Xavfsizlik belgilari standart bo‘yicha to`rt guruhga ajratiladi:taqiqlovchi, ogohlantiruvchi, ko‘rsatuvchi va buyuruvchi. Taqiqlovchi belgilar biror bir harakatni taqiqlash yoki cheklash uchun ishlatiladi. Ular yumaloq shaklga ega bo‘ladi.
Ogohlantiruvchi belgilar xavf bo‘lish ehtimoli to‘g‘risida malumot beradi va uchburchak shaklga ega bo‘ladi. Buyuruvchi belgilar aniq talablar asosida biror harakatni amalga oshirishga ruxsat etishni ko‘rsatadi, kvadrat shaklda bo‘ladi.
Ko‘rsatuvchi belgilar to‘rtburchak shaklga ega bo‘lib turli xil ob`ektlar joyini, manzilini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Mashina va mexanizmlardan foydalanish xavfsizligini va qulayligini oshirish maqsadida masofadan boshqarish (“distansion”) qurilmalardan ham keng foydalaniladi. Ular ishlash prinsipiga ko‘ra mexaniq, gidravlik, pnevmatik, elektrik va kombinatsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
3.2. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi darslarida axborot texnologiyalardan foydalanishning sanitariya gigiena qoidalari
Sanitariya-gigiena talablari. Informatika darsida o`quvchilar kompyuterda ishlaganlarida, boshqa darslardan farqli o`laroq, ularning bir qator mushaklari tarang holatda bo`ladi va kompyuterda uzoq muddat ishlash to`liq shakllanib ulgurmagan o`quvchilarning badanlari zo`riqishiga va noto`g`ri shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Buning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilish kerak: 1) Kompyuter monitori o`tirgan o`quvchilarning ko`zlari darajasidagi balandlikda bo`lib, o`quvchilar undan 40 sm dan 80 sm gacha bo`lgan masofada o`tirish imkoniyatiga ega bo`lishlari kerak.
2) Kompyuterning klaviaturasi o`tirgan o`quvchilarning bukilgan tirsaklari darajasida bo`lishi kerak. Sichqon uchun klaviaturaning ikkala tomonidan yetarlicha joy qoldirilishi va ular bir xil balandlikda bo`lishlari kerak.
3) Kompyuterlarni hatto maxsus ishlangan stend va shkaf ko`rinishidagi mebellarga joylash taqiqlanadi. Kompyuter stolining tortmalari bo`lsa, ular o`quvchilarning o`tirgan holda oyoqlarini oxirigacha uzatishlariga xalaqit bermasligi kerak.
4) Kompyuterda muttasil ishlash vaqti o`quvchilar uchun 30 minutdan oshmasligi lozim.
5) Kompyuter xonasining kvadrat metrlardagi sathi unga joylangan Kompyuterlar sonidan kamida 6 marta ko`p bo`lishi kerak.
6) Kompyuter xonalari yetarli quvvatga ega ventilyatsiya tizimiga ega bo`lishi lozim.
7) Kompyuter klaviaturasida iflos qo`llar va o`stirilgan tirnoqlar bilan ishlashga ruxsat berilmaydi.
8) Yuqumli kasalliklar xuruji paytida o`quvchilar kompyuterda ishlashdan.
9) oldin va keyin qo`llarini sovun bilan yuvishlari kerak.
10) Klaviaturaning kompyuter ishlamayotgan paytda uzoq muddatga ochiq holda qolishi va unda chang yig`ilib qolishining oldini olish lozim.