Qorong`ilik adaptatsiyasida ko`rish sezgirligi ortadi. Sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi.
Tibbiyot psixologiyasida negativ og`riq adaptatsiyasining borligi to`g`risidagi gipoteza (ukolga, ignaga, issiq nurlanishga nisbatan) doimiy mavjudligi ta`kidlanib o`tildi.
Adaptatsiyani hosil bo`lish xususiyatlari to`g`risida quyidagilar ma`lum: a) taktil adaptatsiya juda tez hosil bo`ladi; b) ko`z adaptatsiyasi uchun bir necha daqiqa; d) hid va ta`m adaptatsiyalarining paydo bo`lishi uchun undan ham uzoq vaqt talab qilinadi.
Adaptatsiyaning muhim tomoni shundaki, u kuchsiz qo`zg`alishni payqashga yordam beradi va kuchli qo`zg`alish ta`siridan sezgi a`zosini saqlaydi.
Adaptatsiyani quyidagicha tushuntirib berish mumkin: l)tayoqsimon hujayralarda joylashgan ko`rish purpuri aynib ketadi; 2) miyaning po`stloq qismida sezgirlikni pasaytiradigan tormozlanish bor; tormozlanish esa boshqa joylarda qo`zg`alishni kuchaytiradi, natijada sezgirlik ortadi, buning oqibatida izchil o`zaro induksiya hodisasi ro`y beradi.
Analizatorlarning o`zaro munosabati va mashq qilish natijasida sezgirlikning kuchayish hodisasi ro`y beradi, bu sensibilizatsiya deb ataladi. Sezgilar o`zaro munosabatining fiziologik mexanizmi analizatorlarning markaziy qismlarida joylashgan bosh miya po`stlog`idagi qo`zg`alish irradiatsiya hamda konsentratsiya jarayonlari bo`lib hisoblanadi. I.P.Pavlovning ta`limotiga ko`ra, kuchsiz qo`zg`atuvchi bosh miya katta yarimsharlarining po`stlog`ida oson irradiatsiyalanadigan, ya`ni oson yoyilib ketadigan qo`zg`alish jarayonini yuzaga keltiradi. Qo`zg`alish jarayonining irradiatsiyasi natijasida boshqa analizatorlarning sezgirligi ortadi. Kuchli qo`zg`atuvchi ta`sir etganda, aksincha, konsentratsiyaga moyil bo`lgan qo`zg`alish jarayoni yuzaga keladi. O`zaro induksiya qonuniga ko`ra, bunday qo`zg`alish jarayoni boshqa analizatorlarning markaziy qismlarini tormozlanishga olib keladi va natijada ularning sezgirligi pasayadi. Analizatorlar sezgirligining o`zgarishi shartli reflektor asosida, ya`ni ikkinchi signallar tizimiga kiruvchilar ta`siri bilan ham yuzaga kelishi mumkin. Sinaluvchilarga ,,Iimondan nordon", ,,zahardan achchiq" degan so`zlarni talaffuz qilish bilan ularning ko`zlari va tillarida elektr sezgirligi yuzasidan o`zgarishni maydonga keltiruvchi omillar qayd etilgan. Bunda haqiqiy limon va zahar bilan ta`sir qilinganda hosil bo`ladigan qo`zg`alishga o`xshash o`zgarish ma`lum bo`lgan.
Sezgi organlarining sezgirligini o`zgartirish qonuniyatlarini o`zlashtirib olganligimizga asoslanib, maxsus ravishda tanlangan qo`shimcha qo`zg`atuvchilarni qo`llash orqali ma`lum bir retseptorlarni sensibilizatsiyalash, ya`ni ularning sezgirligini oshirish imkoniyatiga ega bo`lamiz.
Qo`zg`atuvchining birin-ketin analizatorga ta`siri bilan analizatorlarga xos sczgining paydo bo`lishi sinestcziya deyiladi. Sinesteziya yunoncha birgalikda sezish degan ma`noni anglatadi. Sinesteziya hodisasini har xil turdagi sezgilarda kuzatish mumkin. Ko`rish va eshitish sinesteziyasi hammadan ko`ra ko`proq uchrab turadi, bunda tovush qo`zg`atuvchilarining ta`siri bilan odamda ko`rish obrazlari vujudga keladi. Bunday tabiatli sinesteziyalar har bir odamda o`ziga xos ravishda kechadi, lekin ular har qaysi shaxs uchun muayyan darajada doimiy bo`lishi kuzatiladi. Masalan, ayrim bastakorlar Rimskiy-Korsakov, Skryabin kabilar ,,rangni eshitish" qobiliyatiga, rassom Chorlyonis, Behzod ,,rangli rnusiqa" iste`dodiga ega bo`lganlar. Eshitish va ta`m sinesteziya hodisasi ko`pincha ,,o`tkirta`m", ,,savlatli rang", ,,shirin tovush", ,,achchiq shamol", ,,bahaybat ovoz", ,,motamsaro osmon", ,,qalbo`rtar navo" singari iboralarda o`z ifodasini topgan bo`ladi. Chunki ularning mohiyatida ikkilanganlik xususiyatlari maxsus kuchaytirgich sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Sezgirlikni mashq orqali rivojlantirib boriladi. Bunday o`zgarish kompensatsiya va faoliyat mazmunida o`z aksini topadi. Ayniqsa, ko`r (ko`r musiqachida), kar, soqov, haykaltaroshlarda, vibratsiya sezgisi bilan shug`ullanuvchi-larda sezgirlik keskin ravishda oshishi mumkin. Psixolog Elen Killer hid sezgisiga nisbatan sczgirlikni maxsus ravishda tadqiq qilib, hid sczgisida o`ziga xos xususiyatlar mavjud ekanligini dalillab bergan. Mashq qilish natijasida insonda sezgirlik ortib borishi tadqiqotchilar tomonidan o`rganil-gan bo`lib, ular quyidagi ko`rsatkichlarda ifoda etiladi: 1) notekislik — 0, 0005 mm; 2) bo`yash (bo`yoqchi) -
180 — 40 gacha; 3) po`lat quyuvchi po`latning rangidan qotishma miqdorini 1/60 aniqlikda belgilay oladi; 4) rassomlar narsa hajmini — 1/150 miqdorda o`zgarganini farqlay biladi; 5} uchuvchi (motor ovozining o`zgarishi) -
1300 dan 1340 gacha aylanishini farqlay oladi; 6) rim mozaika ustaxonasida 20000 rang turi mavjud; 7) ko`r-larda — taktil, sezgi — pachiniyev moddasi yuqori; 8) ko`zi ochiq odamlarning qo`l kafli va panja qismlarida 186 ta taktil retseptori tanachasi mavjud; 9)tug`ma ko`rlarda esa tanacha — 270 ta; 10) keyinchalik ko`r bo`lib qolganlarda bo`lsa, tanacha — 311 ta ekanligi aniqlangan.
Shunday qilib, sensibilizatsiya hodisasidasezgiriikning ortishi quyidagilarga bog`liqdir: