Rutinum 3-рамногликозил- 3,5,7,3',4'- пентаоксифлавон Tasvirlanishi



Yüklə 90,02 Kb.
səhifə2/3
tarix15.05.2022
ölçüsü90,02 Kb.
#58010
1   2   3
davron

Nur yutish ko`rsatkichi:0.002 %li preparat eritmasi absolyut spirt bilan spektrofotometrning 1 sm li qalinlikdagi kyuvetada o`lchanganda maksimum nur yutish to`lqin uzunligi 259 nm va 362.5nm

Miqdori: 0,01 (a.t) rutin 100 ml li o`lchov kolbasiga solinadi va 60 ml toza suvda suv xommomida to`liq erib ketguncha eritiladi.so`ngra eritma sovutilib,o`lchov kolbasining belgisigacha suv bilan etkiziladi(A). Tayyor A eritmadan 4 ml olib 25 ml o`lchov kolbasiga solinadi. Ustiga 1 tomchi suyultirilgan sirka kislota qo`shib belgisigacha suv bilan etkaziladi. Tayyorlangan eritmaning optic zichligi 350 nm to`lqin uzunligida qalinligi 10 mm bo`lgan kyuvetalarda o`lchanadi

Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi suyuqlik xromatografiyasi usulining bir ko'rinishi bo'lib, bunda qo'zg'aluvchan faza - eluyent kolonkadagi sorbentdan katta tezlikda yuqori bosim ostida o'tadi. Usul yuqori va quyi molekulali issiqlikka chidamsiz moddalarni ajratib olishga, ulaming chinligini va miqdorini aniqlashga imkon beradi. Hozirgi zamon xromatografiyalari quyidagi qismlardan tashkil topgan: yuqori samarali kolonka, dozator, yuqori bosimli nasos, yozuv qurilmali detektor, mikroprotsessor .

Xromatograflar, shuningdek, namunalami avtomatik ravishda kolonkaga yuborish, reja asosida xromatografiyalash muhitini ushlab turish, ajratish jarayonining qulay sharoitini avtomatik tanlab berish, tahlil qilinayotgan aralashma tarkibidagi moddalaming chinligi va miqdorini aniqlab beruvchi moslamalar bilan ta’minlangan.

Yuqori bosimli nasos (200-500 atm gacha) eluyentni berilgan doimiy tezlikda kolonkaga yetkazib beradi. Ba’zida mikrokolonkali xromatografiarda nisbatan past bosimli nasoslar ishlatiladi ( 1 - 2 0 atm gacha). Xromatografik kolonkalar zanglamaydigan po‘lat (yoki shisha)dan tayyorlangan bo‘lib, uzunligi 10-25 sm, ichki diametri 0 ,3 -0 , 8 sm (ko'pincha 0,4-0,5 sm)ga teng. Kolonkalar diametri 5 -1 0 mkm boMgan dumaloq yoki notekis shakldagi adsorbent bilan yuqori bosimda suspenzion usul yordamida to'ldiriladi. Suspension usul bilan to‘ldirilganda sorbent kolonkada bir tekis bo‘lib zich joylashadi. Mikrokolonkali xromatografiarda kolonkalaming uzunligi va ichki diametri kichik boMadi (0 , 1 - 0 , 2 sm va undan ham kichik). Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida qo'llaniladigan adsorbent zarrachalari yuqori bosim ostida parchalanmasligi kerak. Zich joylashgan kichik diametrli (5 -1 0 mkm) adsorbent bilan to'ldirilgan kolonkalar aralashmalami yuqori samarali xromatografik taqsimlash xususiyatiga ega.

Xromatografiyalash jarayoni ketayotgan vaqtda kolonka harorati ±0,1 °C aniqlikda ushlab turiladi. Xromatografik-taqsimlanish ko'pincha 20-25° da olib boriladi.- Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasida ko'pincha refraktometrik yoki fluorimetrik, to'lqin uzunligi o'zgaruvchan (190-900 nm) yoki o'zgarmaydigan (ko'pincha 254 nm) spektrofotometrik, shuningdek, alanga-ionlanish, elektrokimyoviy, mass-spektrometrik va boshqa detektorlar ishlatiladi. 229 4 Adsorbent sifatida ko'pincha gidroksil guruhlar bilan qoplangan silikagel, turli funksional guruhlar bilan ishlangan silikagel, aluminiy oksidi, polimerlar, amaliyotda esa tayyor kolonkalar ishlatiladi. Silikagel bilan to'ldirilgan kolonkalar bilan ishlashda eluyent sifatida uglevodorodlar, ba’zida esa turli erituvchilar yoki spirt bilan aralashtirilgan uglevodorodlardan foydalaniladi.

Gidrofob guruhlar bilan qoplangan silikagel bilan to'ldirilgan kolonkalami yuvishda esa tarkibida quyi spirtlar yoki atsetonitril bo'lgan suvli eritmalar ishlatiladi. Ba’zida erituvchilar ikki marta tozalangan bo'lishi kerak. Tuz, kislota va asos ko'rinishidagi organik birikmalarni ajratishda juft-ion xromatografik usuldan foydalaniladi. Bunda gidrofob guruhlar bilan qoplangan silikagel adsorbenti, anion yoki kation tarkibida gidrofob guruh saqlovchi ionli birikmalar qo'shilgan suv-spirtli yoki suv-atsetonitrilli eluyentlar ishlatiladi. Organik tuzilishga ega bo'lgan anion va kationlarni ion-almashinish suyuqlik xromatografiyasi yordamida ajratiladi. Adsorbentlar sulfo-, karboksil- yoki aminoguruhlar bilan qoplangan bo'lishi kerak. Eluyent sifatida ma’lum pH muhitga va ion kuchiga ega bo'lgan suvli bufer eritmalar ishlatiladi. Metall kationlari bilan kompleks hosil qiluvchi moddalami ajratishda ligand almashinish xromatografiyasi usulidan foydalaniladi. Taqsimlanish yoki moddalaming ajralishi tekshirilayotgan birikmalaming koordinatsion bog'lar hosil qilish xususiyatlari o'rtasidagi farqqa asoslangan bo'lib, ko'pincha aminokislotalaming izomerlari tahlil qilinadi.



Adsorbentlar metall ionlari va ajralayotgan modda bilan kompleks birikmalar hosil qiluvchi guruhlar bilan qoplangan bo'ladi. Moddalaming ajralish darajasi xromatogrammadagi ikki qo'shni cho'qqilaming balandliklari o'rtasidagi masofa va xromatografik chizmaning kengligi bo'yicha aniqlanadi. Cho'qqilar balandligi o'rtasidagi masofa aniqlanuvchi moddaga nisbatan adsorbentning selektivligiga, kengligi esa adsorbentning joylashishiga va eluyenlning quyuqlik darajasiga bog'liq. Yuqori samarali kolonka adsorbentning selektivligi kichik boMsa ham moddalami ajratib berish xususiyatiga ega. Moddalar miqdorini aniqlashda xromatogramma mutlaq kalibrlash yoki ichki standartlar (gaz xromatografiyasi usuli kabi) usuilari yordamida tahlil qilinadi. Yot moddalar xromatogrammadagi cho'qqilarni solishtirish bo'yicha aniqlanadi. Bir xil muhitda moddaning kolonkadan chiqish vaqti bir xil va doimiy boladi va bu xususiyatdan aniqlanuvchi birikmaning chinligini aniqlashda foydalaniladi. Miqdoriy tahlilda cho'qqilar yuzalari hisoblanadi, chunki cho‘qqi yuzasi moddaning miqdoriga to‘g‘ri mutanosib.


Yüklə 90,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin