X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə5/58
tarix07.01.2024
ölçüsü0,87 Mb.
#208219
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova

Uchinchi bosqich 1948 yili Dj. Bardin, V. Bratteyn va V. Shoklilar tomonidan qattiq jismli (yarim o‘tkazgichli) elektronikaning asosiy aktiv (kuchaytirgich) elementi bo‘lgan - bipolyar tranzistorning kashf etilishi bilan boshlandi. Tranzistor elektron lampaning barcha funksiyalarini bajarishga qodir.
Tranzistor yaratilishi bilan, uning almashlab ulagich vazifasini bajara olish xossasi, kichik o‘lchamlari va yuqori ishonchliliga ko‘ra bir necha ming elektr radioelementlardan (ERE) tashkil topgan murakkab elektron qurilma va tizimlarni yaratish imkoniyati tug‘ildi. Bunday qurilmalarni loyihalash juda oson, lekin xatosiz yig‘ish va ishlashini ta’minlash esa deyarli mumkin emas edi. Gap shundaki, har bir ERE alohida yaratilgan edi (diskret elementlar) va boshqa elementlar bilan individual bog‘lanishni (montajni) talab qilar edi. Hatto juda aniq montajda ham uzilish, qisqa tutashuv kabi xatoliklar yuzaga kelar va tizimni darxol ishga tushishini ta’minlamas edi. Masalan, 50 yillar so‘ngida yaratilayotgan EHMlar o‘nlab rezistor va kondensatorlarni hisobga olmaganda, 100 mingga yaqin diodlar va 25 mingtacha tranzistorlardan iborat edi.
Diskret elementlar quyidagi xossalarga ega: o‘rtacha quvvati 15 mVt, o‘lchamlari (bog‘lanishlari bilan) 1 sm3, o‘rtacha og‘irligi 1 g va buzilish ehtimolligi 10-5 s-1. Natijada diskret elementlardan tuzilgan EHMning sochilish quvvati 3 kVt, o‘lchamlari 0,2 m3, og‘irligi 200 kg bo‘lib, har bir soatda ishdan chiqar edi. Bu albatta EHM ish qobiliyatini kichikligidan dalolat beradi. Bunday diskret tranzistorli texnika yordamida murakkab elektron qurilmalarni yaratish imkoni mavjud emas. Demak, buzilishlar ehtimoli, o‘lchamlari va og‘irligi, tannarxi va boshqalar bir necha darajaga kichik bo‘lgan sifatli yangi element baza yaratish talab qilinar edi. Integral mikrosxemalar xuddi shunday element baza talabalariga javob berdi.
To‘rtinchi bosqich integral mikrosxemalar (IMS) asosida qurilma va tizimlar yaratish bilan boshlandi va mikroelektronika davri deb ataladi.
Mikroelektronikaning birinchi mahsulotlari – integral mikrosxemalar 60 yillar so‘ngida paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda IMSlar uch xil konstruktiv – texnologik usullarda yaratiladi: qalin pardali va yupqa pardali gibrid integral mikrosxemalar (GIS) va yarim o‘tkazichli integral mikrosxemalar.
Integral mikrosxemalar radio elektron apparaturalarda elementlararo ulanishlarni ta’minlash bilan birgalikda, ularning kichik o‘lchamlarini, energiya ta’minotini, massa va material hajmini ta’minlaydilar. Ko‘p sonli chiqishlar va qobiqlarning yo‘qligi radio elektron apparaturalarning hajmi va massasini kichraytiradi.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin