Mavzu: So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari. Omonimlar (shakldosh so’zlar). Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar). Antonimlar (qarama-qarshi so’zlar). Paronimlar



Yüklə 26,98 Kb.
tarix21.07.2023
ölçüsü26,98 Kb.
#137078
manodosh so\'zlar


Mavzu: So`zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko`ra turlari. Omonimlar (shakldosh so’zlar). Sinonimlar (ma’nodosh so’zlar). Antonimlar (qarama-qarshi so’zlar). Paronimlar (talaffuzdosh so’zlar)
SO`ZNING O`Z VA KO`CHMA MA’NOLARI
So`zning predmet, voqea-hodisa haqidagi dastlabki real ma’nosi so`zning o`z ma’nosi deyiladi: Kitob-o`quv quroli, non-oziq-ovqat keldi-harakat qizil-rang-tus.
So`zning o`z real leksik ma’nosidan tashqari o`xshatish, mubolag`a yo kinoya usullari bilan boshqa ma’nolarda tusllanishi so`zning ko`chma ma’nosi deyiladi: Uy qurish uchun yer oldim (yer-joy) E, Quyosh, ko`rsat yuzing (Quyosh-go`zal sevgili), Tog`ning beli (beli o`rtasi) kabi.
Nutqiy kuchma ma’no so`z semantik tarkibidagi ayrim semalarni betaraflashtirish (tushirib qoldirish, chetlashtirish) va boshqacha bir semasini kuchaytirish, bo`rttirish orqali yuzaga keltiriladi. Chunonchi, yuqoridagi misolda “Quyosh” so`zining planeta ma’nosi chetlashtirilib, chiroyli, yaltiroq, go`zal semalarini bo`rttirish asosida kuchli konnotativ ma’no hosil qilingan.
OMONIMLAR
Omonimlar(omo ... va yun. oputa — nom, ism) — umumiy maʼno unsurlariga ega boʻlmagan, tasavvuriy bogʻlanmagan, lekin bir xil yozilib, bir xil aytiladigan soʻzlar; ular orasida semantik aloqa boʻlmaydi. Ana shunday soʻzlarning tilda mavjud boʻlishi va shunga bogʻliq hodisalar omonimiya deyiladi. O.ning lugʻaviy va grammatik koʻrinishlari farqlanadi.O.ning tilda paydo boʻlish sabablari turlichadir: avvallari har xil aytilib, bir xil eshitiladigansoʻzlar talaffuzining tarixiy jarayonda tovush almashinishi yoki talaffuz oʻzgarishi natijasida bir-biriga mos kelib qolishi; (ot — ism, ot — hayvon; oʻt — olov, oʻt — oʻsimlik) boshqatillardan oʻzlashgan soʻzlarning talaffuz va yozilish jihatidan onatilidagi soʻzlarga mos kelib qolishi (turbosqich; tur-xil, nav); tilda mavjud boʻlgan koʻp maʼnoli soʻz maʼnolarining bir-biridan uzoqlashishi (dam — nafas; dam — hordiq; dam — bosqon) va boshqa O. bir yoki bir necha soʻz turkumi doirasida boʻlishi mumkin: bir soʻz turkumi doirasida omonimik uya tashkil etuvchi, yozilishi va talaffuzi aynan bir xil boʻlgan soʻzlar toʻliqyoki mutlaq O. deyiladi (chang —gʻubor, toʻzon; chang — cholgʻu asbobi); faqat ayrim shakllardagina mos keladigan, boshqa-boshqa turkumlariga mansub soʻzlar notulik O., boshqacha aytganda, omoshakllar deyiladi, qoʻy (hayvon) — qoʻy (feʼlning buyruq shakli).

  • SINONIMLAR
    Sinonimlar(yun. synonymos — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa Mas, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi.Til birliklari bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim bulgan suzlar guruhi S.l ar qatorch deyiladi. S.lar qatori 2va undan ortiq suzdantashkil topadi. Mas, buloq — chashma S. qatori 2 suzdan, yuz—aft— bashara — bet... S. qatori esa kup suzlardan tuzilgan. Kup maʼnoli suzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolaribilan bir yoki birdan ortiq S. qatoriga kirishi mumkin. Mas, bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, tugallamoq, tamomlamoq... soʻzlari qatoriga,boshqa maʼnosi bilan ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi.

ANTONIMLAR
Antonimlar(anti ... va yun. onoma — ism, nom) — zid ma’noli til birliklari. 3 turi mavjud: 1) leksik A. (baland — past, uzun — qisqa); 2) affik-sal A. (suvli — suvsiz); 3) sintaktik A. (ochiq yuz — tund bashara). Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma – “nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid ma’noli so‘zlar antonim deyiladi.Antonimik juft hosil bo‘lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatdan o‘zaro qarama qarshi bo‘lishi kerak. Fe’llardagi bo‘lishli-bo‘lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi. Antonimlar ba’zan juft holda qo‘llanib ma’no kengaytiradi yoki ma’no ifodalaydi: tunu kun (har doim). Ko‘p ma’noli so‘z o‘zining har birma’nosi bilan ayrim-ayrim so‘zlarga sinonim bo‘lishi mumkin: xafa so‘zi bir o‘rinda xursand so‘ziga antonim bo‘ladi.Yoki qattiq yer – yumshoq yer; qattiq (xasis) odam – saxiy odam.Bundan tashqari unga sinonim bo‘lgan shod, xushvaqt kabi so‘zlarga antonim bo‘la oladi. Demak, bir so‘z sinonimik qatorni tashkil etuvchi so‘zlarning har biri bilan atnonim bo‘la oladi: qattiq – yumshoq, saxiy; tez – sekin, og‘ir; chiroyli – go‘zal – xushro‘y– ko‘hlik; xunuk – badbashara – badburush – ta’viya. Antonimik juftlar ko‘chma ma’noifodalashi mumkin: tunu kun (ravishga ko‘chgan), achchiq-chuchuk (otga ko‘chgan).
PARONIMLAR
Paronimlar(para... va yun. Onyma — nom, ism) — talaffuzi, eshitilishi va morfem tarkibi oʻxshash, leksik maʼnolari boshqa-boshqa yoki qisman yaqin boʻlgan soʻzlar. Tilda ana shunday soʻzlarning mavjud boʻlish hodisasi paronim i ya deyiladi. Paronimiya muammosi nutkda P.ni ataylab yaqinlashtirish yoki ularning maʼnosini bilmay, farqlamay adashtirib qoʻllash (nutqiy xato) natijasida kelib chiqadi. P.ning qoʻllanishi bilan borlik, bunday masalalar tegishli ravishda nutq madaniyati va uslubshunoslik tomonidan oʻrganiladi. "P." terminini dastlab Aristotel yasama soʻz maʼnosida taklif etgan. Misol uchun quydagilar paronim bo'ladi:
Xol- hol
Abzal-afzal
Tanbal-tambal
Yoqilg'i-yonilg'i
Daho-daha
Amr-amir
Bu so'zlar o'qilishi jihatdan bir xil bo'lsada ammo turli ma'nolarni anglatadi.
Yüklə 26,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin