Kirish Mamlakatimizda zamonaviy ta’lim tendensiyalari asosida kasbiy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilib, uning samaradorligini oshirish orqali malakali kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Texnika va texnologiyalarning kun sayin o’zgarib, rivojlanib borishi, yangi bilimlarga intilishni talab etadi. Bu esa ta’lim oluvchilarni ta’lim mazmunini, hayotga tadbiqi bilan ijodiy bog’lash ya’ni innovatsion fikrlashni va kasbiy hamda hayotiy muammolarni mustaqil yecha olishga o’rgatish zaruriyatini tug’diradi. Talabalarning texnologik bilim, ko’nikma, malakalari va kompitensiyalarini shakllantirishga oid innovatsion yechimlarni ishlab chiqish jamiyatimizni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ― Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi PF-5242 Farmonida ham xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an‘analarini to’liq saqlab qolish va ko’paytirish, milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san‘atini yanada rivojlantirish, hunarmandchilik faoliyati bilan shug’ullanuvchi fuqarolarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha maqsadli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu asosda aholi, ayniqsa, yoshlar, ayollar va kam ta‘minlangan oilalar bandligini ta‘minlash maqsadida hunarmandchilik sohasida bajarilishi lozim bo’lgan bir qator vazifalar belgilab berilgan. Yoshlarga xalq hunarmandchiligi sohalariga oid beriladigan bilimlar moddiy madaniyat va amaliy bezak san‘atini uyg’un rivojlantirishga xizmat qiladi va shaxs uchun muhim bo’lgan qator sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu esa yoshlarga milliy merosimiz va ana‘analarimizni o’rgatish, asrab-avaylash va qayta tiklash hamda umuminsoniy qadriyatlar bilan yaqindan tanishishda ko’maklashadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2019 yilning 28 noyabrdagi PQ-4539-son “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida hunarmandchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ishlab chiqilganligi bu hunarmandchilik sohasiga bo‘lagn qiziqishlarni yanada kuchaytirmoqda.
Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatini rivojlantirishda xalq hunarmandchiligiga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish muhim axamiyat kasb etadi. Islohotlar natijasida ta’lim jarayoni yangi sharoitlarda ishlashga o‘tishi, o‘qituvchi faoliyatiga, uning kasbiy-pedagogik tayyorgarligi mazmuni va darajasiga, o‘z bilimlarini takomillashtirib borishiga yuqori talablar qo‘ymoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlari asosida xalq hunarmandchiligi bo‘yicha kompetentli rivojlanishni meyoriy asoslari, metodlarini ishlab chiqilishi amalga oshirilgan tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi.
Qadimdan rivoj topib kelayotgan naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik turlari gurkirab o‘sa boshladi. Uning milliy badiiy an’analari yanada rivojlanmoqda. San’atni unutib ketgan ayrim turlari xisoblangan matoga gul bosish, suyak va tosh o‘ymakorligi, zargarlik, pichoqchilik, gilamchilik turlari qayta tiklandi.
Qadimdan rivoj topib kelayotgan naqqoshlik, ganchkorlik, yog‘och o‘ymakorligi, badiiy kulolchilik, misgarlik, kashtachilik turlari gurkirab o‘sa boshladi. Uning milliy badiiy an’analari yanada rivojlanmoqda. San’atni unutib ketgan ayrim turlari hisoblangan matoga gul bosish, suyak va tosh o‘ymakorligi, zargarlik, pichoqchilik, gilamchilik turlari qayta tiklandi.
Shu o’rinda umumiy o’rta ta’lim maktablarida xalq hunarmandchiligi texnologiyasi bo‘limini o‘qitishda axborot texnologiyalardan foydalanib darslarning zamon talablariga muvofiq tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.