Siyosiy partiyalar


Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi



Yüklə 117,01 Kb.
səhifə2/4
tarix29.07.2023
ölçüsü117,01 Kb.
#137942
1   2   3   4
SIYOSIY PARTIYALAR

Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi (Oʻzbekiston XDP) — Oʻzbekistondagi siyosiy partiyalardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1991-yil 15-noyabrda roʻyxatga olingan. 2005-yil iyulda partiyaning yangi Dasturi, 2004-yil noyabrda yangi tahrirdagi Ustavi tasdiqlandi. Oʻzbekiston XDP har bir oila, mehnat kishisining millati, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qatʼi nazar, moddiy va maʼnaviy farovon hayot kechirishi uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning konstitutsiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklarini kafolatlash, shaʼni, qadr qimmati, tinchligini taʼminlashni oʻz vazifasi deb biladi. Partiya mamlakatimiz aholisining ijtimoiy muhofazaga muhtoj tabaqalari manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi. Oʻzbekiston XDPning oliy organi — 5 yilda 1 marta chaqiriladigan qurultoy. Unda partiya Markaziy kengashi va Markaziy taftish komissiyasi saylanadi. Markaziy kengash plenumida MK birinchi kotibi va kotiblari (yangi tahrirdagi Ustavga muvofiq, MK raisi va rais oʻrinbosarlari) hamda joriy ishlarga rahbarlik qiluvchi Siyosiy ijroiya qoʻmita saylanadi
2003 yil 4-5 oktabr — bir guruh tashabbuskorlar - kichik biznes vakillari, tadbirkorlar va fermerlardan iborat mulkdorlar qatlami, ishlab chiqarishning yuqori malakali mutaxassislari hamda boshqaruv xodimlari, ishbilarmonlar manfaatlarini ifoda etadigan va himoya qiladigan umummilliy siyosiy tashkilot, yaʼni partiya tuzish tashabbusi bilan chiqishdi.
2003 yil 7 oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ushbu tashabbuskor guruh aʼzolari bilan uchrashdi.
2003 yil 15 noyabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining Taʼsis Sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya Dasturi va Ustavi tasdiqlandi, Siyosiy Kengash hamda Markaziy nazorat-taftish komissiyasi tarkibi saylandi.
Shu kuni Toshmatov Qobiljon Fattoxovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi.
2003 yil 3 dekabr — Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtdi.
Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib, barcha sohalarda erishilgan marralarni hamda jamiyat va davlat rivojining ushbu bosqichi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarning bajarilishini baholar ekan, O`zLiDeP o‘z oldiga quyidagi maqsad va vazifalarni qo‘yadi:

Yüklə 117,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin