1.1 tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar Psixologiyada sezgilarning fiziologik asosini va mexanizmlarini qo`zg`atuvchining o`ziga mutlaq mos bo`lgan analizatorlar ta`siri natijasida yuzaga keluvchi asab jarayoni, uning tizimi, tuzilishi tashkil qiladi. Fiziolog va psixologlar-ning ta`limotlariga ko`ra, analizator uch o`zaro uzviy uyg`unlikka ega bo`lgan tarkibiy qismlardan iborat. Sodda qilib aytganda, mazkur tarkiblar quyidagi ketma-ketlikda tuzilgandir:
1) tashqi kuch-quvvatni asab jarayoniga aylantirib beruvchi periferiya qismdan, ya`ni retseptordan;
2) analizatorlarning periferiya qismini markaziy qism bilan bog`lovchi afferent (markazga intiluvchi asab tolasi), o`tkazuvchi asab yo`llaridan;
3) periferiya qismlaridan keluvchi nerv impulslari qayta ishlanuvchi analizatorlarning miya po`stlog`idagi qismlaridan iboratdir.
Boshqacha aytganda, periferik nervlarning uchlari (ko`z, quloq, teri, burun kabilar), ta`sirotni eltuvchi (afferent), javob qaytaaivchi (efferent) nerv tolalari, analizatorlarning orqa va bosh miya markazlari analizatorini tashkil qiladi.
Jahon psixologiyasi fani so`nggi yutuqlari hamda atamalariga qaraganda sezgilar quyidagicha tasniflanadi (ushbu tasniflanishning dastlabki ko`rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga tegishlidir):
1) tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga gavdaning tashqi qismiga joylashgan sezgilar, ya`ni eksterio-retseptiv sezgilar (retseptorlar);
2) ichki a`zolar holatlarini in`ikos etuvchi hamda retseptorlari ichki a`zolarida, to`qimalarida joylashgan sezgilar, ya`ni interoretseptiv sezgilar;
3) gavdamiz va tanamizning holati hamda harakatlari haqida ma`lumot beruvchi, muskullarda, bog`lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya`ni proprioretseptiv sezgilar.
Birinchi turkum sezgilarni ko`rish, eshitish, hidlash, teri-tuyush, ta`m-maza kabi turlar tashkil qiladi. Ko`rish 380 dan 770 gacha millimikron diapazondagi elektromagnit nurlardan iborat jarayondir. Eshitish esa tebranish chastotasi 16 dan to 20000 gacha bo`lgan tovush to`lqinlaridan iboratdir. Ko`rish sezgilari bosh miya po`stlog`ining orqa bo`lagida joylashgan bo`ladi. Eshitish sezgilari bosh miya po`stlog`ining tepa burmasi qismidan joy egallagan. Teri-tuyush, harakat sezgilari bosh miya po`stlog`ini markaziy burmasi orqa qismidan o`rin olgandir.
Endi sezgilarning tavsiflanishi, mohiyati va lining negiziari haqida fikr yiiritamiz.
A.R.Luriyaning fikricha, interoretseptiv sezgilar as! ma`nodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o`rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo`ladi. Psixologiyada mazkur sezgilarning subyektiv ravishda paydo bo`lishi yetarli darajada chuqur o`rganilmagan, shu bois uiar ,,noma`lum hislar" doirasiga kiritiigan. Ular to`g`risidagi bilimlar bilan tanishish, o`zgarishlarni tekshirish ,,kasalliklarning ichki manzarasi"ni ifodalashda muhim o`rin tutadi. Ichki a`zolarning xastaligida vujudga keluvchi mazkur holatlar ichki kasailiklarni tashxis qilishda alohida ahamiyat kasb etishi turgan gap (A.R.Luriya tadqiqotlaridan).
Bunday xususiyatli ixtiyorsiz sezgilar insonda juda erta uyg`onadi, shuningdek, ularning ifodalanishi ham o`ziga xos shakllarga ega. Chunonchi, ular ,,oldindan his qilish" sifatida paydo bo`lib, hatto inson ularni ta`riflab berish imkoniyatiga qodir emas, ko`pincha ushbu kechinmalar tushda ayon berib, qaysidir kasallik xurujidan darak beradi, xolos.
Ular insonning kayfiyatida, emotsional reaksiyalari o`zgarishida ko`zga tashlanadi, shu tufayli bola xatti-harakatining keskin o`zgarishiga sabab bo`ladi. Chunki, bola o`z tana a`zolaridagi ichki holatlarning o`zgarishini anglash, sezish, his qilish uquviga ega emas, shu bois buni undagi xatti-harakatning umumiy o`zgarishidan sezish mumkin. Bu hodisaga misol tariqasida quyidagi voqclikni keltirish mumkin: bola o`z ichki interoretseptiv sezgilarini namoyish qilish maqsadida ,,kasal" bo`lib qolgan qo`g`irchog`ini parvarish qila boshlaydi.
Interoretseptiv sezgilarning obyektiv ahamiyati juda yuqori, chunki ular ichki jarayonlarning o`zaro o`rin almashish balansini ta`minlab turish asosi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ular organizmdagi jarayonlarni o`zaro o`rin almashib turishining gemostazi (barqarorligi) deb ataladi. Ichdan paydo bo`ladigan signallar xatti-harakatni vujudga keltiradi, stress, zo`riqish, affekt holatlarini yo`qo-tishga, pasaytirishga, paydo bo`layotgan mayllarni esa qoniqtirishga yo`naltiradi. Oqibatda, tana ichki a`zolari
faoliyatining izdan chiqish holati yuz berishi mumkin. Shu sababli tibbiyot psixologiyasida interoretseptiv sezgilar ham muhim o`rin tutadi. Somatik va visperal jarayonlar, ruhiy holatlar o`rtasidagi munosabatlarni o`rganish imkonini yaratadi.
K.M.Bikov, V.N.Chernigovskiylar tomonidan interotseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari interotsepsiya bilan birgalikda atroflicha o`rganilgan. Bularning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqqan holda sharhlab berilgan.
Proprioretseptiv sezgilar tana dvigatel apparatining va gavdaning fazodagi holati to`g`risida signallar bilan ta`minlab turadi. Ular inson harakatining regulatorini va afferent asosini tashkil qiladi.
Periferik retseptorlar muskullarda, paylardava bo`g`imlarda joylashgan bo`lib, maxsus tanacha shakliga egadir. Mazkur tanachalar Puchchini tanachalari deb ataladi.
Tanachalarda vujudga keluvchi qo`zg`atuvchilar muskullarning taranglashuvi natijasida va bo`g`imlar holatining o`zgarishida, nerv tolalari yordamida orqa miyaning orqa ustunidagi oq suyuqliklarga yetkaziladi. Qo`zg`ovchilar Burdak va Goll yadrosining quyi bo`limlariga yetib keladi va undan po`stloq osti tugunlaridan o`tib, bosh miya katta yarim-sharining qorong`ilashgan zonasida o`z harakatini yakunlaydi.
Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.A.Orbeli, P.K.Anoxin (hayvonlarda), N.A.Bern-shteyn (odamlarda) o`rganganlar.
Psixologik ma`lumotlarga ko`ra, gavdaning fazodagi holati sezgirligi statik sczgilarda o`z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo`lib, o`zaro bir-biriga perpendikular bo`shliqda tutash holatda yotadi. Masalan, bosh holatining o`zgarishi quyidagi sxemaga binoan amalga oshadi:
a) o`zgarish endolimfa suyuqligiga bog`liq qo`zg`aladi;
b) cshitish nervi;
d) vestibulator nervi;
e) bosh miya po`stlog`ining chakka bo`lmasi;
f) miya apparatiga o`tadi.
Vestibulator sezgirlik apparati ko`rish bilan bevosita aloqadabo`lib, fazoni mo`ljallash jarayonida ishtirok etadi. Masalan, avtomobilning yo`ldan o`tishi (qatnovi), qalin o`rmonni kesib o`tish payti va hokazo. Xuddi shunday holat uchishda ham yuzaga kelishi mumkin. Patologiya holatida ham xuddi shunday jarayonga duch kelinadi.
Ekstroretseptiv sezgilar modallikdan (5 tadan) tashqarisi intermodal nospetsifik sezgi turkumlariga ajratiladi. Masalan, eshitish a`zosi orqali bir soniyada 10 — 15 tebra-nishni sezish mumkin, lekin quloq bilan etnas, balki suyaklar yordamida (miya qopqog`i, tirsak, tizza uchlari orqali) payqash — vibratsiya sezgirligi deyiladi. Masalan, karlar-ning tovushlarni idrok qilishi, pianinoni ushlab turish, pol yoki mebelning harakati kabilar. Odatda, vibratsion sezgirlik intermodal sezgi deb ham nomlanadi. Intermodalning boshqa bir ko`rinishi mana bunday holatda namoyon bo`ladi:
a) hid, ta`m va maza sezgilarida;
b) o`ta kuchli tovushda, o`ta yorug`Iikda;
d) tricheminal, ya`ni uch xil ta`sirning uyg`unlashgan, integrativ holati va shu kabilarda.
Sezgining o`ziga xos bo`lmagan shakli — terining foto sezgirligi, ya`ni ranglarning nozik jilolarini ajratish hamda qo`l uchlari bilan sezish orqali ro`yobga chiqadi. Terining foto sezgirligi A.N.Leontyev tomonidan kashf qilingan bo`lib, bu narsa ko`pgina holatlarga oqilona yondashish imkoniyatini vujudga keltiradi. Ushbu kashfiyot qo`l uchiga yashil va qizil rangli yoruglik yuborish orqali dunyo yuzini ko`rgan. Rang signallarining og`riq qo`zg`atuvchilar bilan munosabati qiyosiy jihatdan olib qaralganda, insonni faol mo`Ijal olish jarayonida uning qo`l uchi terisiga kelib tu-shadigan rang-nurlarini farqlashga o`rgatish mumkin ekan.
Psixologiya fanida terining foto sezgirligining tabiati hali yetarli daraj`ada o`rganilmagan. Shunga qaramay, talamitik sistema va po`stloq ostining qo`zg`alganida asab tizimi hamda teri ektodermlaridan kelib chiqqan va atrofga yoyilgan rudimentlar—yorug`lik sezish elementlari maxsus sharoitda muvaffaqiyatli harakat qiladi. Ko`pincha ,,oltinchi tuyg`u,