103
Nazorat vositalari tavakkalchiligini baholash maqsadida auditor nazorat
vositalarini testdan o’tkazishi lozim.
Nazorat vositalarini testdan o’tkazish quyidagilardan iborat bo’ladi:
- moliya-xo’jalik operatsiyalari o’tkazilishini aks ettiradigan hujjatlarni
tekshirish hamda shu munosabat bilan nazorat vositalari to’g’ri xizmat ko’rsatganligi
bo’yicha audit dalillarini olish;
- nazorat vositalari xizmat ko’rsatishining audit dalillarini olish maqsadida
buning bevosita hujjatli isbotlarini olish mumkin bo’lmagan holda so’rab chiqish
hamda operatsiyalar rasmiylashtirilishi ustidan kuzatuv olib borilishi;
- boshqa auditning natijalaridan nazorat vositalarini ishlash qobiliyati haqida
ma’lumotlar olish maqsadida foydalanish;
- nazorat tavakkalchilikni baholash vaqtida auditor oldingi yillarning
ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin bo’lgan. Biroq bunda u oldingi yilda tegishli
nazorat tavakkalchilikni baholashlari, tekshirilayotgan yil uchun ham haqqoniy
ekanligiga ishonishi kerak;
- nazorat tavakkalchilikni baholashning natijalarini auditor auditning umumiy
rejasida aks ettirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: