-bosqich.
Maktabgacha ta’lim-tarbiya. (Iqtisodga yo’nal tiril gan
o’yin mashg’ulot)
III
-bosqich.
Boshlang’ich ta’lim. (Iqtisod alifbosi)
IIIV-bosqich.
Asosiy maktab ta’limi. To’liqsiz o’rta ta’lim. (Iq ti-
so diy tushunchalar)
V-bosqich.
O’rta va hunar-texnika ta’limi. (Iqtisodiy bilim va kasb
iqtisodiyoti asoslari).
VI-bosqich.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim. (Tarmoq iqtisodiyoti).
VII-bosqich.
Tarmoqlar bo’yicha malaka oshirish tizimi. (Amaliy
iqtisod).
47
VIII-bosqich.
O’zFA, tarmoq akademiyalari, ilmiy markazlar. (Iq-
tisodiy ta’lim bo’yicha ijodiy izlanishlar).
Uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya konseptsiyasi quyidagi vazifalarni
ilgari suradi:
1. Iqtisodiy ta’limning uzluksizligini ta’minlovchi bir butunlikni
hosil etish uchun har bir bosqichning o’ziga xosligini o’rganish.
2. Har bir bosqichning maqsad va vazifalari, tashkiliy, shakl, vosita,
usul metodikalarini ishlab chiqish.
3. Bosqichlar orasidagi ko’prik vazifasini bajaruvchi shaxsning
iqtisodiy madaniyatlilik darajasini ko’rsatuvchi ta’lim-tarbiyaviy
tadbirlar majmuining xususiyati, imkoniyatlarini aniqlash.
4. «Labirintlar tizimi» ilmiy metodik loyihani amalga oshi rish dagi
moddiy ta’minot.
Ushbu vazifalar bevosita uzluksiz iqtisodiy ta’lim-tarbiya konsep-
siya sining ikkinchi bosqichi hisoblanmish «Maktabgacha ta’lim-tar-
biyaning maqsad va vazifalari» ni aniqlashga ham daxldor hisoblanadi.
Bolalarni iqtisodiy bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga tay-
yorlash. Bu maqsadni amalga oshirish uchun kichik maktab yoshidagi
o’quv chilarning fikrlash doirasini kengaytirish va chuqurlashtirishga
imkon beruvchi turli vaziyatlarni ishlab chiqish; bu vaziyatlarni yechish
variantlarini amalga oshirishga sharoit yaratish; iqtisodiy bilimlarni
egallashga zamin bo’luvchi; mantiqiy-matematik fikrlashlarini
rivojlantiruvchi o’yinlar kom pleksini amalga oshirish zarur.
Ikkinchi bosqichning hayotga tadbiq etish yo’nalishlari
quyidagilar:
1) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarniig iqtisodiy savod xonlik
darajasi mezonlarini ishlab chiqish. Shunga ko’ra, dastur bo’limlarini
integratsiya qilish. «Matematika-iqtisod, mehnat», «Tarbiya-iqtisod»,
«Ma’naviyat-iqtisod», «Xorijiy tillar-iqtisod» kabilar;
2) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar uchun «O’yinlar labi rinti»
tizimini ishlab chiqish va amalda sinash.
3) «Tabiatdagi ta’lim» kompleks dasturini yaratish. Bu kom pleks
das turda o’quvchilarga bevosita o’yin tarzida tabiiy boy lik, ne’mat-
larning iqtisodiy ahamiyatini ko’rsatuvchi ta’limiy o’yin va tabiat
qo’ynidagi sog’lomlashtirish kabi tadbirlar aks etadi. Bunda xorijiy
48
tillardan rus va ingliz tillarini o’rganish jara yonida iqtisodiy tushuncha
va so’zlarni ishlatishga alohida e’tibor berish zarur.
Bolalarni yoshlik chog’idan boshlab tevarak-atrofdagi moddiy
ne’mat larga, buyumlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda
bo’lishga, har qanday moddiy ne’mat inson mehnatining mahsuli
ekanligini va uni asrab-avaylashga o’rgatib borish zarur. Bolaning
ja moatchilik va shaxsiy buyumlarga bo’lgan munosabati ilk yoshlik
chog’idanoq oilada, oila a’zolarining shaxsiy va jamoatchilik mulkiga
bo’lgan munosabatidan boshlanadi. Albatta, yosh avlod da tejamkorlik,
ishbilarmonlik, uddaburonlik kabi sifatlarni shakl lantirmasdan turib
barkamol shaxsni tarbiyalab bo’lmaydi. Chun ki aynan shu sifatlarda
bolaning inson mehnati mahsuliga, ja moat chilik mulkiga to’g’ri
munosabati, uni asrab-avaylash, boyi tishga hissa qo’shish istagi
yota di. O’sib borayotgan yosh avlod da bunday sifat va fazilatlarni
shakl lantirish ko’p jihatdan o’qi tuvchining kasbiy tayyorgarligiga,
pedagogik mahoratni qay dara jada egallaganligiga bog’liqdir.
Mehnat fanlar asosini chuqur va amaliy o’zlashtirishda, bolalarni
mehnatga bo’lgan munosabatini ijodiy ish faoliyatida mustaqil shakl-
lantirishda, fikr yuritishga o’rgatuvchi ilmiy vositalardan biridir. Ko’p
asrlik tajriba shuni ko’rsatadiki, insonlarning meh nati tufayli cheksiz
boyliklar va imkoniyatlarning yechiladi. Meh
nat fani iqtisodiy
rivojlanishning asosiy omili hisoblanib, o’qu vchilarning chuqur iq-
tiso diy bilimini mustahkamlaydi.
Hali-hanuz iqtisodiy mehnat tarbiyasida ilg’or umumbashariy va
milliy g’urur, ularning tarbiyaviy harakteri o’z ifodasini topgani yo’q.
Shuning uchun mehnat darslarida o’quvchilarning iqtisodiy faolligini
oshirish va tadbirkorlik mehnat faoliyati ko’nikmalarini shakllantirish
va kuchaytirish lozim.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amal-
ga oshiriladi. Bu vazifalardan biri tadbirkorlik bo’lib, bu mah sulot
ishlab chiqarish uni sota bilish, tushgan mablag’ni joy-joyiga sarflay
olishdir. Bu tadbirkorlik talablarini mehnat darslari jarayonida darslar
nechog’lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o’quv chilar shunchalik
iqtisodiy bilimga va malakaga ega bo’la dilar. Avvalo bu darslarning
muzmunini to’g’ri belgilab olish za rur.
49
- Mehnat ta’limi va tarbiyasining ijtimoiy va iqtisodiy yo’nal-
ganligi;
- Mehnat darslarini bozor iqtisodi talablari asosida pedagogik
texnologiyalardan va malakalardan unumli foydalanish;
- O’quvchilarni qiziqishlarini hisobga olib amaliy to’garaklarga
jalb qilish;
- O’quvchilarni mehnat darslarida iqtisodiy bilim berishda yoshi,
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;
- O’quvchilarni mehnat natijalarini rag’barlantirish va kam chilik-
larni do’stona hal qilish;
Mehnat darslari bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak-
atrofdagi hayotni o’ziga xos tarzda bog’lovchi omil bo’lishi lozim.
Shuning uchun hozirgi kunda mehnat darslarida «o’z-o’zini
boshqarish» va «o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash» kabi tadbirkorlik
ishlarini tashkil qilish lozim.
Masalan o’quvchilarning mehnat darslarida materiallarni is rof qil-
mas likni, ishning sifatliligini, estetik jihatdan bejirim va chiroyli bo’-
li shiga e’tibor berishlari kerak. Shu bois boshlang’ich sinfl arda meh-
nat ta’limi va tarbiyasi jarayonida tadbirkorlik tushunchalarini, kel gusi
mehnat faoliyatida muhim o’rin egallash ekanligi ko’r satish, tushuntirish
pedagog o’qituvchilarning oldida turgan mu
him vazifalardan biri
ekanligini ta’kidlash zarur. O’quvchilarda meh nat ta’limi jarayonida
tadbirkorlik tushun chalarining dastlabki bos qichlarini amalga oshirishda
qo’ydagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi.
1. O’quvchilarni mehnat ta’limiga oid nazariy va amaliy bilim
berishni uzviyligini mustahkamlash;
2. Kasblar xususiyatni farqlay bilishga o’rgatish orqali ularni turli
kasblarni to’g’ri tanlashga yo’naltirish;
3. Unumli mehnat qilib yuqori samaradorlikka erishishni o’rgatish;
4. Mehnat jarayonida erishilgan natijani maktab jamoasi va ota-
onalar ishtirokida namoyish etish;
5. Bajarilgan ishlar sifatini oshirishda kim oshdi savdo mas kanlarini
tashkil etish;
O’quvchilarda tadbirkorlik tushunchalarini shakllantirishda mak-
tab, mahalla, oila va jamoatchilikni birgalikdagi harakati o’z-o’ziga
50
xizmat qilishni tashkil etish, mahsulot sifati hamda turli ish turlari
jarayonida mehnat natijalarining unumdorligi keskin o’sishda o’z
ta’sirini ko’rsatadi. Chunki tadbirlarda erishilgan yutuqlar bo’yicha
o’quvchilarning bajargan buyumlari maktab muzeylari yoki sinf
burchagida namuna sifatida saqlash, ota-onalarga sovg’a sifatida
taqdim etish o’quvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada
oshirish, ijobiy natijalarga erishishda samarali ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib
chiqib har xil ko’rgazmalar va o’quvchilarning o’zlari uchun maktab
bozori tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bunda o’quvchilar o’zlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga,
e’tiborga sazovor bo’lganligini, o’zini mablag’ bilan qisman
ta’minlanganligini, o’zini boshqara olishini ko’rib, o’z mehnatiga va
o’zgalar mehnatiga hurmat bilan qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga
muhabbat o’z samarasini topadi.
Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga ko’tara ola di-
gan, o’zining kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning
rivoj lanishida o’zini hissasini qo’sha oladigan barkamol avlodni
tarbiyalashimizda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |