•
1.Stress haqida tushuncha •
2.Stressdan qutulishning 5 ta qulay usulli •
3.Musht qo‘llar mashqi •
4.Baliq ovida mashqi •
5.O‘zlikdan chekinish mashqi
•
Stress — inglizcha (stress) so‗zidan olingan bo‗lib, asabiylik, keskinlik degan ma‘nolarni anglatadi. Asabiylik turli jismoniy va aqliy ishlar xaddan oshib ketishi, xavfli vaziyat tug‗ilgan paytlarda, zarur choralarni zudlik bilan topishga majbur bo‗lganda vujudga keladigan ruhiy holatdir. Stressning psixologik ta‘rifiga ko‗ra affektiv holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirishining davomiyligiga ko‗ra kayfiyatlarga yaqin bo‗lgan his-tuyg‗ular boshdan kechirilishning alohida shakli kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizcha stress - tazyiq ko‗rsatish, zo‗riqish degan so‗zdan olingan)dan, yoxud hissiy zo‗riqishdan iboratdir. Hissiy zo‗riqish xavf-xatar tug‗ilgan, kishi xafa bo‗lgan, uyalgan, tahlika ostida qolib ketgan va shu kabi vaziyatlarda ro‗y beradi. 1.Stress haqida tushuncha
Stress — bu oddiy va ko‗p uchrovchi holat. Qattiq bezovta bo‗lish, hayajon va uyqusizlikdan biz hammamiz uni sezamiz. Ozgina stresslarning ziyoni bo‗lmasligi mumkin. Shuning uchun har bir inson yoki o‘quvchi yo‗l qo‗yilishi mumkin bo‗lgan va haddan tashqari asabiylashganlik darajasini bilmog‗i lozim. Nol holatdagi asabiylashishning bo‗lishi mumkin emas. Ya‘ni,