Reja: Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 27,49 Kb.
tarix01.12.2023
ölçüsü27,49 Kb.
#170902
Til va terminologiya.

Mavzu: Til va terminologiya.


Reja:


1.Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot.
2. O‘zbek tili terminoloiyasi fanining maqsad va vazifalari.
3.Til haqida tushuncha.

Termin grekcha terminus so ‘zidan olingan bo‘lib, chek, chegara degan ma’noni bildiriadi. U fan-texnika, qishloq xo‘jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so‘z hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta’limot va terminlar majmui degan ma’nolarni anglatadi.


Termin so ‘zi o ‘rnida ba’zan atama, istiloh so ‘zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to ‘g ‘ri emas. Atama termin so’ziga nisbatan tor tashunchani ifodalaydi. Istiloh so’zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug‘aviy qatlamlaridagi o‘rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglash imkonini beradi.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
Terminologiyaga bag‘ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo‘lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi.
A.Reformatskiy terminga ta’rif berar ekan, “... terminlar – bu maxsus so‘zlardir” degan xulosaga keladi.
A.V.Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so‘zlarni “maxsus leksika” deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o‘z fikrini davom ettirib, “Termin bilan professionalizmlar o‘rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo‘jaligi, texnikadagi tamomila rasmiy bo‘lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalizm esa biror kasb, mutaxassislik, ko‘pincha jonli tilda tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat`iy, ilmiy tavsifiga ega bo‘lmagan yarim rasmiy so‘zdir”,-deydi.
R.Doniyorov bu fikrga e`tirozan, “Bunday qat`iy da’vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim “olim”larning qarashlari davomidir demak, xatoga yo‘l qo‘ymasmiz” deya munosabat bildiradi. H.Jamolxonov terminga munosabatda bo‘lar ekan quyidagicha yozadi: “Terminlar fan-texnika, adabiyot, san`at va boshqa sohlarga oid ixtisoslashgan, qo‘llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada); to‘rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi ”.
Terminalogiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda oʻzbek terminalogiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir.
Terminalogiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, Terminalogiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminalogiyasi maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminalogiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov aytganidek, “Xalqning milliy madaniyati va o‘ziga xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tili”1 da mavjud bo‘lgan so‘z va iboralarni, atamalar va leksik boyliklarni o‘rganish hamda insoniy meros sifatida ilmiy tahlilini olib borish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir. A.A.Potebnya “keyingi ma’no” deb atagan va “u tilshunoslikning o‘rganish ob`ektiga kirmaydi, uni boshqa fanlar o‘rganadi” 2 deb ko‘rsatilgan terminologik leksika uzoq davrlargacha alohida nominativ birlik, atama sifatida tilshunoslikda tadqiq qilinmadi. Tilshunoslik fani rivojlanib, o‘z tadqiqot doirasini kengaytirgan sayin terminlarni o‘rganish uning eng muhim va tarkibiy qismlaridan biriga aylandi. Hozirgi davrda terminlarni o‘rganish tilshunoslikning alohida sohasini – terminologiyani shakllantirdi. Ammo shuni ham aytish o‘rinliki, bu jarayonda ruscha va rus tili orqali kirib kelgan terminlarni o‘rinsiz, sun`iy ravishda yangi yasalmalar yoki arab va fors-tojikcha so‘zlar bilan almashtirish hollari ham kuzatiladi.
Masalan, bankrot – sinish, buxgalter – hisobchi, gazeta – ro‘znoma, deputat – noib (xalq noibi), jurnal – majalla (jarida, oybitik, oynoma), institut – oliygoh, (ta’limgoh), klub - tomashagoh (tadbirgoh), kompensatsiya – tovon, medal – nishon, fakultet – kulliyot, kurs – bosqich, fonetika – tovushshunoslik, sinonim – ma’nodosh, omonim – shakldosh, antonim – zid ma’noli va hokazo.
Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6—7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til soʻzlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, koʻrish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil boʻlgani uchun ilojli.
Til — jamiyat boyligi, u jamiyat a’zolarining ozaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma’naviy turmushida ro’y beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni manoda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud bo’ladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib bo’lmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bo’lib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud bo’lmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz o’ylab turib gapiramiz va yozamiz, o’z fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo bo’ladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur bir butunlikni tashkil etadi.
Tillar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ularning evolutsiyasini qadimgi tillar keyingi bosqichlar sodir bo’lishi uchun qanday belgilarga ega bo’lganini aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik o’rganadi.
Umumiy ajdoddan keluvchi tillar guruhiga tillar oilasi deyiladi. Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillar, jumladan inglizcha, ispancha, portugalcha, ruscha va hindcha hind-yevropa tillari; mandarin xitoychasi va kantoncha esa sino-tibet tillari; arabcha, amharcha va ivrit esa semit tillari; suahili, zulu va shona esa bantu tillari oilasiga kiradi. Tilshunoslar fikriga ko’ra bugun mavjud tillarning 50 dan 90 foizigachasi 2100-yilga kelib yo’qolib ketadi.
Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga o’zaro bog’liq bo’lgan, insonni hayvondan farqlovchi 3 ta eng muhim xossalardan birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga ega bo’lib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.
Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til belgilari — so’zlar, so’z birikmalari va gaplar — moddiy shakllar bo’lib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha ob’yektiv tarzda o’z aksini topadi. Shunday kilib, til nafaqat fikrni ifodalash yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi.
o’sha tilda so’zlashadigan har bir insonning burchidir.
Til muloqot vazifasi ham hisoblanadi. Hammamizga ma’lumki, mashhur bo’lgan A. Navoiy bobomizga tegishli “Ko’ngil qulfi maxraning qulfi til va gulfin kalitin so’z bil”. Inson qalbining xazinasi til, bu qalb xazinasining kaliti so’zdir. O’zbek tilining so’zlari shu qadar ma’noli, ko’pki bitta ma’noga ega bo’lgan tushunchasi bir nechta so’zlar orqali ifodalash bo’ladi. Masalan, birgina ko’z so’zining bir necha ma’nolari bor. Bilamizki bir tushunchaga tegishli so’z, bir necha so’zlar bilan ifodalansa, ya’ni sinonim so’zlari qanchalik ko’p bo’lsa, ayni shu til boy til hisoblanadi. Ko’plab adiblarimiz til haqida ko’plab hikmatli so’zlarni aytganlar va tilni turlicha ta’riflaganlar. Masalan, “Til-millat ko’zgusi”, “Til-ma’naviyat ko’zgusi”, “Til-millatning bebaho boyligi” va shu kabilardir. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘lgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi
Til – millatning ma'naviy boyligidir. Til nafaqat muammola vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Turli xalqlarning tillariga xurmat esa o‘z navbatida o‘zaro tushunishni, muloqotlarga imkoniyat yaratadi. Tillarni saqlanib qolishi uchun esa bu tillarni qo‘llab-quvvatlash zarurdir. Aynan til tufayli insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi. Barcha tillarni tan olish va xurmat qilish tinchlikning birdan bir kafolatidir. Shu sababli ham xar bir xalq o‘z tili saqlanib qolishi uchun harakat qiladiXulosa qilib aytadigan bo’lsam, tilni sevish, uni ardoqlash, millatni sevish va uni qadrlash bilan teng hisoblanadi. Har qaysi xalqning turmush tarzi, urf-odatlari, madaniyati uning tilida o‘z ifodasini topadi. Til – millat ko‘zgusi, deb bejiz aytilmagan. Xalqimizning necha asrlik boy tarixi, ko‘hna va serqirra madaniyati o‘zbek tili ta’sirida shakllangan. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy shu tilda bebaho asarlar yaratib, dunyoni lol qoldirgan.
Yüklə 27,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin