Yozish va taqdimot qilish kompetensiyasi fanidan
Mening kasbimtarbiyachilik
Mavzusida
TEZIS
Bajardi: Marxabo Gulomova
2023-yil
Mening kasbimtarbiyachilik Xalqaro Nordik Unversiteti
Marxabo Gulomova
Maktabgacha talim(sirtqi) yonalishi
1-bosqich talabasi.
Annotatsiya:Mening kasbimtarbiyachilik
KirishBolalar bilan ishlash menga o'zimdagi eng yaxshi narsalarni ko'rsatish imkoniyatini beradi: ruhiy fazilatlar va qobiliyatlar. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda men ularning qanchalik boshqacha, oldindan aytib bo'lmaydigan, qiziqarli, kulgili, hayratlanarli darajada aqlli ekanligiga hayron bo'lishni to'xtatmayman. Har bir bola noyobdir. Unda iste'dodli rassom, izlanuvchan kuzatuvchi va tinimsiz tajriba o'tkazuvchi yashaydi. U go'zallik va mehribonlikka ochiq, yolg'on va adolatsizlikka sezgir. Ha, ularning barchasi bir-biridan farq qiladi, ularning har biri o'ziga xosdir, har birining o'ziga xos kayfiyat va hissiyotlar palitrasi bor, ular bilan uxlab qoladi va uyg'onadi.
Asosiy qism:
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o‘rni
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan ulkan islohatlarning muvaffaqiyatga eng avvalo odamlarning o‘z ishlariga ma’suliyat bilan qarashlariga, kundalik mehnat faoliyatida mamalakat taraqqiyotiga hissa bo‘lib qo‘shiladigan savobli ishlarni qila olishlariga bog’liq. Jamiyatda pedagog (o‘qituvchi, tarbiyachi) birinchidan, o‘sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, ikkinchidan mehnatkash xalqimizga har tomonlama bilim berishdek savobli va ma’suliyatli vazifalarni bajaradi.
Maktabgacha pedagogika fani – bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qimmati shu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihatdan boy qilib, qalbini baxtga, ilohiy nurga to‘ldiradi. Dunyoda biror kimsa yo‘qki, uning ustozi bo‘lmasa. U xukumat rahbarimi, buyuk allomami, shifokormi, xalq mexrini qozongan yozuvchimi yoki qo‘li gul kosibmi, qo‘yingki, barcha-barchaning o‘z ustozi va hayot yo‘lini charog’on etib turuvchi yo‘lboshchisi bo‘ladi.