Xalq cholgʻularida professional ta’limning yuzaga kelishi



Yüklə 7,53 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü7,53 Kb.
#203461
1   2   3
Jakhongirov Ismoil Xalq cholgʻularida professional ta\'lim

Mazkur musobaqa 20 dan ortiq yosh iste’dodlarni aniqladi. Shuhrat Yo‘ldoshev, Botir Rasulov (g‘ijjak). Fazilat Shukurova, Rustam Ne’matov (chang), Abdusalom Malikov (prima-rubobi), Pinxas Bakoev (qashkar rubobi), Xasan Komilov (g‘ijjak-bas), Boqijon Rahimjonov (dutor), Bahtiyor Yo‘ldoshev (doira) kabi sozandalar tanlov sohiblari katoridan joy oldilar. Ko‘rikning o‘ziga xos xususiyati xalk musiqasi hamda I.Bax, L.Betxoven, F.List, F.Shopen, K. Sen-Sans, M.Glinka, P.Chaykovskiy, S.Prokofev, A.Xachaturyan va boshqa jahon klassik kompozitorlari asarlarining mohirona ijrosida namoyon bo‘ldi.

1974-yil fevralida ikkinchi Respublika ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi (hay’at raisi A.Petrosyans). Unda respublikaning deyarli barcha viloyatlaridan kelgan 76 sozanda ishtirok etib, ulardan 20 tasi g‘olib deb topildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kompozitor Sobir Boboev raislik qilgan III ko‘rik-tanlov 1980-yilda bo‘lib o‘tdi. Unda 99 ijrochi ishtirok etib, 18tasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. To‘rtinchi respublika ko‘rik-tanlovi 1984-yil fevral oyida bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Sayfi Jalil hay’at raisi bo‘ldi. Ilgarigi ko‘rik-tanlovlardan farkli o‘laroq ushbu ko‘rik-tanlov uch boskichda bo‘lib o‘tdi. Uchinchbosqichda ko‘rik-tanlov g‘oliblari “Bahor” konsert zalida T.Jalilov nomidagi o‘zbek xalk cholg‘ulari orkestri jo‘rligida konkurs dasturini ijro etdilar. Ko‘rik-tanlovda 79 nafar ijrochilari ishtirok etishdi.

Beshinchi respublika ko‘rik-tanlov 1988-yil fevral oyida bo‘lib o‘tdi. Bu gal hay’at raisi sifatida Xalk artisti, Qurmong‘ozi nomidagi qozoq xalq cholg‘ulari Davlat orkestrining bosh dirijyori va badiiy rahbari professor Shamg‘on Kajgaliev taklif etildi. Ko‘rik-tanlovda 57 yosh musiqachi ishtirok etdi. Respublika ko‘rik-tanlovlari so‘nggi yillarda ajoyib mahorat maktabiga aylanib qoldi. Tanlovlar nafaqat ijrochilik kuchlarining sinovi, nafaqat yosh sozanda ijrochilarning mahoratini aniqlash, balki mashaqqatli murabbiylik ishining yakuni ham bo‘ldi.

Qaror topgap an’anaga muvofiq o‘zbek xalq cholg‘ulari va bayan sozanda-ijrochilarining navbatdagi VI Respublika ko‘rik-tanlovi, 1992-yil mart oyida bo‘lib o‘tdi. Uchinchi bosqich g‘oliblari T.Jalilov nomidagi davlat Akademik xalq cholg‘ulari orkestri (F.Sodiqov rahbarligidagi) hamda O‘zbekiston teleradiokompaniyasi qoshidagi (kompozitor M.Bafoev rahbarligidagi) D.Zokirov nomidagi o‘zbek xalq cholg‘ulari davlat orkestrlari jo‘rligida bellashdilar.


Yüklə 7,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin