96
Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini,
turli asboblardan foydalanishni talab qiladi va
ularni ishlatish bilim,
ko‘nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maq sadga
bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil mu ho kama
qilin gan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar.
Yoki
aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tar-
tibini aniqlashlari mumkin.
Tabiiy materiallarni o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr
vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash jarayonida o‘quvchilar
atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tani shadilar, daraxtlar,
gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabi iy materiallarni qachon va
qanday to‘plash va qanday saq lash lozim ligini bilib oladilar. Tabiatni
qo‘ riqlash va unga ehtiyot korona munosabatda bo‘lish,
uni asrash
masa lalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar,
poliz ekinlari – qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar – olcha, o‘rik,
shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo‘xori
va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti
va shu
kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy mate rial-
larni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash
jara yonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va
shu kabilarni o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekan-
ligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks
holda poyasi zararlanishi mumkin.
O‘simliklarni to‘plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, pax ta
bo‘ lishi kerak.
Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib
bi l an joylanadi.
Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik dan
ho li bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning
izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab qolishning
eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, qu-
yosh nurida tez quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3
sutkadan osh-
masligi kerak.