining mavqei ham
oshib boradi. Auditorlik firmalari sektsiyalar ichida bir-birini tekshirish huquqiga ega
bo’ladi va faqat tekshiruvdan muvaffaqiyatli chiqqan firma sektsiya a’zoligida qolishi
mumkin. Bunday tekshiruvlar firmaga ham, auditorlarga ham foydali bo’lib, ularga
ishonchni oshirib boradi.
Dostları ilə paylaş: